Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4
- Bu sahifa navigatsiya:
- QORAQALPOQ XALQ OG’ZAKI IJODI
- Topshiriq.
Uyga topshiriq: Mavzuni o‘qib badiiy uslubga misollar yozing va she’r
yod oling. ADABIYOT – MA’NAVIYAT O‘CHOG‘I Reja: 1. O‘qilgan badiiy asarlar yuzasidan savol va topshiriqlarga javob berish. 2. Badiiy uslub va uning xususiyatlarini badiiy asardan topish yuzasidan topshiriqlarni bajarish. QORAQALPOQ XALQ OG’ZAKI IJODI Qoraqalpoqlarning xalq og’zaki ijodi juda boy. Qoraqalpoq folklor namunalari 20 jildligining nashr etilgani fikrimizning dalilidir. Ular so‘z ustalari bo‘lgan chechanlarni, baxshi (jirov)larini sevadilar. El oqsoqollari, rahbarlari yonidan qissaxonlar arimagan. O‘zbeklarning afandisi kabi qoraqalpoqlarning qiziqchisi — O‘mirbek laqqisi bor. O‘mirbek laqqi o‘z og‘zaki latifalarida ayrim shaxslar va jamiyatdagi kamchiliklar ustidan kuluvchi xalq qahramoni sifatida gavdalangan. U adolatsiz amaldorlar, qozilar, so‘zi bilan ishi mos kelmaydigan ruhoniylar kirdikorlarini fosh qilib, mardlik, to‘g‘rilik, haqiqat, davomi Topshiriq. Nosir Fozilov qalamiga mansub maqolani o‘qib mulohaza- laringizni bildiring. TIL BOG‘LANSA... QO‘L YECHOLMAS Yozuvchi bamisoli asalariga o‘xshaydi. Yozuvchi olam ko‘rib, odam ko‘rib, ular bilan muomalada bo‘lib, o‘zi yashab turgan zamon va zamin- ning sir-u asrorini odamlar bilan bab-barobar his qilib, uning noz-u ne’matlarini tatib ko‘rib, topgan gapini ijodiy laboratoriyasida qayta sayqal- lab, yana odamlarning o‘zlariga ulashadi. Yozuvchi uchun jumla grammatika darsliklarida ta’riflanganiday” “Egasi, kesimi va ikkinchi darajali bo‘laklari”... o‘z o‘rnida bo‘lgan jumlalar, til esa odamlarning bir-birlari bilan muomala qiladigan vosita quroli emas. Yozuvchining gapi boshqacha, ya’ni yozuvchining gapida xarakter, o‘y, fikr, istehzo, o‘xshatish, jonlantirish va hatto kerak bo‘lsa, o‘ylatib qo‘yish qobiliyati ham bor. Shunday bo‘lgandagina badiiy til deymiz. Bir kuni radio eshitib o‘tirsam, bir joyda “tuyaning ayroni” degan so‘zni ishlatib yubordi. Shunaqa hafsalam pir bo‘ldiki, radioni shartta o‘chir- dim. Buni qarang-a, tuyaning “ayroni”mish. Tuyaning suti bo‘ladi, sutini achitib, qimron (chubot) qilishadi. Chorva va chorvachilik haqidagi eshitti- rish va materiallarda chunonam chalkashliklar bo‘ladiki, o‘qib, tepa so- ching tikka bo‘lib ketadi. Ayniqsa, “har bosh ona qo‘ydan...”, “Ona cho‘chqa balchiqda maza qilib ag‘anab yotardi...” kabi jumlalarni eshit- ganingda, o‘qiganingda, o‘zingni qo‘yarga joy topolmay qolasan. Dunyoda “ona”dan ham mo‘tabar zot bormi? “Ona” degan so‘z ilohiy so‘z. Shunaqa ekan, chorva mollarining o‘z atamalari turgan bo‘lsa-yu, Sharq mumtoz adabiyotida qaysi shoirlarning ruboiylari juda mashhur? Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Bobur, Bedil She’r arabcha qaysi so‘zdan olingan? Shuur She’r (Nazm)-... Ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solingan his-tuyg‘u ifodasi sifatida yaratilgan She’r uch xil yo‘l bilan - lahn – garmoniya, kalom – so‘z va vazndan iborat deb hisoblagan olim kim? Abu Ali ibn Sino Yumor so‘zining ma’nosi Namlik, suyuqlik (inglizcha) 53 52 — Voy bolam-ey, ko‘karib ketibsan-a! Kir-kir... Qachon kelding? Man xavotir olib o‘tiribmanki, bu izg‘irinda bolafaqir qay ahvolda kelarkan, deb. O‘lgur sovuq ham... Mayli, hademay issiq kunlar kepqolar. Bo‘riboy aytayotuvdi. Gazetada yozganmish. O‘qishinglarni bitirib, hali bir odam bo‘lasanlarki, hammasi unutilib ketadi. Sani, Hamid bolamni uylariga borib bir davron surishim bor. Umidim katta sanlardan, ha-ha!.. Chindan ham kampirning bizga ishonch-ixlosi zo‘r, kelajagimizdan ko‘p narsa kutadi. U ayniqsa Hamid bilan soz. Uning sho‘x-sho‘x hazillaridan boshini orqaga tashlagancha miriqib-miriqib kuladi. — Oyi, shu-u, bo‘yga yetgan qizingiz bo‘lmagani chatoqda, — deydi Hamid menga ko‘z qisib. — O‘zim ham shunga achinaman. Bo‘lganida sandan boshqaga bermasdim-a, attang! — deb astoydil kuyunadi kampir. — Hay, parvo qilma, bolam, sani o‘zim uylantiraman, ko‘rasan. Ko‘z ostimga olib yurga- nim bor. Qo‘shnilardan. Bir nozaninki, sochi taqimiga tushadi. — O‘shani tezroq olib bermasangiz, sochini qirqtirib qo‘yadi, oyi. Hozir shunaqa. — Sho‘x bo‘lmay ket-a, bolam... Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling