Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova


ILMIY NUTQ USLUBI VA UNING XUSUSIYATLARI


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/104
Sana19.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1709578
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   104
Bog'liq
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4

ILMIY NUTQ USLUBI VA UNING XUSUSIYATLARI
Ilmiy nutq uchun fikrni aniq, mantiqiy izchillik bilan ifodalash xarak-
terlidir. Bunda isbot va xulosa, aniq material va uni umumlashtirish, sabab
va natija munosabatlari o‘zaro bog‘liq holda ifodalanadi. Ilmiy uslubning
ancha murakkabligi, unda kuzatish va eksperiment tufayli erishilgan
xulosalarni umumlashtirishda turli mantiqiy munosabatlarni ifodalovchi
ko‘plab sintaktik vositalarning keng qo‘llanish sababi ham mana shundadir.
Umuman, ifodaning mantiqan izchil bo‘lishi, bunda mantiqiy o‘quv,
mantiqiy zehn, mantiqiy qobiliyatga mo‘ljallanishi, mana shu maqsadda
ifodaning intellektual elementlariga ko‘p murojaat qilinishi ilmiy uslubning
asosiy belgilaridan hisoblanadi.
Ilmiy uslub uchun qat’iy izchillik, matn qismlarining uzviy bog‘liq
bo‘lishi muhimdir. Ma’lum bir xat boshidagi gaplarning keyingisi oldingi
gapda ifoda qilingan fikrni to‘ldirib boradi. Bu hol izchil tizma shaklda
bo‘lishini ta’minlaydi.
Ilmiy asarning isbot, xulosa qismlarida shunday ekan, aytiladi, deb
ataladi, masalan, to‘xtab o‘taylik, diqqat qilaylik, diqqat qiling, qiyoslang,
qiyos qiling kabi iboralardan keng foydalaniladi.
Topshiriq: Matnlarni o‘qib qaysi uslubga oidligini ayting.
SO‘Z DEGANDA NIMA TUSHUNILADI?
So‘zda ikki jihatni — tashqi va ichki, belgi va ma’noni ajratish mumkin:
Belgi — bu yozilgan yoki aytilgan so‘z, uning yozuvdagi ifodasi yoki tovush
qobig‘i. Har bir belgi nimanidir anglatadi. So‘z belgi va ma’noning birligidir.
Masalan, bayroq so‘zini tashkil etgan harflar, tovushlar (bayroq) kabi
ongimizda tasavvur etilgan moddiy belgi bo‘lib, o‘zbek tilida muayyan
ma’noni ifodalaydiki, u hissiy-ruhiy, g‘oyaviy jihati bilan boshqa belgilardan
farq qiladi. Bunda tashqi — moddiy belgi (harf, tovush) va ichki belgi –
yozilgan yoki aytilgan so‘zning hissiy ruhiy obrazi farqlanadi. Biz muayyan
nutq jarayonida u yoki bu so‘zni eshitmasak ham, shu so‘zning qanday
yozilishi va aytilishini tasavvur qila olamiz, hatto xayolan “tasavvur qilamiz”.


61
60
D. bir ma’noli
E. sinonim
4. O‘zaro sinonim qo‘shimchalar qatorini toping?
A. –ki,-im,-di,-da
B. –ma,-k,-roq,-tir
C. –ser,-ba,-li,-dor
D. –dir,-shu,-loq,-lash
E. –ga,-gan,-b,-k
5. Omonim qo‘shimchalar berilgan qatorni belgilang.
A. –li,-ma,-sa,-chilik
B. –chi,-sh,-im,-ma
C. –il,-yan,-cha,-la
D. -ser,-li,-roq,-chak
E. –dir,-shu,-li,-di
6. O‘zaro antonim qo‘shimchalarni toping.
A. –be,-ma,-k
B. –li,-be,-ba,-siz
C. –li,-ser,-sa,-b
D. –ser,-ma,-ba,-be
7. Obrazlar yoki obrazli tasvir bilan emas, aniq ma’lumotlar bilan,
tushunchaga mos keladigan atamalar bilan ish ko‘rish uslubi quyidagilar-
dan qaysi biri?
A. badiiy uslub.
B. Ilmiy uslub.
C. Rasmiy uslub.
D. Publitsistik uslub.
8. Qaysi uslub tilida tilning tasviriy vositalari yordamida obrazlar
vositasida kishiga estetik ta’sir ko‘rsatadi?
A. Badiiy uslub.
B. Ilmiy uslub.
C. Rasmiy uslub.
D. Publitsistik uslub.
9. Berilgan matnning uslubini toping. Oyijon, oyijon boshginam
og‘riydi-yo.
A. Badiiy uslub.
B. Ilmiy uslub.
C. Rasmiy uslub.
D. So‘zlashuv uslubi.
10. Rasmiy uslubga xos xususiyatlarni belgilang.
chumoli inlarini titadigan bo‘ldi, qishda esa og‘ilxona devorlaridan
chumolilarni tutib yeya boshladi.
Avvaliga egalari sigirning bu odatini yo‘qotmoqchi bo‘lishdi, lekin keyin,
biznesmenlar tili bilan aytganda, marketing usulini o‘ylab topishdi. Endi
ular chumolining “oziq moddalari” qo‘shilgan sut yanada foydali xusu-
siyatlarga egaligini, chumoli kislotasidan ko‘pchilik shifo maqsadida
foydalanishini uqtirishmoqda.
Biologlar sigirning bunday “taomi”ga mehr qo‘yishi sababini uning
organizmida turli kimyoviy moddalar va kislotalar yetishmasligi bilan
izohlashdi va unga foydali yem berishni tavsiya qilishdi. Biroq jonivorning
egalari hali bunday qilishmoqchi emas, aksincha, ular chumolixo‘r sigir-
ni qo‘llab-quvvatlashmoqda, chunki “chumolili sut”dan tatib korishni
istaganlar ko‘payib qoldi.
“Tasvir” gazetasidan

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling