Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova
Mustaqil ish topshiriqlari: Uyga vazifa
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4
Mustaqil ish topshiriqlari: Uyga vazifa: O‘qiyotgan badiiy asaringiz-
dan shevaga xos so‘zlarga misollar yozing. H AY OT M EN IN G T AS AV VU RI MD A (Qo‘shimchalar sinonimiyasi va antonimiyasi) Reja: 1. Mavzuga oid matnni o‘qish, o‘rganish, tahlil qilish. 31 30 Zid ma’noli qo‘shimcha (morfologik antonim) – vazifasi o‘zaro zid bo‘lgan qo‘shimcha: -li – -siz, no- – -li, be- – bo- va hokazo. 1-mashq. Sinonim qo‘shimchalarni bilib oling. Ko‘makchi — ko‘makdosh, somsachi — somsapaz, adabiyotchi — adabiyotshunos, chorvachi – chorvador, suratchi – suratkash, xizmatchi – xizmatkor, sutli – sersut, serharakat – harakatchan, beg‘ubor – g‘uborsiz, sezgir – sezuvchan, bilag‘on – bilarmon, notinch – betinch, mardona – mardlarcha, tiriklay – tirikligicha. 2-mashq. Matn bilan tanishing. Qo‘shimchalarni aniqlang. Ularning sinonim yoki antonimlari mavjudligiga e’tibor bering. Mahalladoshimiz, temiryo‘lda nozir bo‘lib ishlaydigan Ismoil akaning uyida qiyomat qoyim bo‘ldi. Uch kun, bor-yo‘g‘i uch kungina burun karnay-surnay, kuy-qo‘shiq navolari, o‘yin-kulgi sasi jaranglagan uyidan bugun bir yo‘la uch tobut chiqdi. Bechoraning kuni kecha go‘shangaga kirgan o‘g‘li, kelini, bo‘yi yetib qolgan qizini yerga topshirdilar. Yer to‘yarmidi! — O‘zi nima bo‘pti? — To‘ytepaning yo‘lida kechasi qarshisidan “KaMAZ” chiqib qolibdi. Shofyori oyog‘ida turolmaydigan darajada mast ekan. — Chillali kelin-kuyov To‘ytepada nima qilib yuribdi ekan? Buning ustiga, tunda? — Kelinni ota-onasi charlagan ekan. Kechroq yo‘lga chiqqan, chog‘i. Ajal-da! — Hech kimning boshiga solmasin! — Hamma birdan gur etib o‘rnidan turdi. — Orif ota kelyaptilar! – dedi qo‘shnim. Hovliga oq sallasi oppoq qoshi va ko‘ksini yopib turgan oppoq soqo- liga yarashgan, yashil kamzul kiygan, yuzlaridan nur yog‘ilib turgan jikkakkina cholni ikki yigitcha, nevaralari, ikki tirsagidan avaylabgina tutganicha, boshlab kirdi. Orif ota mahallamizning eng keksa, eng obro‘li odami. Ikkinchi jahon urushida jang qilgan, ko‘p yillar poliklinikada vrach bo‘lib ishlagan. Orif ota keksalarga xos siniq ovozda uzoq tilovat qildilar. Turib, Ismoil akaga yuzlandilar. — Men endi nima deb yig‘layin, Orif ota? Otajon! — deb o‘kirib yubor- di Ismoil aka. – Xonumonim kuyib ketdi-ku?! — Xudoga shukr, deb yig‘lang, bolam! Shukr deng! Musibat ham yaratganning sinovi! Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling