Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/104
Sana19.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1709578
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   104
Bog'liq
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4

t tovushi d, k tovushi g tarzida aytiladi: tog‘– dog‘, keldi – galdi.
-ning qo‘shimchasi -ing tarzida, -ga qo‘shimchasi esa a, -na tarzida
aytiladi: yorimga – yorima, alina (qo‘liga).
Hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun qarluq lahjasiga kiradigan Farg‘ona-
Toshkent shevalari asos qilib olingan. Olimlarning fikricha, Toshkent shevasi
fonetik jihatdan, Farg‘ona shevasi morfologik jihatdan adabiy tilga asos
bo‘lgan.
Topshiriq. Talabaning shevaga xos iboralarga oid maqolasidan olingan
parchani o‘rganib chiqing. Siz ham shu asosda maqola tayyorlashga urinib
ko‘ring.
Biz o‘g‘uz lahjasining Qo‘shko‘pir shevasidagi iboralarni o‘rganib,
ularning o‘zbek adabiy tilidagi xususiyatlarini, o‘xshash va farqli jihatlarini
aniqlashga harakat qildik.
Masalan: Qo‘shko‘pir shevasida «Kula go‘milgan tonqodin» iborasi
mavjud bo‘lib, u hech kim bilan ishi bo‘lmay o‘tirgan odamga nisbatan
qo‘llaniladi va hech nima demadi, indamadi ma’nolarini bildiradi. Bu ibora
o‘zbek adabiy tilidagi «og‘ziga talqon soldi
1
», «lom-mim demadi
2
» iboralari
bilan sinonim bo‘ladi: Snpdayi ko‘p o‘quvchilo kula go‘milgan tonqodi’n
o‘tiriptilo (shu sheva so‘zlashuv nutqidan).
«Uchaka chiqorib zanggini olodi» iborasi hayiqmaslik, qo‘rqmay
botinmoq degan ma’nolarni bildiradi va uning o‘zbek adabiy tilidagi sinonimi
«Tap tortmaslik
3
» hisoblanadi: Bu dman tozo gali’n betachopor, uchaka
chiqorp zanggini olodon xilinnon o‘xshidi (shu sheva so‘zlashuv nutqidan).
Shu shevaga xos «Pishik eti yegan» iborasi ayyor, shayton ma’nolarini
bildiradi. O‘zbek adabiy tilidagi «Ilonning yog‘ini yalagan
4
» iborasiga
sinonim bo‘la oladigan mazkur iboraning e’tiborga molik tomoni shundaki,
uni faqat Xorazm viloyatining Xiva tumani aholisiga nisbatlab ishlatisha-
di: Sanam xivolilodin pishik eti yeganmisan yo? (shu sheva so‘zlashuv
nutqidan).
1
Sh.Rahmatulleyev. O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati. – Toshkent,
O‘qituvchi, 1978.
2
Shu kitob 201-b.
3
Shu kitob, 150-b.
4
Shu kitob, 113-b.


29
28
2. Qo‘shimchalar sinonimiyasi va antonimiyasi haqida nazariy ma’lumot
berish.
3. Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar ustida ishlash.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling