Uyga topshiriq: Qo‘shimchalar sinonimiyasi va antonimiyasiga misol-
lar toping. Hayot haqida o‘z fikringizni tezis shaklida yozing. Unda tarki-
bida antonim so‘zlar ishtirok etgan xalq maqollaridan
foydalaning.
BAYON VA UNING TAHLILI
ULUG‘ USTOZ
O‘zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga g‘oyat kuchli va
samarali ta’sir ko‘rsatgan ulug‘ zotlardan biri bu Alisher Navoiy bobomizdir.
Biz uning mo‘tabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon
va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo faxrlanib so‘z yuritamiz.
Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida
butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning
tengsiz namoyandasi, millatimizning g‘ururi, sha’n-u sharafini dunyoga
tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo‘lsa, olamda turkiy
va forsiy tilda so‘zlovchi biron-bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa,
Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa.
Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir
desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir.
Inson qalbining quvonch-u qayg‘usini, ezgulik va hayot mazmunini
Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam
topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash
tuyg‘usi ham bizning ong-u shuurimiz, yuragimizga, avvalo, Navoiy asarlari
bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yosh-
larimizni qanchalik ko‘p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni
yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda
shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo‘lamiz.
Ma’lumki, biron-bir xalq ma’naviyatiga xos qadriyatlarning boshqa
xalqlar tomonidan tan olinishi, tabiiyki, ana shu xalq tarixiga nisbatan
chuqur hurmat ifodasidir. Bunday e’tirof xalqning g‘urur va iftixori, milliy
o‘zligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Shu ma’noda, keyingi paytda buyuk ajdodlarimizning so‘nmas daho-
siga hurmat-ehtirom, ularning boy ilmiy merosini o‘rganishga bo‘lgan
qiziqish xorijiy ellarda ham ortib borayotgani barchamizni quvontiradi.
Ismoil aka joyiga o‘tirib qoldi. Birdan ingranishdan, tebranishdan
to‘xtadi. Hamma bir-biriga qaradi.
Atrof yorishib ketgandek bo‘ldi.
“Oila davrasida” gazetasidan
3-mashq. Quyida shoir E.Vohidov qalamiga mansub she’rlarning
qoraqalpoq tiliga tarjimasi berilgan. Tarjimani asliyat bilan taqqoslang.
She’rlarning mazmuniga tayanib hayot haqidagi mulohazalaringizni bil-
diring.
Do'stlaringiz bilan baham: |