Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova
QAYSI KITOBLARNI O‘QISH KERAK?
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4
- Bu sahifa navigatsiya:
- So‘zlashuv uslubi.
QAYSI KITOBLARNI O‘QISH KERAK?
Ommaviy kitobxonlikka xalqimiz asrlar davomida qadriyat darajasida qarab kelgan. Umumbashariy nodir asarlar ommaviy kitobxonlik davralarida o‘qilgan. Ulardagi pand-nasihat quruqdan quruq bayon etilmagan, albatta. Badiiy g‘oya qiziqarli sujet orqali ifodalangan. “Qutadg‘u bilig”, “Devoni hikmat”, “Guliston”, “Bo‘ston”, “Masnaviyi ma’naviy”, “Mahbubul qulub”, “Hayratul abror”, “Chor darvesh”, “Kalila va Dimna”, “Ibrohim Adham”, “Qissayi Mashrab”, “Turkiy guliston yoxud axloq” va boshqa o‘nlab asarlar tarbiyaga xizmat qilgan. Bugungi kunda ham qator adiblarimizning asarlari bu ro‘yxatni davom ettirishi mumkin. Qay birini qachon, qanday ketma-ketlikda o‘qishni to‘g‘ri aniqlab olish bir dunyo kitobni o‘qib chiqishdan ko‘ra murakkab ish. Lekin bu borada soha mutaxassislari va olimlarning o‘z tavsiyalari bor. O‘tgan asr poyonida bir guruh adabiyotshunos olimlar, yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar XX asrning eng yaxshi adabiy asarlarini sarhisob qilishgan. Xuddi shunday oldingi asrlarda ham badiiy asarlarning eng e’tiborlilari saralangan. Lekin olimlar o‘qilishi zarur kitoblarni bir necha guruhlarga turkumlaganlar. 37 36 uslublarda so‘zlashuv uslubidan boshqa barcha uslublar kitobiy uslub de- gan nom ostida beriladi). So‘zlashuv uslubi. Uyda, ko‘chada, insonlarning o‘zaro so‘zlashuvida qo‘llaniladigan uslub so‘zlashuv uslubi deb ataladi. Bu uslublarning ada- biy til me’yorlariga rioya qiladigan ko‘rinishi adabiy so‘zlashuv uslubi deb yuritilsa, bunday me’yorlarga rioya qilmaydigan ko‘rinishi oddiy so‘zlashuv uslubi deb ataladi. So‘zlashuv uslubidagi nutq ko‘pincha dialogik shaklda bo‘ladi. So‘zlashuv uslubida ko‘pincha turli uslubiy bo‘yoqli so‘zlar, grammatik vositalar bo‘ladi, tovushlar tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Kep qoling! Obbo, hamma ishni do‘ndiribsiz-da. Mazza qildik. Keta qo- o-ol! So‘zlashuv uslubida gapdagi so‘zlar tarkibi ancha erkin bo‘ladi, piching, qochiriqlar, to‘liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi. 1-mashq. O‘qing. Og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos o‘rinlarni topib belgilang. 1. Odamga zavq beradi-de! Klipini qarang! Moshinalarni qarang, qizlari- chi! Va-a-apshe zo‘r! 2. Tadbirni normalniy yoriting. Gazetangizda chiqqan- da, soobshayte. Ponyatno? 3. Kecha bozor darvozasi oldida mitti bolakayni kaltaklayotgan ayolni ko‘rib qoldim. Ayol katta qutini qo‘lidan tushirib yuborgani uchun uni jazolardi. Yerda sochilib yotgan shisha siniqlarini ko‘rsatib qarg‘ardi: “Landavur, ko‘zingga qarasang bo‘lmaydi mi?! Bir kuni boshimga yetasan, meni jinni qilasan! Qora mozorga tiqib kelaymi seni!..” — Onalarni bemehr qilgan tirikchilik o‘lsin-a! — dedi bir otaxon. — Bolaning ko‘nglini ham shishadek sindirdi-ya, bu nobakor. 2-mashq. “O‘zbekkino” milliy agentligining 5-studiyasi yoshlar ijodiy uyushmasi tomonidan suratga olingan “O‘yin” kinofilmidan olingan parcha mazmuni bilan tanishing. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling