Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/104
Sana19.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1709578
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   104
Bog'liq
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4

1-mashq. S.Ahmadning “Toshlarda qotgan hayrat: Adabiy o‘ylar,
xotiralar, hikoyalar” kitobidan o‘rin olgan fikrlari bilan tanishing. Oddiy
so‘zlashuv uslubiga xos o‘rinlarni toping.
1. Tuproqning tilini kulol bilmaydi, U axir gulgamas, loyga iylaydi.
Qarqunoqdan bulbul chiqmasa chiqmas, Hamma tangri bergan tilda kuylaydi.
2. Uning ijodiga o‘ng ko‘z bilan qaraydigan muxlis sifatida balki ortiqcha
mahliyo bo‘layotgandirman. 3. Er-xotin ishdan qochmaydigan, dehqon tili
bilan aytganda, «kaftida ham, tovonida ham qurti bor» insonlardan edi.
4. Noz-ne’matlardan stollarning beli mayishib ketdi. Samarqand-u
Marg‘ilondan qarindosh-urug‘lar, yor-birodorlar, Rahmatullaning bir emas,
uchta ishxonasidan kelganlar va Nozimaxonning mijozlari uchta xonani
to‘ldirdilar. 5. Tupkaning tagidan uchib kelgan laylak ham eri yo‘q xotinning
tomiga tezak tashlar ekan. Husni bir jahon boyvuchcha tul xotin kimlarning
ishtahasini qo‘zg‘atmaydi? Atrofida labini yalab, so‘lagini yutib tam-
shanadiganlar ko‘payib ketmasmikin? 6. Abdulla Qahhor “Sinchalak”
qissasida xuddi Qori akaga o‘xshagan esi kirarli-chiqarli bo‘lib qolgan
devonani “Odamning chiqindisi bo‘lmaydi” deb, o‘ziga mos xizmat topib
bergan. 7. Murodni yaxshi bilaman. U ekologik toza bola. Chaqqongina,
gapdongina, oz-moz “ayyorgina” ukaginam to‘g‘risida, albatta, yaxshi
gaplarimni aytaman. 8. U paytlarda Stalinning chirmandasi rosa tobiga
kelgan, chertsang-chertmasang taraqlaydigan paytlar edi. Maktab bolalari
“Stalin mening dadam” deyishardi. Galatepalik bir maktab bolasi “Mening


47
46
Topshiriq. Matnni o‘qing va qoraqalpoq tiliga tarjimasi bilan qiyoslang.
“Yulduzli tunlar”dan
Bobur ham bolaligi o‘tgan Andijon osmonini esladi. Mana shu Yetti
og‘ayni yulduzlari o‘sha yerda ham Oltin qoziqni aylanib o‘tib, g‘arbga
botib ketardi. O‘sha yerda ham Yetti o‘g‘ayni ufqqa bosh qo‘ygani sari
Hulkar yulduzlari osmonning baland joylariga chiqib borardi. Bobur
o‘smirligida Hulkar yulduzini olmosdan yasalgan varrakka o‘xshatar edi.
Dumini quvnoq silkitib uchadigan olmos varrak uning xayolini yana musaffo
bolalik yillariga olib ketdi. Osmon dunyoning hamma joyida bir ekani,
umrining boshlanishida Andijonda ko‘rgan yulduzlari umrining oxirida
Agrada ham chaqnab turgani unga so‘nggi bir tasallidek tuyuldi. Bobur
osmonga qarab yotganda yana yosh, sog‘lom yigitga aylanib, Andijon
chorbog‘ining supasida yotganday bo‘ldi.
Bir lahzalik bu shirin his ketidan yana shafqatsiz bir qaltiroq bosib
keldi-yu, yulduzli osmonni girdobiga olib, gir-gir aylantira boshladi...
Tun yarmidan oshganda Tohirning o‘kirib yig‘lagani qorong‘u bog‘ni
zir titratdi.
P. Qodirov.
1-mashq. Har ikki ustunda o‘zbek adabiyoti yuzasidan berilgan
ma’lumotlarni o‘rganib chiqing. Jadvalni davom ettirishga harakat qiling.
“Aruz” so‘zi arab tilida qanday
ma’noni anglatadi?
Ustun
“Bayt” so‘zining ma’nosi qanday?
Arabcha “uy” degani
“G‘azal” so‘zining ma’nosi qanday?
Arabcha, oshiqona so‘z, ayollarga
xushomad qilish ma’nosini beradi
“Didaktika” so‘zi nimani anglatadi?
“o‘qitadigan”, “o‘rgatadigan”
“Maqta’” so‘zining ma’nosi?
Arabcha, tugallanma
“Matla’” so‘zining ma’nosi nima?
Arabcha, boshlanma
“Memuar” so‘zi qaysi tildan olingan
va qanday ma’noni anglatadi?
Fransuzcha, esdalik
“Musamman” nima?
Arabcha, sakkizlik degani

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling