Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova
Mustaqil ish topshiriqlari: Uyga topshiriq
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-mashq
Mustaqil ish topshiriqlari: Uyga topshiriq: O‘zbekiston oliy o‘quv
yurtlari haqida ma’lumot to‘plang va kichik matn yarating. Matnda qo‘lla- gan so‘zlaringizning qaysi qatlamga mansubligi haqida mulohaza yuriting. UNIVERSITETIM BILAN FAXRLANAMAN (Shevaga xos so‘zlar) Reja: 1. Mavzuga oid matnni o‘qish, o‘rganish, tahlil qilish. 2. Shevaga xos so‘zlar haqida nazariy ma’lumot berish. 3. Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar ustida ishlash. Topshiriq: 1. Universitet ta’limining o‘ziga xos xususiyatari haqida kichik suhbat o‘tkazing. 2. O‘rganayotgan fanlarga o‘z munosabatingizni 6-7 gap orqali ifodalang. 3. O‘rganayotgan fanlaringizning ahamiyati haqida o‘zaro fikr almashing. davomi Rus-Yevropa tillaridan kirgan advokat, traktor, stol, konsert, stul, palto, parta, mashina, zavod, fabrika, teatr kabi so‘zlar alohida qatlamni tashkil qiladi. 1-mashq: Berilgan so‘zlarning qaysi tilga mansubligini aniqlang. Ajdar, ajdaho, qonun, govmush, rahbar, satr, she’r, jo‘ja, satira, kaptar, ramz, naqqosh, kalla, chehra, maqola, mayiz, gilos, qasida, sayqal, do‘kon, gul, quyosh, poliz, g‘alaba, oshpaz, himoya, muxbir, sahifa, savol, yak- shanba, juma, qasr, muqaddam, makon, noma, poytaxt. 2-mashq: Mutaxassisligingiz bo‘yicha atamalar lug‘atini tuzing. So‘z- larning qaysi qatlamga mansubligiga e’tibor qarating. 3-mashq. Quyidagi ruscha-baynalminal so‘zlarning o‘zbek tilidagi sinonimlarini topib, namunadagidek qilib yozing. Namuna: progressiv — ilg‘or. Arabcha so‘zlarninig xususiyatlari Ikki unli yonma-yon keladi. Tabiiy, manfaat, mudofaa. Arabcha so‘zlar tarkibida j, ch, p, ng tovushlari uchramaydi. Ajdar, padar, tong kabi so‘zlar arabcha emas. Diniy atamalar, turli soha nomlari, ismlarning ko‘p- chiligi arabcha so‘zlardir. Halol, qodir, qonun, san’at, ilhom, muhan- dis, odob, amal, inson. Forscha so‘zlarning xususiyatlari Sirg‘aluvchi j tovushi ko‘p uchraydi. gijda, mujda. Bir bo‘g‘inda ikki undosh keladi. baxt, daraxt, farzand Cho‘ziq o unlisi mavjud so‘zlar ko‘p uchraydi. bahor, non. -xo‘r, -noma, -do‘z, -namo, -boz, -dor, -mand, no-, -bon, ba-, be-, -bon kabi qo‘shim- chalar bo‘ladi. ijaraxo‘r, aybnoma, zardo‘z, telbanamo, masxaraboz, minnat- dor, kasalmand, noto‘g‘ri, bog‘bon, befarosat, baodob, betakalluf. 23 22 talabalardan biri sinov boshlanishi bilanoq qog‘ozni topshirgan bo‘lsa-da, hammadan yuqori ball olgan edi. Uning qog‘ozida ism va familiya yozilgan bo‘lib, bo‘sh qog‘ozning pastki qismida “Mana shu tavakkalchilik bo‘ladi” degan qayd bor edi. Keyingi imtihonda o‘qituvchi yana shu savolni so‘ragan ekan, boshqa talabalar bo‘sh qog‘oz topshirishibdi. Lekin o‘qituvchi bu safar ularga past ball qo‘yib shunday javob bergan ekan: “Bir xil shartlar ostida ikkinchi marta bir xil tavakkal qilish ahmoqlikdir”. “Abiturient” gazetasidan. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling