Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/104
Sana19.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1709578
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   104
Bog'liq
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4

Uyga topshiriq: Gazeta va jurnallarda mavzuga mos aks ettirilgan
maqolalar bilan tanishing, so‘zlashuv va adabiy til uslubiga misollar toping.
ADABIYOT – MA’NAVIYAT O‘CHOG‘I
(Badiiy nutq uslubi, uning xususiyatlari)
Reja:
1. Mavzuga oid matnni o‘qish, o‘rganish, tahlil qilish.
2. Badiiy nutq uslubi, uning xususiyatlari haqida ma’lumot berish.
3. Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar ustida ishlash.
A T O M D A N K U C H L I
Bugun insonning tafakkur olami kengayishiga o‘ziga xos hissa qo‘sha
oladigan asarlar juda ko‘p. Ularning qisqacha ro‘yxati sifatida quyidagilarni
sanab o‘tish mumkin.
O‘zbek nasriy adabiyotidan Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar”,
“Mehrobdan chayon” romanlari; Abdulla Qahhor hikoyalari; Odil
Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romani, “Adolat mezoni” qissasi; Tog‘ay
Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani, “Yulduzlar mangu yonadi”,
“Oydinda yurgan odamlar” qissalari; Murod Muhammad Do‘stning
“Lolazor” romani; O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani,
“Dunyoning ishlari” qissasi; Xurshid Do‘stmuhammadning “Bozor” romani,
qissa va hikoyalari...
Jahon adabiyoti namunlaridan Aleksandr Dumaning “Graf Monte
Kristo” romani; Vilyam Shekspir dramalari; Lev Tolstoyning “Urush va
tinchlik” romani; Gabrial Garsia Markesning “Yolg‘izlikning yuz yili”
romani; Mixail Bulgakovning “Usta va Margarita” romani; Chingiz
Aytmatovning “Asrga tatigulik kun”, “Qiyomat” romanlari, qissalari...
Maktab yoshidagi bolalar va o‘smirlarga Xudoyberdi To‘xtaboyevning
“Sariq devni minib”, “Shirin qovunlar mamlakatida” romanlari; Chingiz
Aytmatovning “Oq kema”, “Sohil bo‘ylab chopayotgan olapar” qissalari;
Artur Konan Doylning Sherlok Xolmsning sarguzashtlari haqidagi hikoyalari;
Tohir Malikning “Jinoyatning uzun yo‘li”, “Alvido, bolalik”qissalari kabi
kitoblarni tavsiya qilish mumkin.
“Oila davrasida” gazetasidan
— Bor-bor, ketavermaysanmi xalaqit bermay! — deydi ekrandan ko‘zi-
ni uzmay.
— Aya, telefoningizni berib turing, meniki...
Chalg‘itgani uchun qizini jerkib tashlaydi.
— Bor-bor, olavermaysanmi chalg‘itmay!
O‘g‘il kechalari ko‘cha kezadi. Qiz telefonda kimlar bilandir soatlab
gaplashadi.
Serial voqealari borgan sari qizigandan qiziydi: bechora qiz, yaramas
yigit, bag‘ritosh boylar, sho‘rlik kambag‘allar... Birini qarg‘aydi, biriga
achinadi. Yaxshiyamki voqealar nima bilan tugashini biladi. Serial oxirida
anavi bevafo adabini yeydi, boy ota esa o‘ladi – buni gazetadan o‘qib bilib
olgan...
Bu ayol oilasida ikkita asosiy qahramonli “serial” pishib yetilayotganini,
bu murakkab “ssenariy”ni o‘zi yozayotganini bilmaydi, xolos.
“Oila davrasida” gazetasidan

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling