Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova


kabi so‘zlarning oddiy yoki adabiy so‘zlashuvga mansudligi to‘g‘risida mulohazalaringizni bildiring. 3-mashq


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/104
Sana19.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1709578
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   104
Bog'liq
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4

 kabi so‘zlarning oddiy yoki adabiy
so‘zlashuvga mansudligi to‘g‘risida mulohazalaringizni bildiring.
3-mashq. Kompyuterda o‘zbek tilidagi filmlarni tomosha qilib, aktyorlar
nutqini yozib olishga harakat qiling. Shevaga xos so‘zlarni aniqlang. Adabiy
so‘zlashuv nutqiga misollar toping.
Donolar kitob haqida
Kitob — ko‘ngillar kaliti, insonni ezgulikka yetaklaydi.
Koshifiy.
Kitob har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning
ibtidosidir.
Stefan Sveyg, Avstriya yozuvchisi
Kitob – insoniyat ijodiyotining chinakam hayratlanarli va e’tiborga
loyiq namunasidir.
Tomas Korleyl, ingliz yozuvchisi
Kitoblarda o‘ziga xos joziba bor, kitoblar bizga huzur bag‘ishlaydi:
ular biz bilan suhbatlashadi, bizga olijanob maslahatlar beradi, bizning jonli
do‘stlarimizga aylanadi.
Franchesko Petrarka, italyan shoiri
Yaxshi kitob ko‘tarib olgan inson hech qachon yolg‘iz emas.
Karlo Goldoni, italyan dramaturgi
Uyga topshiriq: “Kitob — bilimlar xazinasi” mavzusida matn yarating.
T U R M U S H U R U N I S H L A R I
(Og‘zaki va adabiy so‘zlashuv uslubi)
Reja:
1. Mavzuga oid matnni o‘qish, o‘rganish, tahlil qilish.
2. Og‘zaki va adabiy so‘zlashuv uslub leksikasi haqida ma’lumot berish.
3. Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar ustida ishlash.


41
40
keng qo‘llanadi. Bular tinglovchining aytilayotgan fikrni tez anglab olishini
osonlashtiradi. Bunday sodda gaplar ixchamligi bilangina emas, xalqning
kundalik turmush sharoitiga aloqador bo‘lishi bilan ham xarakterlanadi.
2. Faqat kesimdan tashkil topgan to‘liqsiz gaplar ko‘p qo‘llanadi. Bun-
day gaplar ko‘pincha takrorlanib kelib, ifoda ta’sirchanligini kuchaytiradi.
Ma’lum bir fikr suhbatdoshlar tomonidan qismma-qism ifodalanishi
mumkin.
3. Oddiy so‘zlashuvda, ayniqsa, xalq og‘zaki ijodi asarlarida kesimi
ko‘pincha sifatdosh /emish, sifatdosh/ekan konstruksiyalari hamda tuslangan
ravishdoshlar bilan ifodalangan gaplar ko‘p ishlatiladi. Bunda voqea-
hodisaning eshitilganligi, hikoya qilinayotganligi ifodalanadi. Bu holat
funksional stillarning boshqa ko‘rinishlarida deyarli uchramaydi.
4. Maqol va hikmatli so‘zlar. Turli xalq iboralari keng qo‘llanadi. Bular,
bir tomondan, ifodaning ta’sirchanligini oshirsa, ikkinchi tomondan,
ifodaning hayotiy tajribaga asoslanganligini ko‘rsatib, nutqning yanada
xalqchil bo‘lishiga xizmat qiladi.
5. Bunda qo‘shma gaplarga ham tez-tez murojaat qilinadi. Lekin qo‘shma
gaplarning qismlari qisqa, ixcham shaklda bo‘ladi. Bunda bog‘langan qo‘sh-
ma gaplarga qaraganda bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar ko‘p kuzatiladi. Nutq-
ning bu ko‘rinishida ko‘chirma gaplar alohida ajratilmaydi. Ular ko‘pincha
muallif gapi bilan birikkan holda qo‘llanadi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling