Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4
- Bu sahifa navigatsiya:
- ERKATOY O‘G‘IL
Topshiriq:
1. Hayotga munosabatingiz va qiziqishlaringiz haqida aytib bering. 2. “Hayotda nimalar bo‘lmaydi?” Sizning bu boradagi mulohazalaringiz qanday? Oila haqida tengdoshlaringiz bilan bahs-munozara qiling. 3. Inson barkamollikka erishish uchun nimalar qilishi kerak? Fikr-muloha- zalaringizni bildiring. 4. Qarindosh va tengdoshlaringizdan kimlarga o‘xshagingiz keladi? Nima uchun? ERKATOY O‘G‘IL Xalqimizda yaxshi bir gap bor: “Yigit kishiga omad uch marta keladi”. Haq gap. O‘sha uchta omaddan birortasini ushlab ololmasa, hayoti mashaqqatlar ichra qolishi tayin. Bir tanish ayol alam bilan hikoya qiladi: — Akam oilada uch qizning ichida yolg‘iz o‘g‘il edi. Ota-onamiz erkatoy qilib o‘stirgan, yegani oldida, yemagani ketida bo‘lib, nima istasa, muhayyo qilgan. Aslida uning yolg‘iz o‘g‘il bo‘lganining o‘zi omad edi. U bo‘lsa, na o‘qishga qiziqdi, na biror hunar egallashga. Ota-onamiz hayotligida o‘z bilganicha yashadi. Eng yaxshi institutga o‘qishga kirdi. Ammo ikki yil o‘qib, tashlab ketdi. O‘shanda undan birinchi omad yuz o‘girgandi. Keyin akam qishloqning oldi qiziga uylandi. Kelinimiz juda chiroyli, tarbiyali va ziyoli edi. Akam uning ham qadriga yetmadi, ikkita farzandli bo‘lib, boshqa ayolni sevib qoldim, deb xotinidan ajrashdi. Shu tariqa ikkinchi omadini qo‘ldan boy berdi. Ota-onam vafot etdi, akam bo‘lsa, o‘z bilgancha yashashdan qolmadi. Ikkinchi xotini vafo qilmadi. Hayoti izdan chiqdi, ichkilikka berildi. Biz – qizlar akamning holidan xabar olib yurdik. Ammo har doim ham yonida bo‘lolmaymiz-ku? Xullas, akam mayning kasridan ota-onam chirog‘ini o‘chirib, hovlini sotdi. Uning so‘nggi omadi ham qo‘ldan ketdi. O‘zi kabi takasaltanglarga qo‘shilib, jinoyat qildi va qamaldi. Bugun qilgan ishlaridan afsus qilib daqiqalarni sanab o‘tiribdi. “Tasvir” gazetasidan Yuqoridagi fikr va dalillardan ayon bo‘ladiki, o‘g‘uz shevasi o‘ziga xos frazeologizmlarga boy. Ushbu lahjani boshqa lahjalar bilan qiyoslagani- mizda unga nisbatan qarluq va qipchoq lahjalari o‘zbek adabiy tiliga yaqinligini sezamiz. O‘zbek adabiy tilidagi har bir sheva o‘ziga xos jilva, bo‘yoqdorlikka, jozibaga ega. Ularning fonetik, leksik, grammatik xususiyatlarini o‘rganish esa, bugungi kun tilshunosligi uchun ham qimmatli faktlar berishi mum- kin. Shunday ekan o‘zbek shevalarini o‘rganish bundan keyin ham davom etadi. Shamuratova Malohat Ilhombekovna Nukus davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti 3-kurs talabasi. 1-mashq. Shevaga xos so‘zlarni aniqlang. 1. Oqshomlari buvim boshliq hammamiz oldi ochiq ayvonda uvunto‘da ko‘rpa-yostiqlarga o‘ralib, bittagina O‘ratepaning kir ip sholchasi ustida uxlaymiz. (G‘.G‘.). 2. — Sandiq qatta, bolam? — deb kuldi onam. — Qarz- larim bor. O‘shanga beraman-da. (O‘.H.). 3. Qorag‘umg‘on qaynar, yozilur chochiq, Zog‘orami, so‘kmi, yovg‘on yo umoch. Juda bo‘lmaganda qatig‘- u ko‘moch. (M.). 4. Juda qashshoq bo‘lsa — bor yaxshi so‘zi, shundoq yaxshi so‘zki, go‘yo sarimoy. (M.) 5. Opang kabi men uchun ham eng aziz, eng qimmatli, eng shirin va shakar odamsan. (O‘.U.). 6. — Egamberdi Jaqipovning uyi shulma? — deb so‘radi. (O.Yo.). 7. — Hay attang! — dedilar to‘satdan ko‘zlariga yosh olib. — Umrimda bir marta senga muzqaymoq olib bermoqchi bo‘luvdim. Shuniyam evlayolmadim-ov, bolam!..(O.Yo.). 8. Umri xola Shoikromning yonboshiga, shaparak ko‘rpachaga o‘tirdi. (O‘.H.). 9. Qulupnayni sutga alishadi, dedilar. (O‘.H.). 10. — Qurbonboyingiz yaxshi odam ekan, — dedi xotini Tillayev uyga kelganda, — bechora jonini fido qivoraman deydi-ya. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling