Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova
Jamshid: Bugun tunda kemasam xavotir omangla. O‘rtog‘larim bilan aylangani ketyappis Chalakka. Ona
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4
Jamshid: Bugun tunda kemasam xavotir omangla. O‘rtog‘larim bilan
aylangani ketyappis Chalakka. Ona: ..... Jamshid: Bugun bozor-u, bir kun dam olishga haqqim bormi, yo‘qmi? Ona: To‘r kundan beri bozor bo‘lyapti. Yangi kuyov dip indamadik. Choyxona tog‘angniki bo‘sa. Ha, mundog‘ o‘ylash keraymi? Jamshid: Bu deyman, ertalaptan kayfiyatti bir pul qilish bizzi oyilada odat bo‘p qoganmi? Kechayam nag‘ma qildiyiz, bugunam. Tinchgina choy ichib bo‘ladimi, yo‘g‘mi? Ona: Ha, to‘g‘ri-da, tog‘angga nima deysan? Jamshid: Tog‘am bilan o‘zim gaplashaman. Silani ishingla bo‘masin. Kitobga mehr uyg‘otishning omillaridan biri — adabiyot muallimlari haqida buyuk fizik olimi Albert Eynshteyn shunday degan edi: “Men aql egalari bo‘lgan matematiklar oldida bosh egaman, qalb egalari bo‘lgan adabiyotchilar oldida tiz cho‘kaman”. Nima uchun buyuk daho matematiklar oldida bosh egyapti, adabiyotchilar oldida esa tiz cho‘kyapti. Matematika fanining fizika faniga bog‘liqligi hech kimga sir emas, hamma biladi. Xo‘sh, adabiyot-chi? Bu fanni o‘rgatuvchi adabiyotchilar oldida Eynshteyn nega tiz cho‘kyapti? Qolaversa, matematika, fizika aniq fanlar, adabiyot esa ijtimoiy ahamiyatga ega. Bizningcha, ulkan olimning qalbida ezgulik urug‘ini sochishda, vatanni, hayotni sevishga, buyuk kashfiyotlar qilishga ilhomlantiruvchi manba adabiyot, xususan, kitob bo‘lgan. Shu o‘rinda o‘zbek adabiyoti beshigini tebratgan ulkan yozuvchilar- dan biri Abdulla Qahhor: “Adabiyot atomdan kuchli” deganini eslaylik. Dunyoda shunday mamlakatlar bo‘ladi, ularni na to‘p, na o‘q, na atom bilan egallab bo‘ladi. Bunday mamlakatni buyuk so‘z bilan, adabiyot bilan egallash mumkin. Adabiyot xalqlar do‘stligini mustahkamlaydi, arzimagan kelishmovchilik bilan urush yoqasiga kelib qolgan davlatlarni yarashtiradi. Mashoixlar aytganidek, kelajakni faqat go‘zallik qutqaradi. Ana shu go‘zallikni kishilar qalbiga jo qiladigan kuch adabiyot emasmi? Kitob — aql chirog‘i, ko‘p kitob o‘qishda hikmat ko‘p. Kitobga nisbatan hurmat-e’tiborda hech kim yaponlarning oldiga tusha olmasa kerak. Buni pedagog olim Jo‘ra Yo‘ldoshevning bir gapi ham tasdiqlaydi. U kishi o‘z ma’ruzalaridan birida shunday ibratomuz gapni aytgan edi: “Yaponiyada soatiga 360 km. tezlikda poezd ketyapti. Vagonda hamma kitob o‘qiyapti. Qarasam, bitta men kitob o‘qimayotgan ekanman. Uyalganimdan men ham shartta diplomatimni ochib, kitob o‘qishga tushdim”. “Ma’rifat” gazetasidan Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling