Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/104
Sana19.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1709578
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   104
Bog'liq
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4

INSON VA TABIAT
Inson va tabiat... Hozir biz aniq bilamiz-ki, tabiatsiz yashay olmaymiz.
Tabiat esa bizsiz ham mavjud bo‘laveradi va hech qachon o‘z-o‘zini no-
bud qilmaydi. Tabiat muvozanatining buzilishiga faqat insonlargina sabab
bo‘la oladi.
Tabiatning bir bo‘lagi bo‘lgan inson tashqi muhit: yer, suv, havo va
atrofida yashovchi barcha mavjudotlar bilan chambarchas bog‘liq. Bir vaqtlar
bo‘ri, tulki kabi yirtqich hayvon va qushlarni qirib tashlashga kirishilgan
edi. Natijada bo‘rilar kamayib ketgan joylarda bug‘ular kasallikka uch-
rab qoldi. Tulki va yirtqich qushlar bo‘lmagan joylarda kemiruvchilar shu
darajada ko‘payib ketdiki, ular qanchadan-qancha g‘allani yeb qo‘ydi.
Yirtqich hayvonlar va ularning o‘ljalari minglarcha yillardan beri yon-
ma-yon yashab keladi. Bunga sabab tabiat muvozanatidir. Inson tabiat-
dagi ana shu munosabatni esdan chiqarmasligi kerak. Bolalik chog‘imizdanoq
o‘z tabiatimizni, o‘simliklar va hayvonot olamini sevishimiz va asrashimiz
lozim. Zero, o‘z vatanini sevgan inson uning tabiatini ham sevadi
Topshiriq.
1. Tabiatga munosabat haqida bahs-munorazaga kirishing.
2. O‘zingiz yoqtirgan tabiat hadisalari va ularga munosabat haqida so‘zlab
bering.
M U S H U K
Tabiat — aql bovar qilmaydigan hodisalarga boy. Serviqor Hisor tog‘i
tizmasining shundoqqina etagida joylashgan Kalcha qishlog‘ida yashovchi
Muhammad Safarovlar oilasida yaqinda ana shunday qiziq bir voqea sodir
bo‘ldi. Kalcha qishlog‘idagilar yoz kelishi bilan ko‘ch-ko‘ronini ko‘tarib,
dalaga ko‘chib chiqishadi. O‘sha yerda o‘tov qurib, kuz kelib, meva-chevalar,
qovun-tarvuzlarni yig‘shtirib olguncha shu yerda yashashadi. Ana shunday
kunlarning birida Muhammad aka allamahalda mushukning quloqni
qomatga keltiruvchi chinqirig‘idan uyg‘onib ketdi. Apil-tapil kiyindi-da,
lampali chiroqni qo‘liga ko‘targancha, o‘tovning u yer, bu yeriga razm
sola boshladi. Shu payt bir yosh qizchasi uxlab yotgan beshik yaqinida
uzunligi bir metrcha chiqadigan zaharli ilonga ko‘zi tushdi. Sal nariroqda
esa mushuk bezovtalanib miyovlardi. Muhammad aka qotib qoldi. Miyasiga
kelgan mudhish fikrdan dahshatga tushub, jon holatda beshikka yopishdi.
Shundagina u ilonning boshidan judo bo‘lganini fahmladi. Darhol uni
tashqariga uloqtirdi. Aftidan beshik tomonga kelayotgan ilonni mushuk
Ibrohim ertalab turib, xotini Xojarga: “Ismoilni yuvib-tarab, yaxshilab
kiyintir, bir do‘stim ko‘rmoqchi ekan, o‘shaning oldiga olib boraman”, —
deydi va yo‘lga chiqish oldidan arqon bilan pichoq ham olishni mo‘ljallaydi.
Xojarning “ip bilan pichoq ne uchun”, degan savoliga, “qo‘y olib
kelmoqchiman, har ehtimolga”, — deb javob beradi.
Ota-bola oldinma-ketin ketayotganlarida Iblis ularni Alloh buyurgan
bu yo‘ldan qaytarishga urinib, ko‘ngillariga vasvasa solmoqchi bo‘ldi. Ismoil
otasiga, bir qari chol uni yo‘ldan qaytarmoqchi bo‘layotganini aytganda,
Ibrohim u chol qiyofasidagi Iblis ekanligini aytib, unga tosh otishni
buyurgan. Ismoil Iblisga qarata yettita tosh otgan. Shu sababdan, hajga
borgan hojilar uchun tosh otmoq udum bo‘lib qolgan.
Nihoyat, Alloh tomonidan ko‘rsatilgan joyga yetishganida, Ibrohim o‘g‘li
Ismoilning oyoq-qo‘lini bog‘lab bo‘g‘ziga pichoq tortadi. Biroq, u qanchalik
urinmasin, pichoq kesmaydi. Shu payt Jabroil yetib kelib, Alloh Ibrohim-
ning sodiqligiga ishonch hosil qilganligi va o‘g‘li Ismoil o‘rniga bitta qo‘y
olib, so‘yish buyurganligini yetkazadi. Ibrohim Alloh ijozati bilan qo‘y
olib kelib so‘yadi. Alloh amri bilan aytilgan bu so‘zlardan so‘ng, qurbonlik
uchun qo‘y so‘yish udum bo‘lgan ekan.
Ibrohim esa, Allohga izhor etgan sadoqati uchun “Xalililloh” (Alloh-
ning do‘sti) degan sifatga ega bo‘ldi va musulmonlar uni Ibrohim Xalilulloh
deydilar.
Qurbon hayiti barcha kishilar uchun xursandchilik va inoqlik kuni
bo‘lishi lozim. Shuning uchun bu kun odamlar, millatlar o‘rtasidagi nizolar,
kelishmovchiliklar unutilib, gina-kuduratlar kechiriladigan sanaga aylanmo-
g‘i lozim. Bu kunda odamlar o‘rtasidagi mehr-oqibat, izzat-hurmat, qadr-
qimmat, insoniylik kabi xislatlar ulug‘lanmog‘i zarur.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling