87
86
US TOZ MA KTA BI
(
Frazeologik birliklarning turlari va uslubiy xususiyatlari)
Reja:
1. Mavzuga oid matnni o‘qish, o‘rganish, tahlil qilish.
2. Frazeologik birliklarning turlari va uslubiy xususiyatlari haqida
ma’lumot berish.
3. Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar ustida ishlash.
“USTOZ OTANGDAN ULUG‘”MI?
Xalqimizda “Ustoz otangdan ulug‘”, “Ustoz otangday ulug‘” degan gaplar
yuradi. Ularning qaysi biri to‘g‘ri ekan deb o‘ylab qolaman. Ota — muqaddas
inson. U bizni dunyoga keltiradi, ulg‘aytiradi, yediradi, kiydiradi, oq-qorani
tanitadi. Hayotning achchiq-chuchugiga tayyor turishimizni uqtiradi. Lekin
uning farzandiga mehri bo‘lakcha. Ana shu buyuk mehr tufayli goho
farzandlar hayotda tantiq, erka, o‘jar bo‘lib o‘sishlari mumkin. Ustoz esa
bizning katta-kichik yutuqlarimiz bilan birga jindek kamchiliklarimizni ham
sezib, bizni ogohlantiradi. Aytadilar-ku, “Otaning mehridan ustozning qahri
yaxshi” deb. Shuning uchun men ustoz otangdan ulug‘ degim keladi.
Topshiriq.
1.
Matndan foydalanib birinchi o‘qituvchingiz haqida hikoya tuzing.
2. Ta’rif va tavsifga oid matnlarni o‘qib, savol-javoblarda ishtirok eting.
3.Tengdosh va do‘stlaringizni ta’riflang va ularga tavsif bering.
4. Atrofdagilarning xislatlari haqida o‘z-fikr va mulohazalaringizni yozma
bayon qiling.
USTOZ VA SHOGIRD
(hikoyat)
— Polvonlikning qirq sir-hunarin
Mana, o‘g‘lim, o‘rgatdim senga.
Endi borgil, hech qanday polvon
Tusha olmas sening oldingga!
Shogird ketdi elni oralab,
Oylar, yillar soy kabi oqdi.
Bir kun ustoz eshigin tirab
Kimdir tarang musht bilan qoqdi.
... Ostonada sersavlat shogird
Turar mag‘rur uyub qovog‘in.
Do'stlaringiz bilan baham: