31-avgust — Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni (2001-yil).
18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i qabul qilin-
gan kun (1991-yil).
8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan
kun (1992-yil).
10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi qabul
qilingan kun (1992-yil).
MODAL SO‘ZLARNING HISSIY-TASVIRIY XUSUSIYATLARI VA
VAZIFADOSHLIK SHAKLLARI
So‘zlovchining o‘zi tomonidan bildirilgan fikriga munosabatini ifo-
dalaydigan so‘zlar modal so‘zlar sanaladi. Modal so‘zlar gap bo‘lagi vazifa-
sini bajara olmaydi, gap bo‘laklari bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi, bu-
tun bir gapga taalluqli bo‘ladi va kirish bo‘lak vazifasida keladi.
Yozuvda modal so‘zlar vergul bilan ajratiladi. —
Chamamda, nay tayyor
bo‘ldi, — dedi tusmol bilan Alisher.
Aftidan, chamasi, umuman, ehtimol, taxminan, shubhasiz, tabiiy, so‘zsiz,
mazmuni, demak kabi ot, sifat, ravish, fe’l turkumidagi so‘zlar o‘z mustaqil
lug‘aviy ma’nolarini yo‘qotib modal so‘z vazifasida kela oladi. Balki modal
so‘zi esa, aksincha, bog‘lovchi vazifasini bajara oladi.
Modal so‘zlarning ma’no tasnifini quyidagi jadvalda ifodalash mumkin:
Modal so‘zlarlarning
ma’nolari
Misollar
Modal so‘zlar
Tasdiqni bildiruvchi
modal so‘zlar
Albatta, albat, haqiqatan,
darhaqiqat, filhaqiqat, so‘z-
siz, shubhasiz, shaksiz,
muhaqqaq, voqean, tabiiy,
o‘z-o‘zidan, rostdan ham,
darvoqe, aslida.
Taxmin va gumon
Ehtimol, chamasi, chog‘i,
balki, xoyna-xoy, aftidan,
shekilli, shekil, har holda,
har qalay, mazmuni.
Afsus va ajablanish
Attang, afsuski, ajabo, obbo.
Fikrning tartibini
Avvalo, avvalambor, nihoyat.
Topshiriq:
1. Matnni o‘qing, matn mazmunini ochuvchi savollar tuzib, o‘zaro
suhbatlashing.
2. Vatanimiz haqida qanday qo‘shiq, she’r va maqollar bilasiz? Aytib bering.
3. O‘zbekistonda yashovchi millatlar haqida matn yarating.
4. O‘zbekistonning xalqaro aloqalari haqida suhbatlashing.
5. O‘z shahar (tuman)ingizning istiqboli to‘g‘risida matn tuzing.
Bilasizmi?
Yurtboshimiz tashabbusi bilan 1997-yildan boshlab har yilni nomlash
va unga ko‘ra ma’lum dastur doirasida keng ko‘lamli, xayrli ishlarni amalga
oshirish an’anasi tatbiq etildi.
1997-yil — Inson manfaatlari yili.
1998-yil — Oila yili.
1999-yil — Ayollar yili.
2000-yil — Sog‘lom avlod yili.
2001-yil — Ona va bola yili.
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili.
2003-yil — Obod mahalla yili.
2004-yil — Mehr-muruvvat yili.
2005-yil — Sihat-salomatlik yili.
2006-yil — Homiylar va shifokorlar yili.
2007-yil — Ijtimoiy himoya yili.
2008-yil — Yoshlar yili.
2009-yil— Qishloq taraqqiyoti va faravonligi yili.
2010-yil — Barkamol avlod yili.
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili.
2012-yil — Mustahkam oila yili.
2013-yil — Obod turmush yili.
Do'stlaringiz bilan baham: |