Mavzu: Mehnat tarbiyasida xalq og‗zaki ijodining o ‗rni


Download 326.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana15.06.2023
Hajmi326.98 Kb.
#1482663
  1   2
Bog'liq
10-mavzu



63
Mavzu: Mehnat tarbiyasida xalq og‗zaki ijodining o ‗rni
Mehr-oqibat, komil inson shakllantirishda mehnat tarbiyasining o„rni juda
kattadir.
Mehnat inson hayoti uchun, uning faravon turmush kechirishi uchun
hamisha asos bo„lib kelgan va shunday bo„lib qoladi.
Mehnat faravon va baxtli hayot kechirishning eng asosiy sharti bo„lganligi
sababli hamma fidokorlar uchun majburiydir.
Mehnat odamlarning biror maqsad uchun sarflanadigan vaqti, aqliy va
jismoniy kuchi yoki jasur faoliyatidir.
Mehnat inson hayotining mazmun qiladi va boyitadi. Odamlar mehnat
qilish jarayonida sog„liqlarini mustahkamlaydilar, o„z kelajaklarini yaratadilar.
O„zbek xalqining og„zaki ijodi ma‟naviy madaniyat shakllarini va
rivojlanishi qonunlar asosida shakllanib xalqning tarixiy, ijtimoiy va sinfiy
munosabatlari, milliy psixologiya va xarakteri o„ziga xosligi bilan, boshqa
mamlakatlar bilan madaniy avlodlari bilan belgilangan o„zining xususiyatlariga
ega. Shuning uchun o„zbek xalq og„zaki ijodida samimiyatni tarixiy
rivojlanishini, undagi sinfiy va ijtimoiy munosabatlarini to„g„ri ochib berishga,
dunyo qarashni rivojlantirish darajasini bilishga ko„maklashadigan holatlar bilan


64 
bir qatorda ilg„or g„oyalarni yosh avlodni an‟analarida tarbiyalashda foydalanish 
uchun katta imkoniyatlar mavjud. Quyida o„quvchilarni ustoz-shogird asosida 
kasb-hunar egallashiga oid suhbatni misol qilib keltiramiz. 
Mavzu: «USTOZ OTANGDEK ULUG‘» suhbat
 
Maqsad (Ta‟limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi): Ustoz otangdan ulug„ 
iborasiga izoh berish. Usta, ustoz, shogird tushunchasiga izoh. Bolalarga usta-
shogird an‟analari haqida qisqacha tushuncha berish va shu mazmundagi 
rivoyatni o„qib berish. 
Dars borishi: O„qituvchi: bugun bolalar biz siz bilan ustoz, shogird odobi 
haqida so„zlashamiz. Xalqimizda «Ustoz otangdek ulug„» degan hikmat bor. Bu 
hikmatda olam-olam ma‟no bor. 
Otamiz bizni voyaga yetkazadi, ustoz esa sizning o„nib- o„sib kamolatga 
yetishingiz uchun, ilm ma‟rifatli bo„lishga ko„maklashadi. Ustoz o„z umrini, aql-
idrokini, tajribasini va bilganlarini shogirdlariga beradi. Shogirdining yutug„idan 
quvonadi, muvaffaqiyatsizlikka uchrasa g„am-anduh chekadi.
Xalqimizning ustozni ulug„lashida hikmat ko„p. Axir kishi ota-onasi 
sababli dunyoga kelsa, ustoz ta‟limi tufayli oyoqqa turadi, katta hayotga qadam 
tashlaydi. Ustoz bebaho, ulug„, g„amxo„r, mehribon inson. Shuni qayd qilish 
kerakki ustozlar ko„pni ko„rib, ko„pni bilgan, bilimda, mehnatda, aql-zakovatda el 
orasida tanilgan, o„z tajribasi, bilimini boshqalarga, xususan yoshlarga bergan 
kishilardir. Ular barcha davrlarda ham o„zgacha e‟zozlangan. Ular so„zining 
ta‟siri juda kuchli bulgan. Ayrim vaziyatlarda, yoshlar ham ustozlariga chuqur 
hurmat va ehtirom bilan qarab, ularga o„z ota-onalari qatori izzat-ikrom qilganlar. 
Xalq og„zaki ijodida ustoz shogirdlik munosabatlari, ularning hunar bobida 
bellashuvlari, o„z ustozidan o„tib ketgan shogirdlar mahoratini tasvirlovchi «Sirli 
gilam», «Baxil usta», «Ustozdan o„tgan shogird», «Ustozimning nabirasi», 
«Ustoz va shogird». «Ustoz ishini shogird davom ettirar» kabi afsona, rivoyatlar 
bag„oyat qiziqarlidir. Ko„ramizki, el orasida ustozlarga hurmat cheksiz bo„lib, 
bunta ular o„zlarining bilimdonliklari, bag„rikengliklari, donoliklari, saxovatlari 
tufayli erishadilar. Ustozlar hurmatini joyiga qo„yish, ular ishonchini oqlab


65 
umrbod munosib izdosh bo„lib qolish har bir shogirdning muqaddas burchidir. 
Shogirdlarning ham o„z odoblari bor. Eng avvalo ulug„ ustozlarga shogird bo„lish 
ular uchun katta baxt. Lekin shogird ustozi oldida shogirdlik odobini saqlashi 
kerak. Bular: 
- shogird ustoz oldida o„zini kamtar tutishi; 
-ustozning barcha topshiriqlarini a‟lo darajada bajarishi; 
-ustozning gaplarini diqqat bilan tinglashi. Tushunmay qolganda uzr 
so„rab, tushuntirib berishlarini iltimos qilishi; 
-ustozni hamisha mamnun qilish uchun vazifalarni sifatli va o„z vaqtida 
bajarishi; 
-hech qachon yolg„on gapirmasligi, ustozning ko„nglini ranjitmasligi kerak. 
Men hozir sizlarga «Ustozdan o„tmagan shogird - shogird emas» masalini 
o„qib beraman. 
Bir zamonlarda tovuq tovusni o„ziga shogird qilib olibdi-da, unga rasm 
chizishni o„rgatibdi. Vaqti-soati kelib, endi o„zing rasm chizadigan bo„lib 
qolding, deya tovusni «uchirma» qilmoqchi bo„libdi tovuq. Oradan bir oz vaqt 
o„tgach, tovuq shogirdini sinab ko„rmoqchi bo„lib, uyiga mehmonga chaqiribdi. 
Tovuqning oziq-ovqatlarni xuddi terib qo„ygandek yerga rasm solib qo„yganini 
ko„rgan shogird, qanchalik oling demasin, qornim to„q, deb turaveribdi. Ketish 
oldidan: «Biznikida mehmon bo„lsangiz ustoz!» - debdi. «Sezib qolibdi, demak 
yetilibdi» - deb tovuq ham xursand bo„libdi ich-ichidan. Ertasiga tovuq 
tovusnikiga kelib, eshik oldida turgan tulkivoyni ko„rib, iziga qaytib keta 
boshlabdi. 
Tovus: «Ustoz, axir bu devorga chizilgan rasm-ku», - deya ustozni bazo„r 
yo„ldan qaytargan ekan. 
- Balli, ustozingdan o„zibsan, men xursandman, - debdi. Tovuq kerilib, dam 
shodligidan qah-qah uribdi. Qissadan hissa shuki «Ustozdan o„tmagan shogird-
shogird emas». O„qituvchi o„quvchilar bilan masal mazmuni bo„yicha savol-
javob qilib darsni yakunlaydi. 


66 
Buyuk xalqimiz, otalar va bobolarning o„zaro bir- biriga hurmatini 
qadrlaydi. Shuning uchun ham xalq og„zaki ijodining barcha asoslarini pedagogik 
bo„lib, bolalarni kattalarga xususan ota-onalarga hurmatda tarbiyalash, ularda 
yuksak axloqiy sifatlarni shakllantirish fikri xizmat qiladi. Maqol va matallarda
mehnatkash xalqi o„ylari, axloqiy normalari va mehnat muammolari aks etgan. 
Avloddan avlodga o„tib ular aniqlanib, qo„shilib asta sekin qisqa, ammo o„tkir va 
aqlli qoidalarga aylangan.
Xalq maqollarida yoshlarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash bilan kasb-
hunar egallashga da‟vat ham asosiy o„rinni egallaydi. “Hunar o„rgatish uchun 
ham hunar kerak, hunar yoshdan, -aql boshdan, kasbi yaxshining asabi yaxshi. 
Qunt bilan o„rgan hunar, hunardan rizqing unar. Yigit kishi er bo„lur, mehnat 
qilsa sher bo„lur” kabi mazmunli maqolllardan xalqimiz bolalarni tarbiyalash 
vositasi sifatida foydalanadilar. Mehnatkash xalq ijod qilgan maqollar mehnatni, 
o„zaro yordam va hamjihatlikni ulug„laydi. 
“Daryo suvini bahor toshirar, 
Odam qadrini mehnat oshirar”. 
“Oltin o„tda bilinar, 
Odam - mehnatda”. 
“Qunt bilan o„rgan hunar, 
Hunardan rizqing unar. 
Hunari yo„q kishining 
Mazasi yo„q ishining. 
Faqat yaxshi mehnat qilib, inson maqsadga erishishni va baxtli bo„lish 
mumkin. 
Bu fikrni xalq bolalarga ibtidoiy jamoada, so„ng feodal va boshqa 
davrlarda ham singdirgan. 


67 
Ey farzand, agar oqil va dono bo„lay desang, hunarmandlik kasbini tanlab, 
hunarmandlik kasbidan izzat va hurmatga yetishasan, agar xunarmandlik - 
kasbidan bebaxra bo„lsang, qup-quruq, soyasiz daraxtga o„xshab qolasan. Agar 
aql va donishing bo„la turib, kasb-hunarsiz bo„lsang, donishing surat va xaybatsiz 
bir badan yoki mevasiz daraxt kabidir. 
Ey farzand, o„z nasibangga, ota-bobongning martabasiga, mansabiga 
g„ururlanib ilmu hunar, kasbni o„rganishdan zinhor or-u - nomus qilma, ota-ona 
mansabiga mag„rur bo„lib, mehnatdan qochish, ilm-u hunar o„rganmay qolish 
johil va nodon kishilar ishidir. Oqil va donolar mehnatdan qochmaydilar , ilm-u 
hunar o„rganadilar. Shuni yaxshi bil, oliy mansablik bo„lsangu aql, donishing, 
hunaring kasbing bo„lmasa, undan senga nima foyda? 
Qadim zamonda bir podshoh bor edi. Bir usta zargarga : «Mening 
barmog„imga loyiq qimmatbaxo uzuk yasab keltir», deb buyurdi. Usta zargarga 
la‟l va yoqutdan bir pokiza, qimmatbaho uzuk yasab keltirdi. Podshoh uzukning 
qoshini teskari qilib barmog„iga taqdi. Achchig„lanib ustaga bir necha qamchi 
urdirdi. 
- Mening nima aybim bor, nega qamchilatdingiz? - dedi usta bechora 
yig„lab. 
- Sen uzukni yanglish yasabsan. Shuning uchun jazo berdim. 
- Bu ishda mening aybim yo„q, ayb o„zingizda, uzukni barmog„ingizga 
teskari soldingiz. 
Podshoh uzukni barmog„iga to„g„rilab taqdida, senga bekorga jazo bergan 
ekanman, rozi bo„l, deb ustaga in‟om-ehson qildi. Turmushda ba‟zan ana shunday 
«dono» kishilar ham uchrab turadi. 
Ey farzand, aqlli, farosatli va ilmu hunarli-kasbli kishilar bilan do„st bo„l, 
hunarsiz kishida xosiyat bo„lmaydi. Mehnatdan, kasb-hunar o„rganishdan 
uzoqlashma. 


68 

Download 326.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling