Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/104
Sana19.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1709578
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   104
Bog'liq
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4

Topshiriq. Yozuvchi Said Ahmadning quyida berilgan fikrlariga munosa-
bat bildiring. Adabiyot va til uzviyligi borasida fikrlaringizni bildiring.
Ilgarilari o‘rischaga usta yozuvchilarga havasim kelardi. Negadir ular
XX asr oxiriga kelib tutdek to‘kilib qolishdi. Chunki ular boshqa tilda fikr
qilib o‘zbekchaga o‘xshatib yozishardi. Yozganlari go‘yo boshqa tildan
noshud odam tarjima qilgan jo‘ngina bir narsa bo‘lib qolardi. O‘z xalqining
yozuvchisi bo‘lish uchun G‘afur G‘ulomdek so‘zni o‘ynatadigan, faylasuf
Oybekdek o‘zbekona fikr qiladigan, Qodiriydek o‘z tilining eng mayda
zarralarigacha ko‘ra oladigan va uni o‘quvchisiga rangin bo‘yoqlarda yetkaza
oladigan, Qahhordek to‘pponchaning o‘qidek qisqa va o‘tkir til egasi bo‘li-
shi shart. Til bilmagan yozuvchi orqa etagini yopib adabiyotdan o‘z ixti-
yori bilan chiqib ketgani ma’qul.
Said Ahmad
BADIIY NUTQ USLUBI, UNING XUSUSIYATLARI
Badiiy uslub kishi hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi,
umuminsoniyatga xosligi, barchaga barobarligi, o‘quvchi yoki tinglovchi-
ga hissiy-estetik ta’sir etishga yo‘naltirilganligi bilan boshqa uslublardan
ajralib turadi. Badiiy uslubda muallif asarning estetik ta’sirini kuchaytirish
maqsadida tilning leksik va grammatik vositalaridan ustalik bilan va ijo-
diy foydalanishi, turli vositalarni qo‘llashi yoki o‘zi yangilarini yaratishi
mumkin bo‘ladi. Shuning uchun ham bu uslubda yozuvchilar mavjud
so‘zlarni obrazli ishlatishdan tashqari o‘ziga xos so‘z va iboralar ham ijod
etadilar. Badiiy nutqda til, obraz, xarakter, manzara yaratishda, yuksak
obrazlilikni namoyon qilishga xizmat qiladi.
Bu uslubda har bir yozuvchining voqelikni badiiy idrok etish ko‘lami,
ijod usuli, poetik mahorati badiiy nutqning janr xususiyatiga muvofiq
tarzda bir-biridan farqlanadi. Shunga ko‘ra badiiy nutq uslubi nisbatan
keng imkoniyatlarga ega o‘ta qamrovli va boy nutq ko‘rinishidir. Barcha
turdagi san’at va adabiyot asarlari shu uslubda yaratiladi.
Badiiy uslubning o‘ziga xos sintaktik belgilari umumxalq tilining boy
imkoniyatlaridan qanchalik o‘rinli foydalanilganligini aniqlash orqali ochiladi.
Umumxalq tili yozuvchi ixtiyoriga gap qurilishining tayyor va
qat’iylashtirilgan usullaridan tanlab foydalanish imkoniyatlarini ham beradi.
Badiiy uslub sintaksisi sifatlovchining keng qo‘llanishi, so‘z tarkibida
teskari, subyektiv tartibga keng yo‘l qo‘yilishi, ritorik so‘roq va undov gaplar,
sintaktik shakllarning ko‘p qo‘llanishi kabi holatlar bilan xarakterlidir.


49
48
davomi
m us a m ma n
Sakkiz misrali she’r
Remarka nima?
Yozuvchining qahramon harakat
qilayotgan sharoitni, qahramonlarning
u yoki bu vaziyatdagi holatlarini
sharhlashi, izohi remarka hisobla-
nadi.
Rivoyat qilishicha, dunyoda birinchi
she’rni kim, qanday munosabat
bilan to‘qigan?
Hazrati Odam ota o‘g‘li Hobilning
o‘ldirilishi munosabati bilan
San’at so‘zining ma’nosi nima?
“Sun”, ya’ni yaratmoq
Satira so‘zining ma’nosi
Aralash, turli (yunoncha)
Sochma nima?
Nasrda yozilgan she’r
Turkiy adabiyotda ilk g‘azal namuna-
lari qaysi asarda uchraydi?
“Qissasiy as Rabg‘uziy” va “Muhabbat-
noma”da
Turkiy didaktik dostonchilikning
asoschisi kim?
Xarakter nima?
Yusuf Xos Hojib
Adabiy qahramonga mansub ichki
fe’l-atvor, fazilatlar, xususiyatlar bir-
ligi; qahramonning fikrlash tarzi,
tabiati, his-tuyg‘ularning, ma’naviy-
axloqiy belgilarning namoyon bo‘li-
shidagi o‘ziga xosliklar; badiiy asarda
harakat qiluvchi kishining, personaj-
ning individualligini ifoda etuvchi
shaxs o‘zligi estetikada va adabiyot
ilmida umumlashtirilgan holda xarak-
ter deyiladi.
Hikoya nima?
Kichik epik janr, hayot hodisalari
ixcham ifoda etiladigan nasriy asar.
Chiqish she’riyatida shahidlar qoni
to‘kilgan mo‘tabar bir joy sifatida
ramziy ma’no kasb etgan joy nomi?
Dashti Karbalo
Chiston so‘zi qaysi tilga mansub?
Fors-tojik (Nima u?)
Chistonlari bilan mashhur bo‘lgan
shoirlar?
Navoiy, Uvaysiy
davomi
“Xamsa” yozishni boshlab bergan
shoir kim va qayerlik bo‘lgan?
Nizomiy Ganjaviy, ozarboyjonlik
Adabiyot necha turdan iborat?
3 tur: she’riyat, nasr, dramaturgiya
Badiiy so‘z.
Adabiyotning asosiy quroli nima?
Arabcha lama’ot (chaqmoq chaqna-
shi) so‘zidan olingan she’riy san’at
qanday nomlanadi?
Talmeh
Badiiy asarlarning turlari qanday?
Epik, lirik, dramatik
Devon nima?
Mumtoz adabiyotda muayyan tartib-
qoida asosida (masalan, she’rlar
unda janrlar va alifbo tartibida joy-
lashtiriladi) tuzilgan, she’riyatning
g‘azal, ruboiy, tuyuq kabi xilma-xil
turlarini qamrab olgan to‘plamga
devon deyiladi.
Doston atamasi bilan yonma-yon
qo‘llanadigan atamani toping
Poema
Yozuvchi tomonidan kuzatilgan idrok
etilgan ibratli voqea-hodisalarni
ixcham shaklda badiiy ifoda etuvchi
nasriy asar nima deyiladi?
Hikoya
Jadid so‘zining ma’nosi qanday?
Yangi
Qaysi adabiy muhit Nodira, Uvaysiy,
Mahzuna, Dilshodi Barno kabi shoir-
larni yetkazib berdi?
Qo‘qon
Qaysi hukmdor ijodkorlar o‘zi tirik
va soppa-sog‘ ekanligida taxtni o‘g‘il-
lariga topshirganlar?
Bobur, Abulg‘ozi
murabba
To‘rtlik: a,a,a,a yoki b,a,b,a
tarzida qofiyalanadi
musabba’
Yetti misrali she’r
Musaddas
olti misrali she’r
Musallas
Arabcha, uchlik, uch misrali she’r
a,a,b


51
50
nima uchun “ona”ni yonma-yon qo‘yish kerak? Axir xalqda ba’zi jurna-
listlar tap tortmay aytayotgan “ona qo‘y”ni “sovliq” deyiladi-ku!
Cho‘chqaning urg‘ochisini “megajin”, itnikini “qanjiq” deyishadi (faqat
shunisi borki, biz bu atamalarni so‘kish, haqorat darajasiga ko‘tarib, badnom
qilib qo‘yganmiz), otniki “biya”, echkiniki “chivich” va hakozo.
Qaysiyam bir yili “Alifbe” kitobini varaqlab turib, “t” harfi qismida
biyaga suykalib turgan qulunga ko‘zim tushib qoldi: rasmning tagiga: “mana
bu katta toy, mana bunisi kichkina toy”, deb sharh berilibdi. Buni o‘qigan
bola qanday qilib otlarning turini bilsin?! Ularni qanday qilib farqlasin?!
Shu munosabat bilan, menda yangi “Alifbe”ni ham bir ko‘ray-chi, qani
unda o‘sha sharhni tuzatganmikin, degan qiziqish paydo bo‘ldi. “Alifbe”ni
topib varaqlasam, xayriyat, uni tuzatishibdi.
Qarindosh-urug‘chilik darajasini bildiruvchi so‘zlarimiz ham juda
chalkash. Hozir xolaning o‘g‘lini ham, tog‘aning, hatto amakining o‘g‘lini
ham “jiyan” deb ataydigan bo‘lishgan. Bizningcha, xolavachcha, amaki-
vachcha, jiyan, bo‘la; xola, amaki, tog‘a, pochcha kabi so‘zlar o‘z o‘rnida
to‘g‘ri ishlatilgani ma’qul.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling