Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/104
Sana19.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1709578
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   104
Bog'liq
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4

Raqamlar so‘zlaydi...
O‘zbekistonda 9779 ta umumta’lim muassasasi, 1408 ta kasb-hunar
kollejlari, 143 ta akademik lisey, 64 ta oliy ta’lim muassasasi mavjud.
“Tasvir” gazetasidan
Bugungi kunda mamlakatimizdagi 59 ta universitet va oliy o‘quv
yurtlarida 230 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda. Yurtimizda mavjud
o‘rta maxsus o‘quv maskanlarida esa 1,7 million nafardan ziyod o‘g‘il-
qiz turli kasb-hunar yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qiyapti.
“Xalq so‘zi” gazetasidan
Savollarga javob bering.
1. Siz tahsil olayotgan o‘quv yurti haqida nimalarni bilasiz?
2. Ta’lim olayotgan ixtisosligingiz haqida gapirib bering?
3. Institutda sizga qanday sharoitlar yaratilgan?
4. Institutimiz kelajakda qanday bo‘lishini xohlaysiz?
Topshiriq. Matn bilan tanishing. Juda yaqin kunlarda his qilgan hissiyot-
laringizni so‘zlab berishga harakat qiling.
BIRINCHI KURS TOLIBLARIGA
Sizlarni o‘zingiz istagan, intilgan o‘quv yurti birinchi bosqich tolibi
yoki tolibasi bo‘lganligingiz bilan chin ko‘ngildan tabriklaymiz. Barakalla.
Tasavvur etamiz: test sinovlariga uzoq muddat tayyorlandingiz, keyingi
bir-ikki oyda, ayniqsa, zo‘r berdingiz. Kunni tunga ulab o‘qishlar, maxsus
saboqlar, bahs-munozaralar... nihoyat, sinov kuni ham yetib keldi. Mashqda
UNIVERSITETIM BILAN FAXRLANAMAN
(Leksik qatlamlar)
Reja:
1. Mavzuga oid matnni o‘qish, o‘rganish, tahlil qilish.
2. Leksik qatlamlar, mutaxassislik atamalari haqida nazariy ma’lumot
berish.
3. Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar ustida ishlash.
Topshiriq. Tengdoshingizning tayyorlab kelgan matnida uchragan imlo va
punktatsion xatolarni o‘qituvchingiz yordamida to‘g‘rilang. Tengdoshingiz
ularning to‘g‘ri shaklini alohida yozib olsin. Vaqti-vaqti bilan ularni o‘qib turi-
shini tayinlang. Ularning imlosini o‘zlashtirib olgunicha nazorat qilib boring.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling