Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masofaviy ta’lim
- Falsafa imtihoni
Xandalar
Bo‘r yo‘q Oliy matematika o‘qituvchisi katta audotoriyada berilib dars o‘tmoqda. Butun diqqati darsga qaratilgan. Bir qarasa, qo‘lidagi bo‘r juda kam qolgan ekan. Uyqisirab turgan bir talabaga: “Bor qo‘shni xonalardan so‘rab bitta bo‘r olib kelgin”, — deb buyuribdi. Uyqisiragan bola eshikdan chiqib audotoriyaning boshqa eshigidan kiribdi-da: “Bizning o‘qituvchimiz sizdan bo‘r so‘rayaptilar”, – debdi. O‘qituvchining butun diqqati darsda bo‘lib javob beribdi: “Men biroz oldin bir o‘quvchimni bo‘rga chiqarib yuborgan edim. Afsus, bizda ham bo‘r qolmadi”. O‘quvchi uzr so‘rab bu eshikdan chiqib yana birinchi eshikdan qaytib kiribdi, “Domla, u yerda bo‘r yo‘q ekan”, – desa, o‘qituvchisi ham: “Bo‘ldi o‘tir, ular ham bizdan bo‘r so‘rab chiqib ketishdi,” – debdi. Masofaviy ta’lim O‘qituvchi auditoriyada dars o‘tayotib qarasa bitta partada ovoz yozib oladigan jihoz turibdi, ammo o‘quvchining o‘zi yo‘q. O‘qituvchi biron ishi chiqib qolgandir, bo‘lmasa kelardi deb mavzuni tushuntirib beribdi. Keyingi darsda ovoz yozib oladigan jihozlar soni 4-5 taga ortib qolibdi. Ovoz yozadigan apparatlar soni har darsda ortib borardi... Bir kuni o‘qituvchi darsga kirsa sinf shunday apparatlar bilan to‘la, lekin bironta ham o‘quvchi yo‘q. O‘qituvchi juda asabiylashsa-da, ovoz yozadigan apparatlarga dars o‘tibdi. Oradan bir hafta o‘tib, o‘quvchilardan biri darsga borgisi kelib qolibdi. Auditoriyaga kirib qarasa, hamma joyda ovoz yozadigan apparat..., o‘qituvchining stolida esa audiomagnitofon darsni tushuntirayotgan edi. Falsafa imtihoni Falsafa o‘qituvchisi imtihonda “Tavakkalchilik nima?” degan savolni so‘rabdi. Barcha talabalar qog‘ozni to‘ldirib nimalarnidir yozishibdi. Lekin 25 24 1. Har narsaning davosi — vaqt deyishadi. Bu hikmatni o‘z so‘zla- ringiz bilan izohlang. 2. Sizningcha ham, faqat o‘qish bilan bo‘lib jamoat ishlaridan chetlashib yurgan talaba keyinchalik o‘zini o‘ylaydigan xudbin mutaxassis bo‘lishi mumkinmi? 3. Muallifning “O‘ta faol “ashaddiy” jamoatchi” talabalar haqidagi fikr- lari sizga ma’qul bo‘ldimi? Nima uchun? 4. Bekor ketgan vaqtingizga achingan paytlaringiz bo‘lganmi? Shu haqda hikoya qilib bering. 5. Siz vaqtingizni qanday taqsimlayapsiz? Tahsilingiz davomida tilagingizga qarshi kimlardir vaqtingizning isrof bo‘lishiga sababchi bo‘lmayaptimi? Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling