Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriq.
Topshiriq. Adabiy va so‘zlashuv uslubiga xos xususiyatlarni aniqlang. Matn
mazmuni haqida mulohazalaringizni bildiring. O‘ZINGIZ YOZAYOTGAN SSENARIY Bu ayol seriallarni yaxshi ko‘radi. Ularni haddan oshiq qiziqish bilan tomosha qiladi. Agar ayni voqelar rivojining eng qiziqarli joyiga yetganida “Osmon qulab tushdi” desangiz, “Antennaga tegmadimi, ishqilib?” deb so‘rashi aniq. Serial voqealari esa borgan sari qiziqarli tus olaveradi. — Aya, oshnalarim chaqiryapti, aylanib kelsam... O‘g‘lining gapi og‘zida qoladi. — Men ikki soat dam olaman. — Soat beshda ovqatlanib, so‘ng darslarimni qilaman. — Sen kechqurun sayr qilasanmi? Men bir soat sayr qilaman. — Men ham soat yigirmadan yigirma birgacha sayr qilaman. Keyin bir soat televizor ko‘raman, so‘ng uxlashga yotaman. Topshiriq: Hadislarning uslubini aniqlang. Hadislardan namunalar. 1. Ilmning ofati unutishdir. Uni noahil kishiga gapirish esa uni zoye qilishdir. 2. O‘zing yaxshi ko‘rgan narsangni o‘zgalarga ham ravo ko‘r. 3. Agar biror yomonlik qilsang, ketidanoq yaxshilik qil. 4. Kimki g‘azabi kelsa, jim bo‘lsin. 5. Kechirimli bo‘linglar, shunda sizlarga ham kechirimli bo‘lishadi. 6. Olim bo‘l (ilm beruvchi bo‘l) yoki ilm o‘rganuvchi bo‘l yoki tinglovchi bo‘l yoki ilmga va ilm ahliga muhabbatli bo‘l. Beshinchisi — bilimsiz bo‘lma, halok bo‘lasan. 7. Uzr aytishga majbur qiluvchi ishlarni kamaytiringlar. 8. Odamlar orasini buzadigan chaqimchilikdan saqlaninglar. Topshiriq. Quyida berilgan ikkita matn mazmuni bilan tanishib chiqing va mulohazalaringizni bildiring. BILINAR Har boshi sochlini xotin demanglar, Yaxshi xotin siyog‘idan bilinar. Iflos etmay o‘g‘lonini, o‘zini, Qoshi, ko‘zi, qovog‘idan bilinar. Bir xil xotinlar bor aqlsiz, ahmoq, Har so‘zi erining jonini yoqmoq, Ne hojatdir erin yuziga boqmoq, Hayvon erur, qilig‘idan bilinar. Yomon xotin manglay sochi to‘p bo‘lar, Gapirganda yomon so‘zi ko‘p bo‘lar, Eshigin oldida xas-u cho‘p bo‘lar, Kulga to‘lgan o‘chog‘idan bilinar. 45 44 dadam ikkita” deb she’r yodlayotganda dadasi eshitib qolib, e, hali shunaqami, deb xotini bilan bir hafta gaplashmay qo‘ygandi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling