Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4
QURBON HAYITI
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab milliy an‘analarni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston rahbariyati, eng avvalo, xalqimizning ehtiyoji, orzu-istaklaridan kelib chiqib, azaliy bayramlarni tiklashga katta e‘tibor bera boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov farmonlari asosida xalqimizning tarixiy merosi bo‘lgan diniy bayramlar — Ro‘za hayiti va Qurbon hayiti ham rasman tiklandi. Sharqda Islom dini taraqqiy etgan sari qurbon hayiti musulmonlar birlashadigan, bir- biriga hamdard bo‘ladigan kunga ham aylana boshladi. Shuningdek, u musul- monlarga farz bo‘lgan beshinchi rukun — hajni ado etadigan, ya‘ni Islom- ning muqaddas markazlarini ziyorat etadigan asosiy kunga ham aylangan. Qurbon hayiti munosabati bilan 1990-yil O‘zbekiston Prezidenti farmoni asosida ilk bor mamlakatimizdan 500 kishining Saudiya Arabistonidagi Makka va Madinaga borib, haj qilish sharafiga muyassar bo‘lishi ulkan voqea bo‘ldi. Qurbon hayiti — bu xursandchilik kuni. Qurbon hayiti bayrami, eng avvalo, tiriklarning bir-birini yo‘qlash kunidir. Shu boisdan bu kuni ota-onalar, qariyalar, yetim-yesirlar yo‘qlanib, ularga qo‘ldan kelgancha muruvvatlar ko‘rsatiladi, sovga-salom (“hayitlik”) lar beriladi. Rivoyat qilinishicha, bir kuni Ibrohim tush ko‘radi. Tushida g‘oyibdan “tur, qurbonlik qil”, — degan ovoz eshitiladi. U tong sahar uyqudan turib yuzta qo‘y keltirib so‘yadi. Ikkinchi kecha tushida yana o‘sha ovoz tak- rorlanadi. U ertasiga yuz teva (tuya) qurbonlik qilishim kerak, — deb so‘raganda g‘oyibdan, — Bizdan o‘zga kimni suysang o‘shani qurbon qil, — degan ovoz chiqadi. Yozuvchilikning boshqa hunarlardan farqi — yozuvchi o‘zini o‘zi operatsiya qiladi: yozganini qisqartirib tashlay oladi. Palag‘da tuxumga murch sepib bergan bilan uni yeb bo‘lmaydi-ku?! Asar agar katta adabiyotga kirmasa asar emas. Bordi-yu bo‘ynidan boy- lab olib kirilsa, u oyoqosti bo‘ladi. Yozuvchining mahorati shundaki, butun bahorni atigi chigitdek keladigan qo‘ra ichiga qamab bera biladi... Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o‘tin yorishga sarf qilish kerak emas. Adabiyot hunar, uni kasbga aylantirib olgan yozuvchi olmaga tushgan qurtdan farq qilmaydi. Gap qancha yaxshi bo‘lsa, u shuncha qisqa bo‘ladi. Yozuvchi ilhom keldi deb tez-tez yozadi, ilhom kelmayotir deb soatlab qog‘oz chizib o‘tiradi. Bas, ma’lum bo‘ladiki, ilhom kelgani yozuvchining to‘la his qilgani bo‘ladiki, ilhom kelmagani yozuvchining hali his qilma- gani bo‘ladi. His qilinmasdan yozilgan narsa qog‘ozdan yasalgan gulga o‘xshaydi. Men shu kungacha bitta-ikkita durust narsa yozgan bo‘lsam, birontasining ham g‘oyasini oldin belgilab olganim yo‘q. Nainki, urush zamonidagi chollarni ko‘rsatish maqsadida men Asror boboni yasagan bo‘lsam! Yo‘q, chollarning urush yillarida yoshlar bilan bir safda turgan- ligi menga qattiq ta’sir qilgan edi. Bu hikoya shu ta’sirning natijasi. Adabiyotchilar, tanqidchilar tilida bu chol qanday deb atalishini ko‘zda tutgan emasman, shular nima deb atasa hikoyaning g‘oyasi o‘sha bo‘ladi. Turmushni o‘rganish degan so‘zning ma’nosi turmushni mushohada qilish demakdir. Kishi chuchkuradigan vaqtda afti qandoq bo‘lishiga hech kim e’tibor qilmaydi. Lekin Chexov shunga e’tibor qilgan ekan. “Chinovnikning o‘limi” da qo‘l kelipti. Qadim zamonda “Tabiat bo‘shliqdan qo‘rqadi”, deyishar ekan. Haqiqatan, yaxshi narsa bo‘lmagan joyga yomon narsa suqulib kirib oladi. Bir hukmdor bor ekan. Bu hukmdor har kuni bozorga tog‘ora ko‘ta- rib chiqar ekan-u, hamma odamlarni shu tog‘oraga o‘tirgani majbur qilib, keti tog‘oraga sig‘magan odamlardan ham, sig‘gan odamlardan ham bir tangadan jarima olar ekan. “Sig‘sa-sig‘masa bittanga” degan matal shundan qolgan ekan. Ko‘plar qatori men ham o‘z tajribalarim, shaxsiy taassurotlar adabiy asar uchun eng qimmatli material ekanini tushunib olgunimcha “yozuvchilik”da ko‘p sarson bo‘lganman. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling