XIZMAT KO‘RSATISH MADANIYATI
Reja:
1. “Ijrochi-buyurtmachi” rolli o‘yinning ssenariysini yozish.
2. Maishiy xizmatning biror turiga munosabat bildirib rasmiy-idoraviy
uslubda tashakkurnoma yoki shikoyat (taklif) yozish.
KITOBXONLARGA YANGILIK
— Muhtarama Ulug‘ovaning “Muhabbat saroyida mangu qolganlar”
kitobini manzilingizga eltib berishimiz mumkin.
— Juda zo‘r-ku!
— Buning uchun avval kitobga quyidagi telefon raqamlari
(+99897)4320366
(+99897)4320377
(+99897)4320388
yoki Nihol.uz sayti orqali buyurtma bering.
— Narxi-chi?
— Arzonroq! Kitob bozor emas, nashriyot bahosi!
— To‘lovi-chi!
Buyurtmaga ko‘ra to‘lovni
paynetning istalgan shahobchasida “Nihol
Surpriz” xizmati orqali amalga oshirishingiz kifoya.
“
Ma’rifat” gazetasidan
SAVDO RASTASIDA
— Yangi ko‘ylaklarni ko‘rsam bo‘ladimi? Men mahalliy mahsulotlar-
dan olmoqchiman.
— Marhamat, ko‘ring. “Kosontekstil” qo‘shma korxonasida tikilgan.
— Ayting-chi, qancha turadi?
— Qirq ming so‘m. Ma’qul bo‘lsa, pulini kassaga to‘lang.
— Plastik kartochkamdan to‘lasam bo‘ladimi?
— Albatta.
— Marhamat kartochkamni oling.
— Rahmat.
— Do‘konimizga yana kelib turing.
Ishonchnoma 2012-yil 19-maygacha amal qiladi.
Maktab direktori: (imzo) H. Qosimov (muhr)
Shaxsiy ishonchnoma namunasi
Men tabiatshunoslik fakultetining 1-kurs talabasi Dildora Sharipova
kursimiz talabasi Sayyora Rajabovaga (KA seriyadagi 586520 raqamli
pasportga ega) universitet kassasidan menga tegishli 2013-yil iyun oyi
stipendiyasini olish uchun ishonch bildiraman.
2013-yil 28-iyin. (imzo) D. Sharipova.
D. Sharipovaning imzosini
tasdiqlayman.
Tabiatshunoslik fakulteti dekani: (imzo)
— — — —
2013-yil 30-iyun.
TUSHUNTIRISH XATI
Xizmat sohasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning ayrim jihatlarini
yozma izohlovchi va muassasa (bo‘lim) rahbariga (ichki) yoki yuqori
tashkilotga (tashqi) yo‘llanuvchi hujjatdir.
Nukus DPI Filologiya fakultetining dekan
o‘rinbosari S.Atiyazovga 1-kurs talabasi
Ahmadjon Qodirovning
Do'stlaringiz bilan baham: |