Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/104
Sana19.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1709578
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   104
Bog'liq
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4

Savol va topshiriqlar.
1. Umuminsoniy va milliy qadriyatlar orasidagi munosabat haqida savol-
javobga kirishing.
2. Qanday fazilatlar insonni ulug‘lashini adabiy dalillar bilan aytib bering.
3. Hozirga qadar o‘qigan badiiy asarlaringizdan qaysi biri sizga eng kuchli
ta’sir qilgan?
4. Adabiyot kishining didi, axloqi, bilimlari boyishiga kuchli ta’sir ko‘rsa-
tishini biror asar misolida isbotlashga urining.
1-mashq. Matnni o‘qing. Badiiy nutq uslubiga xosligini misollar bilan
dalillang.
Tollarning ko‘m-ko‘k soch popuklari qizlarning mayda o‘rilgan
kokillariday selkillab tusha boshladi. Muz tagida loyqalanib oqqan suvlar-
ning namli yuzlari kuldi.
2-mashq. O‘qing, matnda qanday badiiy tasvir vositalaridan foyda-
langanligini aniqlang.
Tushdan keyin o‘qiyman. Kechqurun sovuqda junjikib qaytaman. Ha-
mid yo kampirning uyni zo‘rg‘a ilituvchi cho‘yan pechi oldida gap sotib
o‘tirgan, yoxud Bo‘riboy akanikida xalqaro ahvoldan masala talashayot-
gan bo‘ladi. Karavotga cho‘zilib oyog‘imni ko‘rpaga o‘rayman-da, kitob
o‘qishga tutinaman. So‘ng sovuqdan hushim kelmay kitobni qo‘yib,
kampirning xonasiga bosh suqaman.


55
54
Agar yozuvchilik turmushdan nusxa ko‘tarishdan iborat bo‘lsa, bundan
oson ish bo‘lmas edi.
Topshiriq. Quyida berilgan dialog asosida mulohazalaringizni bildiring.
— Iste’dodsiz iste’dodsizni yomon ko‘rsa, nima bo‘ladi?
— Hech nima bo‘lmaydi!
— Iste’dodsiz iste’dodlini yomon ko‘rsa, nima bo‘ladi?
— Hech nima bo‘lmaydi!
— Iste’dodli iste’dodsizni yomon ko’rsa, nima bo‘ladi?
— Hech nima bo‘lmaydi!
— Iste’dodli iste’dodlini yomon ko‘rsa, nima bo‘ladi?
— Fojia bo‘ladi! (O. Hoshimov).
Bayon uchun matn

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling