Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4
t tovushi d, k tovushi g tarzida aytiladi: tog‘– dog‘, keldi – galdi.
-ning qo‘shimchasi -ing tarzida, -ga qo‘shimchasi esa a, -na tarzida aytiladi: yorimga – yorima, alina (qo‘liga). Hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun qarluq lahjasiga kiradigan Farg‘ona- Toshkent shevalari asos qilib olingan. Olimlarning fikricha, Toshkent shevasi fonetik jihatdan, Farg‘ona shevasi morfologik jihatdan adabiy tilga asos bo‘lgan. Topshiriq. Talabaning shevaga xos iboralarga oid maqolasidan olingan parchani o‘rganib chiqing. Siz ham shu asosda maqola tayyorlashga urinib ko‘ring. Biz o‘g‘uz lahjasining Qo‘shko‘pir shevasidagi iboralarni o‘rganib, ularning o‘zbek adabiy tilidagi xususiyatlarini, o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlashga harakat qildik. Masalan: Qo‘shko‘pir shevasida «Kula go‘milgan tonqodin» iborasi mavjud bo‘lib, u hech kim bilan ishi bo‘lmay o‘tirgan odamga nisbatan qo‘llaniladi va hech nima demadi, indamadi ma’nolarini bildiradi. Bu ibora o‘zbek adabiy tilidagi «og‘ziga talqon soldi 1 », «lom-mim demadi 2 » iboralari bilan sinonim bo‘ladi: Snpdayi ko‘p o‘quvchilo kula go‘milgan tonqodi’n o‘tiriptilo (shu sheva so‘zlashuv nutqidan). «Uchaka chiqorib zanggini olodi» iborasi hayiqmaslik, qo‘rqmay botinmoq degan ma’nolarni bildiradi va uning o‘zbek adabiy tilidagi sinonimi «Tap tortmaslik 3 » hisoblanadi: Bu dman tozo gali’n betachopor, uchaka chiqorp zanggini olodon xilinnon o‘xshidi (shu sheva so‘zlashuv nutqidan). Shu shevaga xos «Pishik eti yegan» iborasi ayyor, shayton ma’nolarini bildiradi. O‘zbek adabiy tilidagi «Ilonning yog‘ini yalagan 4 » iborasiga sinonim bo‘la oladigan mazkur iboraning e’tiborga molik tomoni shundaki, uni faqat Xorazm viloyatining Xiva tumani aholisiga nisbatlab ishlatisha- di: Sanam xivolilodin pishik eti yeganmisan yo? (shu sheva so‘zlashuv nutqidan). 1 Sh.Rahmatulleyev. O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati. – Toshkent, O‘qituvchi, 1978. 2 Shu kitob 201-b. 3 Shu kitob, 150-b. 4 Shu kitob, 113-b. 29 28 2. Qo‘shimchalar sinonimiyasi va antonimiyasi haqida nazariy ma’lumot berish. 3. Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar ustida ishlash. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling