Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova


Topshiriq: Sevimli gazetangiz yoki jurnalingizdagi mavzuga oid materiallarni tahlil qiling. NUTQ USLUBLARI. SO‘ZLASHUV USLUBI VA ADABIY TIL


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/104
Sana19.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1709578
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   104
Bog'liq
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4

Topshiriq: Sevimli gazetangiz yoki jurnalingizdagi mavzuga oid materiallarni
tahlil qiling.
NUTQ USLUBLARI. SO‘ZLASHUV USLUBI VA ADABIY TIL
USLUBI FARQLARI
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum bir sohada qo‘llaniladigan,
bir qancha o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan ko‘rinishi adabiy til us-
lubi deyiladi.
O‘zbek adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor: so‘zlashuv
uslubi, badiiy uslub, rasmiy uslub, ommabop uslub, ilmiy uslub (ayrim


39
38
KUYOVGA BERILAYOTGAN QALIN
Betakror urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz bor. Ular asrlar davomida
saqlanib kelingani ma’naviyatimizning boyligi va madaniyatimizning
betakrorligidan dalolatdir.
Yuz bilan yuzlashgan momolarimiz o‘gitlarida ilgari kuyov va uning
oilasi qizni kelin qilgunga qadar ancha-muncha ter to‘kkanligini aytib
o‘tadilar. Qizning otasi kuyovni o‘tin yorish, tosh ko‘tarish kabi yumush-
lar bilan har tomonlama sinagan. Bugun esa kuyov tomon kelin tomonga
jihozlash uchun uyni “tayyorlab” qo‘yishi urfga kirgan. Go‘yo qizlarimiz
sepiga, matolari-yu mebellariga qarab baholanayotgandek.
Ma’lumki, bir vaqtlar kuyov tomon bo‘lg‘usi kelinning ota-onasiga
“qalin puli” bergan. Bugun ham yurtimizning ayrim hududlarida ana
shunday amallar saqlanib qolgan. Lekin hozir ayrim joylarda bu odat
aksincha amalga oshirilayotganligining guvohi bo‘lyapmiz.
Gap shundaki, qiz tomon yigitning uyidagi bo‘m-bo‘sh qilib “tayyorlab”
qo‘yilgan xonalarni boshdan-oyoq jihozlab berishi kerak. Mabodo keltirilgan
jihozlar qaynonaga manzur bo‘lmasa, orzu-havas bilan qiz tarbiyalagan
sho‘rlik onaizorning eshitgan dashnomlari bag‘ri-dilini tilka-pora qiladi.
Ayrim qaynonalarning ko‘ngli “Italyanskiy mebel” tusaydi, ba’zilari esa:
“Qudajon, ovora bo‘lib yurmang, falon joydagi mebel saloniga boring. O‘sha
yerda chiroylilari va qulaylari ko‘p”, deb o‘zi ko‘rib, tanlab qo‘ygan mebel
do‘konining manzilini ham beradi.
Yigit tomon qiz tomonga qalin puli bermaydi. Bu eskilik sarqiti. Ammo
kelin bo‘lmishdan kuyov bo‘lmishga qalin, sarpo-suruq, albatta, keladi.
Nahotki, g‘ururi baland o‘g‘lonlarimiz kelin tomonning ana shunday
himmatini qabul qilish, xotini jihozlagan uyda yotish, u keltirgan narsa-
lardan foydalanishni o‘ziga ep ko‘rsa?!
Kimlar uchundir bu gapimiz erish tuyular. Biroq bugun ayol zotini
ojiza deb, undan mol-mulk ta’ma qilish hech bir erkakka yarashmaydi.
To‘g‘ri, to‘yning tashkiliy ishlarida, quda-anda munosabatlarida ayolning
xizmati katta. Ammo hamma narsani ayollar o‘ylab topgan deb, erkaklar
suvdan quruq chiqa olmaydi.
Shunday bo‘lsa-da, qadriyatlarimizning qadrsizlanishiga u yoki bu kishi
aybdor, deyishdan yiroqmiz. Aksincha, o‘zimiz o‘ylab topgan narsalarga
o‘zimiz qul bo‘lib qolayotganimiz-u, yosh oilalarning hayotiga ortiqcha
narsalarni aralashtirib yuborayotganimizni aytmoqchimiz, xolos.
“Oila davrasida” gazetasidan
Topshiriq. Xavotir omangla, o‘rtog‘larim, ketyappis, to‘r, dip, bo‘sa, mundog‘,
keraymi, ertalaptan, kayfiyatti, bizdi, oyilada, odat bo‘p, qoganmi, kechaam, qildiyiz,
bugunam, yo‘g‘mi, silani, ishingla, bo‘masin

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling