Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/104
Sana19.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1709578
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   104
Bog'liq
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4

ULUG‘LAR TARBIYA HAQIDA
Olimlar tarbiyani uch qismdan iborat deb biladilar. Bular: badan
tarbiyasi, aqliy tarbiya va axloqiy tarbiya. Lekin bu uch qismni bir-biridan
ajratib bo‘lmaydi. Ular bir-birlariga shunday bog‘liq va yaqinki, biriga zarar
tegsa, boshqalarida ham nuqson paydo bo‘ladi. Biriga foyda tegsa, boshqalari
ham undan bahramand bo‘ladilar. Kimki o‘z avlodining tarbiyasi ustida
o‘ylayotgan bo‘lsa, farzandlarining jismi, aqli va axloqini bir darajada
tarbiyalaydi. Intizom va tarbiyaga rioya qiladi.
Tarbiyaning har bir qismi tug‘ilishdan yetti yoshgacha avval ota-ona
zimmasiga tushadi. Sakkiz yoshdan yigirma yoshgacha maktab va madrasa
zimmasiga, keyin umrining oxirigacha odamning o‘z boshiga tushadi.
Abdurauf Fitrat
Aqlli xotin eri jahli chiqib baqir-chaqir qilayotganda jim turadi. Nihoyat,
er hovuridan tushgach, uni ovutish uchun tilga kiradi.
Plutarx.
QO‘SHIMCHALAR SINONIMIYASI VA ANTONIMIYASI
Xuddi so‘zlarda bo‘lgani kabi qo‘shimchalar ham o‘zaro sinonim yoki
antonim bo‘la oladi.
Sinonim qo‘shimcha (morfologik sinonim) – shaklan har xil, vazifasi
bir xil va ma’nosi yaqin bo‘ladi: -li, -ser, -dor, -mand, ba-, bo-davlatli,
badavlat, serdavlat, davlatmand; unumli, serunum, unumdor.
Sinonim bo‘lish asosan so‘z yasovchi qo‘shimchalarga xos.
Shakl hosil qiluvchi qo‘shimchalarning sinonimik munosabatda bo‘li-
shi juda oz uchraydi. Masalan, rang-tus anglatuvchi sifatlarda belgining
me’yordagi holatdan oz, kuchsiz ekanini ifodalovchi -(i)sh (ko‘kish- kabi)
va -(i)mtir (ko‘kimtir- kabi) qo‘shimchalari o‘zaro sinonim, chunki bularda:
1) ifoda jihati har xil, 2) ayni bir ma’noni ifodalaydi, 3) ayni bir turkum
so‘zlarga qo‘shiladi, 4) ma’lum bir shart-sharoitda biri o‘rnida ikkinchisini
ishlatish mumkin va b. Bu sinonim qo‘shimchalar orasidagi farq qaysi sifat
so‘zlarga qo‘shilib kela olishida ko‘rinadi: ko‘kish—ko‘kimtir tarzida ishlatish
mumkin, lekin oqish deb ishlatiladi-yu, oqimtir deb ishlatilmaydi va b.
Sinonim bo‘lish talablariga -tir(-dir), -giz (-kiz, -qiz, -g‘iz) orttirma
yasovchilari ham javob beradi: ayttir – aytkiz, bildir – bilgiz  kabi. Lekin
bu qo‘shimachalarda ayni bir fe’lga qo‘shilish oz uchraydi, ko‘pincha har
xil so‘zlarga (saylab) qo‘shiladi: yondir deyiladi-yu, yongiz deyilmaydi va b.


33
32
lar ko‘paymoqda? 3. “Assalavma alaykum” arabsha so‘z bo‘lib, “sizga
tinishlik va asayishtaliq bo‘lsin” degan manani beradi. 4. O‘tkan yillar,
asirlar ishida ne-ne savdolar kechmadi boshingdan. 5. Ariq ochip suv
keltirgan, ko‘shat ikib bog‘ yaratganlarga ta’zim qilamiz.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling