Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aforizm o‘rnida
Talabaga eslatma
VA QT NI Q AD RL AN G Soch-soqoli kumushdek oq, qad-qomati xiyol bukchaygan, yerga qarab bir-bir qadam bosib borayotgan choldan xiyobonda sayr qilib yurgan xandon- xushon yigit-qizlar “Nimani qidiryapsiz, otaxon?”, deb so‘raganlarida, nuroniy “Yoshligimni, bolalarim, yoshligimni”, deb javob qaytargan ekan. Ilmi, mehnati orqali katta obro‘-e’tiborga erishgan, o‘nlab kitoblar bit- gan, yuzlab shogirdlar yetishtirgan— olim, murabbiy o‘z talabalariga hazil- mutoiba aralash: “Kaminaga ixlos-u havasingiz bu qadar baland ekan, u holda almashish taklif qilmoqchiman. Mayli, Siz ilm-u a’mollarim, unvon- u nishonlarim, kitob-u shogirdlarim – barini oling-u, evaziga faqat “kichik bir narsa”ni – yoshligingizni bera qoling” deya hazillashishni xush ko‘rarkan. Siz bilgan, ehtimol, hali bilmagan ko‘pgina mashhur olimlar, adiblar, san’atkorlar kuch-g‘ayratga to‘lib toshgan yoshlik yillaridan, ayniqsa, sama- rali foydalangan, dong taratgan asarlarini jo‘shqin yoshlik damlarida yarat- gan, vaqtning qadr-qimmatiga yetgan, havas qilsa, hayratga tushsa arzigulik ko‘p va xo‘b ishlar qilishga ulgurgan, ayni chog‘da behuda o‘tgan kunlari, besamar onlarini afsuslanib eslashgan. Donishmandlar odamzod hayoti vaqtga qarab uzayishi, vaqtning ulug‘ murabbiy, qimmatbaho mulk, baxtga pillapoyaligi, eng og‘ir yo‘qotish — vaqtni yo‘qotish ekanligi haqida qayta- qayta ogoh etgan. Mustaqilligimiz qanchalik noyob ne’mat ekanligini, ezgu orzu-umidlar, sillani quritguvchi uzoq kutishlar, kurashlar, har qanday kamsitish, nafsoniyatga tegish, tahqir va haqorotlar, mislsiz qurbonlar, armonlar evaziga kelgan buyuk ne’mat ekanligini aslo yodingizdan chiqarmang, chiroqlarim. Siz Istiqlolni qo‘lga kiritgan istiqbolli yurtning egalarisiz. O‘zingizni Mustaqillik atalmish salobatli azim binoning tarxini chizuvchi me’morlardan, uning poydevoriga g‘isht quyuvchi mohir ustalardanman, deb biling. Buning Aforizm o‘rnida Talaba tahsilning birinchi bosqichiga professor bo‘lib keladi-yu, beshinchi bosqichga borganda talabalar shohsupasiga ko‘tariladi, degan gapda jon bor. “Tolibnoma”dan Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling