Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova


Jamshid: Bugun tunda kemasam xavotir omangla. O‘rtog‘larim bilan aylangani ketyappis Chalakka. Ona


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/104
Sana19.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1709578
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   104
Bog'liq
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4

Jamshid: Bugun tunda kemasam xavotir omangla. O‘rtog‘larim bilan
aylangani ketyappis Chalakka.
Ona: .....
Jamshid: Bugun bozor-u, bir kun dam olishga haqqim bormi, yo‘qmi?
Ona: To‘r kundan beri bozor bo‘lyapti. Yangi kuyov dip indamadik.
Choyxona tog‘angniki bo‘sa. Ha, mundog‘ o‘ylash keraymi?
Jamshid: Bu deyman, ertalaptan kayfiyatti bir pul qilish bizzi oyilada
odat bo‘p qoganmi? Kechayam nag‘ma qildiyiz, bugunam. Tinchgina choy
ichib bo‘ladimi, yo‘g‘mi?
Ona: Ha, to‘g‘ri-da, tog‘angga nima deysan?
Jamshid: Tog‘am bilan o‘zim gaplashaman. Silani ishingla bo‘masin.
Kitobga mehr uyg‘otishning omillaridan biri — adabiyot muallimlari
haqida buyuk fizik olimi Albert Eynshteyn shunday degan edi: “Men
aql egalari bo‘lgan matematiklar oldida bosh egaman, qalb egalari bo‘lgan
adabiyotchilar oldida tiz cho‘kaman”. Nima uchun buyuk daho matematiklar
oldida bosh egyapti, adabiyotchilar oldida esa tiz cho‘kyapti. Matematika
fanining fizika faniga bog‘liqligi hech kimga sir emas, hamma biladi.
Xo‘sh, adabiyot-chi? Bu fanni o‘rgatuvchi adabiyotchilar oldida Eynshteyn
nega tiz cho‘kyapti? Qolaversa, matematika, fizika aniq fanlar, adabiyot
esa ijtimoiy ahamiyatga ega. Bizningcha, ulkan olimning qalbida ezgulik
urug‘ini sochishda, vatanni, hayotni sevishga, buyuk kashfiyotlar qilishga
ilhomlantiruvchi manba adabiyot, xususan, kitob bo‘lgan.
Shu o‘rinda o‘zbek adabiyoti beshigini tebratgan ulkan yozuvchilar-
dan biri Abdulla Qahhor: “Adabiyot atomdan kuchli” deganini eslaylik.
Dunyoda shunday mamlakatlar bo‘ladi, ularni na to‘p, na o‘q, na atom
bilan egallab bo‘ladi. Bunday mamlakatni buyuk so‘z bilan, adabiyot
bilan egallash mumkin. Adabiyot xalqlar do‘stligini mustahkamlaydi,
arzimagan kelishmovchilik bilan urush yoqasiga kelib qolgan davlatlarni
yarashtiradi. Mashoixlar aytganidek, kelajakni faqat go‘zallik qutqaradi.
Ana shu go‘zallikni kishilar qalbiga jo qiladigan kuch adabiyot emasmi?
Kitob — aql chirog‘i, ko‘p kitob o‘qishda hikmat ko‘p. Kitobga nisbatan
hurmat-e’tiborda hech kim yaponlarning oldiga tusha olmasa kerak. Buni
pedagog olim Jo‘ra Yo‘ldoshevning bir gapi ham tasdiqlaydi. U kishi o‘z
ma’ruzalaridan birida shunday ibratomuz gapni aytgan edi: “Yaponiyada
soatiga 360 km. tezlikda poezd ketyapti. Vagonda hamma kitob o‘qiyapti.
Qarasam, bitta men kitob o‘qimayotgan ekanman. Uyalganimdan men ham
shartta diplomatimni ochib, kitob o‘qishga tushdim”.
“Ma’rifat” gazetasidan

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling