Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova


” H A M K O R L I K K A C H O R L A Y D I


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/104
Sana19.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1709578
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   104
Bog'liq
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4


H A M K O R L I K K A C H O R L A Y D I
Hurmatli kitobxonlar, murabbiy va ustozlar! ”Yangi asr avlodi” nashriyot-
matbaa markazi hayotimizning keng jabhalarini qamrab oluvchi turli-tuman
kitoblarni chop etmoqda. Ular kitobxonning ko‘ngil mulkiga aylanadi,
tafakkur dunyosini boyitib, aqlini charxlaydi. E’tiboringizga nashriyotda
chop etilgan va shu kunlarda nashr qilinadigan turli mavzudagi kitoblarni
havola etamiz.
Nashriyotimiz barcha o‘quv muassasalari — maktablarni, kollej va
akademik litseylarni, oliy o‘quv yurtlarini, kutubxonalarni o‘zaro hamkorlikka
taklif etadi. Ushbu korxona va muassasalar hamda savdo shaxobchalari
respublikamiz miqyosida tarqatilayotgan kitoblarimizni bizdan eng arzon
narxlarda xarid qilishlari mumkin.
“Yangi asr avlodi” nashriyot-matbaa markazi tomonidan chop etilgan
kitoblar haqida to‘liq ma’lumotni WWW. ibook. uz web-saytimiz orqali
ham bilib olishingiz mumkin! Murojaat uchun manzil: 100113, Toshkent
Chilonzor-8, Qatortol ko‘chasi, 60. Telefon: +(99871)273-56-45 e-mail:
yangiasr @ibook.uz yangiasravlodi@mail.ru
“Ma’rifat” gazetasidan
RASMIY-IDORAVIY HUJJATLARNING TIL XUSUSIYATLARI
Rasmiy uslub asosan huquqiy-ma’muriy munosabatlar sohasi uchun
xizmat qiladi. U idoralar, kishilar, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartib-
ga soladi. Farmon berish, da’vat etish va majburiylik ohangi kuchli bo‘ladi.
Rasmiy-idoraviy hujjatlarning tayyor andozalari ishlab chiqilgan bo‘ladi.
Mazmuni aniq va ayon bo‘lib, yozma nutq shakliga amal qilinadi. Ortiqcha
izoh va takrorlar bo‘lmaydi. Tasviriylik va majoziylikdan mahrum bo‘ladi.
Bu uslubda xolis baholash, qat’iy undash, buyurish ohangi ustuvor bo‘ladi.
Rasmiy yozishma va hujjatlar uslubi iqtisodiy, yuridik va diplomatik
munosabatlarda, davlat idoralari, sudlar, savdoga doir o‘zaro muomalalarda


81
80
Rasmiy ish qog‘ozlari turli-tuman bo‘lganligi tufayli har birining o‘ziga
xos tuzilishi, xususiyatlari ham bor. Biroq ulardagi asosiy holatlar mushtarak
ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. Shunday qilib, rasmiy uslub bir tomondan,
insonlar o‘rtasidagi rasmiy munosabatlarni ifodalasa, ikkinchi tomondan,
tashkilotlar, idoralar orasidagi, ular xizmatchilari orasidagi munosabatlarni
ifodalaydi. Rasmiy nutq ana shu munosabatlarni ifodalash maqsadida, shu
asosda shakllanadi va turlicha ko‘rinishlarga ega bo‘ladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, rasmiy uslub ijtimoiy, huquqiy
munosabatlar, davlat va davlatlararo rasmiy siyosiy-iqtisodiy, madaniy
aloqalar uchun xizmat qiladi. Davlat qonunlari, farmonlar, bayonotlar,
shartnomalar, idora hujjatlari, e’lonlar va rasmiy yozishmalar rasmiy uslubda
yoziladi. Rasmiy uslub hujjat matnining darak xarakterida bo‘lishini,
so‘zlarning bir ma’noda ishlatilishini, badiiy-tasviriy vositalarning
bo‘lmasligini, fe’lning majhullik va buyruq-istak shakllarining, qo‘shma
gap turlarining keng qo‘llanishini talab qiladi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling