Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/104
Sana19.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1709578
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   104
Bog'liq
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4

Topshiriq:
1. Hayotga munosabatingiz va qiziqishlaringiz haqida aytib bering.
2. “Hayotda nimalar bo‘lmaydi?” Sizning bu boradagi mulohazalaringiz
qanday? Oila haqida tengdoshlaringiz bilan bahs-munozara qiling.
3. Inson barkamollikka erishish uchun nimalar qilishi kerak? Fikr-muloha-
zalaringizni bildiring.
4. Qarindosh va tengdoshlaringizdan kimlarga o‘xshagingiz keladi? Nima
uchun?
ERKATOY O‘G‘IL
Xalqimizda yaxshi bir gap bor: “Yigit kishiga omad uch marta keladi”.
Haq gap. O‘sha uchta omaddan birortasini ushlab ololmasa, hayoti
mashaqqatlar ichra qolishi tayin.
Bir tanish ayol alam bilan hikoya qiladi:
— Akam oilada uch qizning ichida yolg‘iz o‘g‘il edi. Ota-onamiz erkatoy
qilib o‘stirgan, yegani oldida, yemagani ketida bo‘lib, nima istasa, muhayyo
qilgan. Aslida uning yolg‘iz o‘g‘il bo‘lganining o‘zi omad edi. U bo‘lsa, na
o‘qishga qiziqdi, na biror hunar egallashga. Ota-onamiz hayotligida o‘z
bilganicha yashadi. Eng yaxshi institutga o‘qishga kirdi. Ammo ikki yil
o‘qib, tashlab ketdi. O‘shanda undan birinchi omad yuz o‘girgandi.
Keyin akam qishloqning oldi qiziga uylandi. Kelinimiz juda chiroyli,
tarbiyali va ziyoli edi. Akam uning ham qadriga yetmadi, ikkita farzandli
bo‘lib, boshqa ayolni sevib qoldim, deb xotinidan ajrashdi. Shu tariqa
ikkinchi omadini qo‘ldan boy berdi.
Ota-onam vafot etdi, akam bo‘lsa, o‘z bilgancha yashashdan qolmadi.
Ikkinchi xotini vafo qilmadi. Hayoti izdan chiqdi, ichkilikka berildi. Biz
– qizlar akamning holidan xabar olib yurdik. Ammo har doim ham yonida
bo‘lolmaymiz-ku? Xullas, akam mayning kasridan ota-onam chirog‘ini
o‘chirib, hovlini sotdi. Uning so‘nggi omadi ham qo‘ldan ketdi.
O‘zi kabi takasaltanglarga qo‘shilib, jinoyat qildi va qamaldi. Bugun
qilgan ishlaridan afsus qilib daqiqalarni sanab o‘tiribdi.
“Tasvir” gazetasidan
Yuqoridagi fikr va dalillardan ayon bo‘ladiki, o‘g‘uz shevasi o‘ziga xos
frazeologizmlarga boy. Ushbu lahjani boshqa lahjalar bilan qiyoslagani-
mizda unga nisbatan qarluq va qipchoq lahjalari o‘zbek adabiy tiliga
yaqinligini sezamiz.
O‘zbek adabiy tilidagi har bir sheva o‘ziga xos jilva, bo‘yoqdorlikka,
jozibaga ega. Ularning fonetik, leksik, grammatik xususiyatlarini o‘rganish
esa, bugungi kun tilshunosligi uchun ham qimmatli faktlar berishi mum-
kin. Shunday ekan o‘zbek shevalarini o‘rganish bundan keyin ham davom
etadi.
Shamuratova Malohat Ilhombekovna
Nukus davlat pedagogika instituti
Filologiya fakulteti 3-kurs talabasi.
1-mashq. Shevaga xos so‘zlarni aniqlang.
1. Oqshomlari buvim boshliq hammamiz oldi ochiq ayvonda uvunto‘da
ko‘rpa-yostiqlarga o‘ralib, bittagina O‘ratepaning kir ip sholchasi ustida
uxlaymiz. (G‘.G‘.). 2. — Sandiq qatta, bolam? — deb kuldi onam. — Qarz-
larim bor. O‘shanga beraman-da. (O‘.H.). 3. Qorag‘umg‘on qaynar, yozilur
chochiq, Zog‘orami, so‘kmi, yovg‘on yo umoch. Juda bo‘lmaganda qatig‘-
u ko‘moch. (M.). 4. Juda qashshoq bo‘lsa — bor yaxshi so‘zi, shundoq
yaxshi so‘zki, go‘yo sarimoy. (M.) 5. Opang kabi men uchun ham eng
aziz, eng qimmatli, eng shirin va shakar odamsan. (O‘.U.). 6. — Egamberdi
Jaqipovning uyi shulma? — deb so‘radi. (O.Yo.). 7. — Hay attang! —
dedilar to‘satdan ko‘zlariga yosh olib. — Umrimda bir marta senga
muzqaymoq olib bermoqchi bo‘luvdim. Shuniyam evlayolmadim-ov,
bolam!..(O.Yo.). 8. Umri xola Shoikromning yonboshiga, shaparak
ko‘rpachaga o‘tirdi. (O‘.H.). 9. Qulupnayni sutga alishadi, dedilar. (O‘.H.).
10. — Qurbonboyingiz yaxshi odam ekan, — dedi xotini Tillayev uyga
kelganda, — bechora jonini fido qivoraman deydi-ya.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling