Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/104
Sana19.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1709578
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   104
Bog'liq
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4

Matn yuzasidan suhbat. Suhbat jarayonida talabalarga quyidagi savollar
taqdim qilinishi mumkin:


27
26
Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi «Yuragiga vahima solmoq
1
», «Ko‘ngliga
vahima tushdi
2
» kabi iboralar bilan sinonim bo‘la oladigan «Qiyomatni
qopig‘o akkalish» iborasi o‘ta vahima qilmoq, kuchli darajada qo‘rqish hissini
uyg‘otmoq kabi ma’nolarni bildiradi: Kichkina narsadanam qiyomatni
qopig‘o akkalavarma (shu sheva so‘zlashuv nutqidan).
«Eshaki tushoqino loyiq» iborasi esa munosib, loyiq ma’nolarini ifoda
etadi. Ushbu lug‘aviy birlik, o‘zbek adabiy tilidagi «Uzukka ko‘z qo‘ygandek»
iborasiga teng, ammo ularning bir-biridan farqli jihati shundaki, ushbu
iboraning o‘zbek adabiy tilidagi varianti ijobiy, sheva varianti esa salbiy
ma’nolarda qo‘llaniladi: Hamma voxt bloship yurido‘n qiz, Nargizni, Masur
olipti. Ay uzi vlo eshaki tushoqno loyq adi (shu sheva so‘zlashuv nutqidan).
«Ichina o‘t tushdi» iborasi ruhan bezovta bo‘lmoq degan ma’noni
bildiradi. Ushbu iboraning o‘zbek adabiy tilida «Ichini ola mushuk
tatalayapti
3
», «Ichini it tirnadi
4
», «Ichi pishti
5
» singari sinonimlari mavjud.
Bi gapni (qizin yomon yo‘lo girip getganini) arina oy tolmayan oponi
ichina o‘t tushdi. (shu sheva so‘zlashuv nutqidan).
Shuningdek, «Yuzi eshakni deri’si’dn kolin» ayrim holatlarda «Yuzi
eshakni derisinnanam qoling» tarzida qo‘llaniluvchi ushbu ibora uyalmaslik,
andisha qilmaslik ma’nolarini bildiradi. Uning o‘zbek adabiy tilida «Yuzi
chidaydi
6
» «Beti chidaydi
7
» singari sinonimlari mavjud. Masalan: Uzi qiz
bolo bo‘som yuzi eshakni derisinnin qoling akan, gapam ta’sir atmidi (shu
sheva so‘zlashuv nutqidan).
Shuningdek, Qo‘shko‘pir shevasida bir necha variantlarda qo‘llanuvchi
«Qo‘yloni qumo yuvarip» iborasi mavjud bo‘lib u «Pochcho poroxot», «Par-
voyi palakda, ishtoni talakda» iboralari bilan sinonim tarzida ham qo‘llaniladi.
Beg‘am, beparvo, parvoyiga kelmaslik degan ma’nolarni bildiradi. Bu ibora-
larning o‘zbek adabiy tilidagi «Dunyoni suv bossa, to‘pig‘iga chiqmaydi
8
»,
«Parvoyi falak
9
» kabi sinonimlari mavjud. Jumladan: Bu kishi hamma voxt
shunnin: qo‘yloni qumo yuvarip o‘tirodi (shu sheva so‘zlashuv nutqidan).
1
Shu kitob, 268-b.
2
Shu kitob, 268-b..
3
Shu kitob, 116-b.
4
Shu kitob, 116-b
5
Shu kitob, 117-b.
6
Shu kitob, 37-b.
7
Shu kitob, 37-b.
8
Shu kitob, 58-b.
9
Shu kitob, 206-b.
Unlilar cho‘ziq va qisqa aytiladi: at (hayvon), a-a-d (ism)

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling