Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4
- Bu sahifa navigatsiya:
- A T O M D A N K U C H L I
Uyga topshiriq: Gazeta va jurnallarda mavzuga mos aks ettirilgan
maqolalar bilan tanishing, so‘zlashuv va adabiy til uslubiga misollar toping. ADABIYOT – MA’NAVIYAT O‘CHOG‘I (Badiiy nutq uslubi, uning xususiyatlari) Reja: 1. Mavzuga oid matnni o‘qish, o‘rganish, tahlil qilish. 2. Badiiy nutq uslubi, uning xususiyatlari haqida ma’lumot berish. 3. Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar ustida ishlash. A T O M D A N K U C H L I Bugun insonning tafakkur olami kengayishiga o‘ziga xos hissa qo‘sha oladigan asarlar juda ko‘p. Ularning qisqacha ro‘yxati sifatida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin. O‘zbek nasriy adabiyotidan Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon” romanlari; Abdulla Qahhor hikoyalari; Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romani, “Adolat mezoni” qissasi; Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani, “Yulduzlar mangu yonadi”, “Oydinda yurgan odamlar” qissalari; Murod Muhammad Do‘stning “Lolazor” romani; O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani, “Dunyoning ishlari” qissasi; Xurshid Do‘stmuhammadning “Bozor” romani, qissa va hikoyalari... Jahon adabiyoti namunlaridan Aleksandr Dumaning “Graf Monte Kristo” romani; Vilyam Shekspir dramalari; Lev Tolstoyning “Urush va tinchlik” romani; Gabrial Garsia Markesning “Yolg‘izlikning yuz yili” romani; Mixail Bulgakovning “Usta va Margarita” romani; Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun”, “Qiyomat” romanlari, qissalari... Maktab yoshidagi bolalar va o‘smirlarga Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib”, “Shirin qovunlar mamlakatida” romanlari; Chingiz Aytmatovning “Oq kema”, “Sohil bo‘ylab chopayotgan olapar” qissalari; Artur Konan Doylning Sherlok Xolmsning sarguzashtlari haqidagi hikoyalari; Tohir Malikning “Jinoyatning uzun yo‘li”, “Alvido, bolalik”qissalari kabi kitoblarni tavsiya qilish mumkin. “Oila davrasida” gazetasidan — Bor-bor, ketavermaysanmi xalaqit bermay! — deydi ekrandan ko‘zi- ni uzmay. — Aya, telefoningizni berib turing, meniki... Chalg‘itgani uchun qizini jerkib tashlaydi. — Bor-bor, olavermaysanmi chalg‘itmay! O‘g‘il kechalari ko‘cha kezadi. Qiz telefonda kimlar bilandir soatlab gaplashadi. Serial voqealari borgan sari qizigandan qiziydi: bechora qiz, yaramas yigit, bag‘ritosh boylar, sho‘rlik kambag‘allar... Birini qarg‘aydi, biriga achinadi. Yaxshiyamki voqealar nima bilan tugashini biladi. Serial oxirida anavi bevafo adabini yeydi, boy ota esa o‘ladi – buni gazetadan o‘qib bilib olgan... Bu ayol oilasida ikkita asosiy qahramonli “serial” pishib yetilayotganini, bu murakkab “ssenariy”ni o‘zi yozayotganini bilmaydi, xolos. “Oila davrasida” gazetasidan Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling