Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova
Qalamdan to‘kilgan satrlar
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaxshi yashash siri
Qalamdan to‘kilgan satrlar
...butun umri mobaynida hech narsaga erisha olmaydigan ikki toifa odamlar bor. Birinchisi — qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni qilmaydigan odamlar. Ikkinchisi — esa qilish kerak bo‘lganidan ortiq hech nima qilmaydigan odamlar. Menga tekis joyda hech qachon qoqilmagan, hech qachon xato qil- magan odamni ko‘rsating va men sizga kelajagi tayinsiz odamni ko‘r- sataman. Muvaffaqiyatsizlik! Nima u? Shunchaki bir kichkina saboq, yaxshilik tomon tashlangan birinchi qadam. Og. Mandinoning “ Yaxshi yashash siri” kitobidan Uyga topshiriq: Nazariy ma’lumotni o‘qib, shahar yoki tumaningizda mustaqillikdan so‘nggi o‘zgarishlarni hikoya qilib yozib keling. 79 78 aloqa qilish uchun ishlatiladi. Shunga ko‘ra, bu uslubda yuridik qonun moddalari, diplomatik murojaatnomalar—notalar, hukumat idoralarining qarorlari, instruksiyalar, buyruqlar, shartnomalar, rasmiy e’lon va xabarlar, yozishmalar va shu kabi hujjatlar yoziladi. Rasmiy yozishma va hujjatlar usulining qo‘llanilish doirasi keng va xilma-xil bo‘lganligidan uning tarkibi ham turlichadir. Ular leksik-frazeologik hamda grammatik vositalarni tanlash va ishlatish jihatidan bir-biridan ozmi- ko‘pmi farq qiladi. Bayon qilingan fikrlarning izchillik bilan uzviy bog‘langan bo‘lishiga alohida e’tibor qilinadi. Idoraviy yozishmalarga oid qog‘ozlar, chunonchi, ma’lumotnoma, tilxat, chaqiriq xati, tushuntirish xati, taklifnomalar qisqa va aniqligi bilan ajralib turadi. Tildagi muayyan nutqiy qoliplar yozishmalarga xos xususiyatlar sanaladi. Harbiy hujjatlar tili ham, asosan, rasmiy uslubning qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Harbiy hujjatlarga tartib belgilovchi qoidalar majmuyi bo‘lmish ustavlar, qurol-aslahalarga oid qo‘llanmalar, buyruq, farmoyishlar kabi hujjatlar kiradi. Maxfiy ma’lumotlar berishda turli xil qisqartmalarning ishlatilishi harbiy hujjatlarning eng muhim belgilaridandir. Harbiy hujjatlar- da bevosita harbiy ishlarda hamda harbiy texnikada ishlatiladigan maxsus terminlar juda ko‘p uchraydi. Rasmiy uslubning boshqa turlaridagi singari harbiy hujjatlarda ham so‘zlar, asosan, o‘zining aniq, to‘g‘ri ma’nosida ishlatiladi. Bundan faqat ko‘pincha urush maydonidagi obyektlarning nomlarini shartli belgi-alomatlar bilan belgilab qo‘yilishigina mustasnodir. Rasmiy-idoraviy hujjatlarda undovlar, tasviriy so‘zlar va erkalash- kichraytirish vositalari ishlatilmaydi. Olmoshga nisbatan ot ustun bo‘ladi. Fe’lning harakat nomi va majhul nisbat shaklidagi turlari keng qo‘llaniladi. Rasmiy uslubda tayyor qolip va ifodalar, ko‘makchili oborotlar, majhul tuzilmalar asosiy o‘rin tutadi. Bu uslub adabiy til maromlariga, rasmiy idoraviy hujjat tuzish an’analariga qat’iy amal qiladi. Rasmiy ish uslubi asos e’tibori bilan idoraviy yozishma va hujjatlarda qo‘llaniladi. Bu uslub materiali nihoyatda xilma-xil. Uning doirasi kengdir. Ariza, tilxat, farmonlar, qo‘shma bayonotlar, firqa va davlatlar orasidagi bitimlar, hisobchilik hujjatlari va huquqiy hujjatlar — mana shu xilma-xil ko‘rinishdagi materiallar rasmiy uslubga mansubdir. Bu uslub mate- riallarining bayonida ham, grammatik qurilishida ham, leksik tarkibida ham bir qancha o‘ziga xos belgilar mavjud. Masalan: ariza hajmi jihatidan ixcham bo‘ladi, chunki arizada maqsad ifoda qilinadi. Tilxat ham shunday. Turli Reklama Kitob — qalb gavhari, ko‘ngil ziynati “YANGI ASR AVLODI Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling