Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/104
Sana19.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1709578
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   104
Bog'liq
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4

Topshiriq. Abdulla Qahhorning adabiyotga oid qarashlari bilan tanishing.
Munosabatingizni bildiring.
Oltmishga kirib bildim: umrim bekorga o‘tmapti, odamlarga kerakli
ekanman, hayotda iz qoldiribman.
Ko‘pgina hunarmandlar qariganida suygan hunaridan mahrum bo‘ladi:
uloqchi ot chopolmaydi, surnaychi yaxshi puflolmaydi, o‘yinchi oyog‘ini
ko‘tarolmay qoladi. Yozuvchi dutor yoki vinoga o‘xshaydi – eskirgan sayin
ochiladi, quvvati oshadi.
Eson-omon oltmishga kirganimga xursandman. Bu to‘g‘rida birdan-
bir xursand bo‘ladigan joyim bor: yozuvchilikda qirq yillik tajriba orttir-
dim. Bu tajriba umrimning qolgan qismini samarali o‘tkazishimda menga
juda qo‘l keladi.
Adabiyotda umr bo‘yi tutab yurgan yozuvchilar hech qachon o‘z
mahallasi doirasidan tashqariga chiqmaydi, lekin o‘zini klassik hisoblaydi.
Shuning uchun bularni mahalla klassiklari deb atash mumkin.
Bolalar yozuvchisi, shubhasiz, talantli, bilimli pedagog bo‘lishi kerak,
lekin bularning ustiga o‘zi odamoxun bo‘lmasa qadri bir pul.
Asar qovog‘ari chaqqanday semiz...
Semiz kitobning yuragi yaxshi tepmaydi...
Xomsemiz asar ustidan asfalt qiladigan mashina o‘tkazish kerak.
adolatni kuylagan. U o‘z latifalarini yengil mutoiba, achchiq hajv bilan
ixcham ifodalab, tinglovchilarni xursand qilgan.
Qoraqalpoqlarning qahramonlik dostonlari qadimdan ma’lum. Ulardan
“Qirqqiz”, “Alpomish”, “Qo‘blon”, “Mastposhsho”, “Edigey” dostonlarida
qoraqalpoqlarning voqealarga boy tarixi kuylanadi. Masalan, “Edigey”
dostonida Amir Temur, To‘xtamish faoliyati bilan bog‘liq voqealar bayon
etilsa, “Qiriqqiz”da qoraqalpoq xalqining XVIII asrda jung‘or qalmoqlariga
qarshi ozodlik kurashi, Xorazm xalqining Eron shohi Nodirshohga qarshi
kurashi o‘z badiiy ifodasini topgan.
Qoraqalpoqlarning xalq qo‘shiqlarida el-yurt yo‘lboshchilari, qahra-
monlari Maman botir, Yesengeldi mahram, Oydo‘stbiy, Ernazarbiylar
ulug‘lanadi.
Qozoq ma’rifatparvar olimi Cho‘qon Valixonovning: “Qoraqalpoqlar
sahrodagi birinchi shoir ham qo‘shiqchilardir, shundan keyin qirg‘izlar va
turkmanlar”, degan so‘zlari bejiz aytilmagan.
O‘zbekiston tarixi. 8-sinf darsligi

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling