Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlar
Pingvinlar uchadi(mi)?
Ma’lumki, pingvinlar uchmaydigan qushlar sirasiga kiradi. Lekin olimlarning kuzatishicha, ular zarur hollarda havoga ko‘tarilishi mumkin ekan. Shu yo‘l bilan suv jonzotlari turli dushmanlari, masalan, tulen va kasatkalardan o‘zini himoya qiladi. Qolaversa, bu usul bilan ular suvdan sohilga osonlik bilan chiqib olishar ekan, deb yozadi “Komulenta” manbasi. Shu paytgacha pingvinlarning havoga ko‘tarilishi mexanizmi yaxshi o‘rganilmagan edi. Unga irlandiyalik olimlar jonzotlarni uzoq vaqt kuzatish orqali izoh topishdi. Aniqlanishicha, pingvinlar havoga sakrashdan oldin qanotlari yordamida suvda ko‘proq miqdorda havo pufakchalarini hosil qiladi. Natijada havo qarshiligini yengib o‘tib, tezkor harakatlanish imkoniga ega bo‘ladi. Bunda havo pufakchalari pingvin atrofida o‘ziga xos qatlam hosil qilib, suv ustida taxminan soatiga 19 kilometr tezlikda harakatlanishiga turtki bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, eng katta Qirol pingvinlari 20-50 santimetr, Adeli turdagilari esa 2-3 metr balandlikka sakrashi mumkin ekan. “Ma’rifat” gazetasidan Topshiriqlar: 1. Dunyo mo‘jizalari haqidagi ilmiy-ommabop matnlarni o‘qib, savollar asosida mazmunini so‘zlab bering. 2. Bilgan kashfiyotlaringiz haqida so‘zlab bering. 99 98 6. O‘zi qator joylangan, Bir-biriga boylangan. Bir-birini kuzatar, Behisob nur uzatar. 7. O‘zi turar o‘rnida, Qo‘li ketgan har yoqqa. 8. Kechasi oftobdek, Kunduzi koptokdek. 9. Uyga osdik bitta nok, Yop-yorug‘ bo‘ldi har yoq. 10. Uyimizga in qo‘ygan, Tilla qush-u, tilla qush. Kech kirganda yashnasang, Odamlarning ko‘ngli xush. 11. Tagida taglik, Boshida qalpoq, Qalpoq tagidan Mo‘ralab chiqar. 12. O‘chog‘i bor, mo‘risi yo‘q, Cho‘g‘i bor-u kuyasi yo‘q. 13. Tashqari yoz, dim-olov, Uychamizda muz, qirov. 14. Bir ajoyib ishxona, ichi doim qishxona. 15. Tinmas bitta, Tinglar mingta. 16. Katta quti, ko‘zi bor, Ko‘p tomosha, so‘zi bor. 17. Radio desam, radio emas, Kino desam, kino emas. Eshitasan so‘zini Ham ko‘rasan o‘zini. 18. Jonsiz, tinglaydi, Qo‘lsiz, yozadi, Tilsiz, so‘zlaydi. 19. Bir tuyam bor, guldiroq, Hamma yeri yaltiroq. 20. Dengizda kema suzar, Ketma-ket oltin uzar. 21. O‘radi, o‘rog‘i yo‘q, analitik yoki kombinatsion, yaxshi havo birikmasidagi so‘zlar pozitsion, bu yigit (Bu — yigit. Gap) qo‘shilmasidagi so‘zlar intonatsion usullar yordamida o‘zaro sintaktik aloqaga kirishgan. Anglashiladiki, so‘zlar o‘rtasidagi sintaktik munosabatlar so‘z forma- lari, yordamchi so‘zlar, so‘z tartibi, intonatsiya kabi vositalar orqali ifodalanadi. Tobelanishda uch xil sintaktik aloqa mavjud. Boshqaruv, moslashuv, bitishuv aloqalari. 1. Boshqaruv. Bosh so‘zning talabi bilan ergash so‘zning ma’lum grammatik vositani olishi boshqaruv deyiladi. Boshqaruvda tobe so‘z oldin, bosh so‘z keyin qo‘llaniladi. Masalan: uyga ketish, shaharda yashash, sayr haqida suhbat, sayohat to‘g‘risida gapirish. 2. Moslashuv. Bosh so‘z bilan ergash so‘zning shaxs-sonda moslashuvidir. Bunda bosh va ergash so‘z qaratqich kelishigi hamda egalik qo‘shimchasi yordamida birikadi. Masalan: qalbim mening, do‘stimning yuragi, ukamning kitobi, maktab hovlisi. Nutqimizda uchraydigan a’zoyi badan, oynayi jahon kabi fors-tojik tilidan kirgan birikmalar bir so‘z sifatida qo‘llanilaveradi. 3. Bitishuv. Ergash so‘zning bosh so‘z bilan grammatik vositasiz, faqat ma’no jihatdan yoki so‘z tartibida birikishi bitishuv deyiladi. Bitishuvda doimo ergash so‘z avval, bosh so‘z keyin keladi: tiniq suv, katta ko‘cha, qizil gul, tez yurmoq va hakozo. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling