Mavzu: Mehnat tarbiyasida xalq og‗zaki ijodining o ‗rni
Mehnat yediradi, hunar kiydiradi
Download 326.98 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq10-mavzu
Mehnat yediradi, hunar kiydiradi
Qadim zamonlarda bir kishining uchta o„g„li bor ekan. Vaqti-soati kelib, otaning qazosi yaqinlashgach, bolalarini yoniga chaqirib, shunday dedi: Bolalarim, sizlarga qoldiradigan mol- mulkim, tilla- kumushlarim yo„q. Faqat ikki og„iz so„zim bor. Shunga amal qilsangizlar, kamlik tortmay, yaxshi yeb, yaxshi kiyib yurasizlar, debdi. «Uyquni shirin qilib uxlanglar, ovqatni shirin qilib yenglar», - debdi-da omonatini topshiribdi. Bu gapni katta va o„rtancha o„g„il bir xil tushunishibdi, kenja o„g„li esa boshqa narsani o„qibdi. Katta o„g„il hovlisiga suv septirib, daraxt tagidagi supaga qalin joyni to„shab, vaqti-vaqti bilan yonboshlab, otam aytganidek «Uyquni shirin qilish kerak», deb, ustma-ust ovqatlar qildirib, «Otam aytganidek, ovqatni shirin qilib yeyish shu-da», deya turli xil taomlar tanovvul qilib yuraveribdi. O„rtancha o„g„il ham akam otamning aytganini o„rniga qo„ydi, men ham shunday qilaman, -deb u ham «Ovqatni shirin qilib, uyquni shirin qilib» yashayveribdi. U yoqqa ag„anab, bu yoqqa ag„anab, yeb, ichib, yegan ovqatining ham, uxlagan uyqusining ham mazasini bilmay yuraveribdi. Bora-bora aka-ukaning yeyishga ovqati-yu, kiyishga kiyimi, yotishga ko„rpasi qolmay, nochor ahvolga tushib qolishibdi. Kenja o„g„il temirchilik hunarini o„rganibdi. U ishlab, horib-charchab, kelganda yegan qattiq noni-yu, ichgan suvi borgansari shirin ta‟tiyveribdi, ustiga - ustak davlati ziyoda bo„lib, ketaveribdi. «Mehnat yediradi, hunar kiydiradi» degani shu bo„lsa kerak. Bugungi kunda xalq og„zaki ijodiga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash yordamida, o„quvchilarda kasb egalariga mehr-muhabbat bilan qarash, ularni hurmat qilish, insonning moddiy farovonligini yuksaltirish va kishilarda yuksak ma‟naviy fazilatlarni rivojlantirishga g„amxo„rlik qilish haqidagi bilim, ko„nikma va malakalarini shakllantirish kasb tanlashning asosiy negizini tashkil etadi. Hozirgi davr talabi o„quvchilarni hayotga har tomonlama tayyor qilib borishdir. Buning uchun birinchi navbatda, yuksak darajada bilimga ega bo„lishi, ikkinchi navbatda, g„oyaviy-siyosiy jihatdan savodxon bo„lishi, uchinchi navbatda esa, Vatanga muhabbat tuyg„usini shakllantirish, ma‟rifatli, madaniyatli kasb egasi bo„lib yetishishlarini ta‟minlash, yoshlarni aqlan-jismonan sog„lom bo„lishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy muhit yaratish hamda ta‟lim-tarbiyaning samarali tizimlarini yaratishni talab etiladi. Download 326.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling