Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/104
Sana19.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1709578
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   104
Bog'liq
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4

NAZORAT ISHI
TIL — TO‘LQINLARI MAVJ URGAN DARYO
Til tabiatan tanho bir kuchki, u cho‘g‘ olovni muzga, muzni esa olovga
aylantira oladi. Til — sehrgar, sehrlovchi vosita. O‘zbek tilini qunt bilan
o‘rgangan kishilargina uning serviqor qudratini bilib oladilar. Har bir
xalqning tili o‘ziga aziz. Shoirlar, faylasuflarning til haqidagi ta‘rif-u
tavsiflaridan ko‘ngillarga nur yuguradi, uning mag‘ziga yetishga intilsangiz
hayot yanada ma’noli, maqsadli, go‘zal va shirin bolib qoladi. Kimdir uni
onaga o‘xshatsa boshqa birov vatan qadar ulug‘ biladi. Dunyoga kelgan
chaqaloq ham ona allasini o‘zbek tilida eshitadi. Men esa shu o‘rinda atoqli
shoirimiz Omon Matjoning bir rivoyat asosida yozilgan “Alla” nomli
mo‘jazgina asarini eslagim keladi.
Qadim zamonlarda Xorazm tomonlarda bo‘yi yetgan qiz Roziya o‘zga
yurtdan kelgan yugitga ko‘ngil qo‘yibdi. Ota-ona bu yo‘ldan qaytarishga
qancha urinmasin, qiz ahdida qat‘iy turibdi. Noilojlikdan Roziya uzoq yurtga
uzatilibdi. Biroq ona nuridiydasiga iltijo qilibdi: baxtli bo‘1, yakka-yu yagona
o‘tinchim shuki, farzandlaringga hech qachon alla aytma, aytsang, butun
umr norozi ketaman. Roziya o‘g‘il ko‘ribdi. Onasining aytganiga amal qi-
libdi. Afsuski, ko‘p o‘tmay o‘g‘lini tuproqqa topshiribdi. Taqdir unga yana
o‘g‘il ato qilibdi. Sho‘rlik kelinchak ona ilinjini unutolmabdi. Afsus bu
farzandni ham tuproqqa topshiribdi. Manglayiga yana o‘g‘il bitibdi. Vodarig‘,
u ham kundan-kunga sarg‘ayib, umidlariga tahlika tushibdi. Shunda Roziya
onasiga bergan va’dasidan voz kechib, ichiga to‘lib-toshib ketgan dardlarini
qo‘shiqqa solib, jigargo‘shasiga alla kuylabdi. O‘g‘li sekin-asta kuchga kirib,
ko‘p o‘tmay batamom sog‘ayib ketibdi. Biroq endi Roziyaning o‘zi alla
aytgani sayin olisda qolgan Vatanini, ota-onalari, yaqinlarini yonib-kuyib
sog‘inadigan, sog‘inchlarda o‘rtanadigan bo‘lib qolibdi. Sho‘rlik volidayi
mukarramasini yanada chuqurroq tushunibdi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi qonunining qabul
qilinishi hech mubolag‘asiz o‘zbek xalqi taqdiridagi hodisadir. Bu qonun
o‘zbek xalqi, millati umrini uzaytiradigan, tarixiy taqdirini mustahkamlashda
xizmat qiladigan qaror bo‘ldi.
Dunyoning 20 dan orliq rivojlangan mamlakatlarida o‘zbek tilining
o‘qitilishi yetakchi oliy o‘quv yurtlari o‘quv dasturiga kiritilganligi, tarixiy


97
96

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling