Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova
Topshiriq: Matnni o‘qing va o‘zingizni qiziqtirgan hayvonlar haqida kichik hikoya tuzing. GRAMMATIK MA’NONI HOSIL QILUVCHI VOSITALAR
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriq
Topshiriq: Matnni o‘qing va o‘zingizni qiziqtirgan hayvonlar haqida
kichik hikoya tuzing. GRAMMATIK MA’NONI HOSIL QILUVCHI VOSITALAR So‘zning leksik ma’nosi uning predmet, belgi kabilar haqidagi tushunchani reallashtirishi nimani anglatishidir. So‘z, o‘z leksik ma’no- sidan tashqari, grammatik ma’noga ham ega bo‘ladi. Grammatik ma’no ifodalashning quyidagi yo‘llari bor: 1. Sintetik yo‘l. Affikslar qo‘shish orqali: a) so‘z o‘zgartiruvchi affiks orqali: dalaga ketdi, daladan qaytdi; forma yasovchi affiks orqali: kattaroq, sarg‘ish kabi. 2. Analitik yo‘l. Yordamchi so‘zlar orqali: borayotgan edim, bola uchun, bola bilan kabi. O‘zbek tilidagi ko‘makchi fe’llarning bir qismi o‘z musta- qillik holatidagi ma’nosi va grammatik xususiyatlarini butunlay yo‘qotib, so‘z formasini ko‘rsatish vazifasini bajarish holatiga o‘tgan. Bular ham so‘zning analitik formasini hosil qiladi. O‘qib chiqdi, gapira ketdi. 3. Aralash yo‘l. Bunda affiks va formal so‘z ishtirok etadi. Parkka qadar, men boraman. Grammatik ma’no so‘z tartibi va reduplikatsiya (takror), unlilarning uzayishi kabi vositalar yordami bilan ham ifodalanadi. Eslatma: So‘zning ayrim forma olmagan ko‘rinishlari mavjud. Bular bosh kelishikdagi, birlikdagi ot, fe’lning bo‘lishli shakli kabilar. Topshiriq: Matnni o‘qib, tarkibidagi grammatik ma’no hosil qiluvchi vositalarni aniqlang. NON HIDI Dunyoda non hididan xushboy, qadrliroq va ohanrabo hid bo‘lmasa kerak. Yer yuzida hayot paydo bo‘lgan kundan boshlaboq jamiki jonzotlar o‘zlari uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat axtarishgan. Odam esa bug‘doyni tanlagan va o‘z ongi, mehnati, tafakkuri bilan uni o‘zgartirib, hosildorligini, mazasini, to‘yimliligini oshirgan... Bug‘doyning non sifatida shakl- langanligiga 2000 ming yil bo‘lgan. qiynalib qor kurayotganini ko‘rgan ayol hozirgi qor tozalaydigan uskunaning dastlabki ko‘rinishini yasagan. Avtomobil glushitelini esa 1917-yilda El Dolres Jons ismli ayol o‘ylab topgan. Ana shu akustik filtrning ixtiro qilinishidan so‘ng avtomobillardan chiqadigan shovqin keskin pasaygan. Zirhnimchani esa 1965-yilda Stefaniya Kvolek ismli doktor ayol ixtiro qilgan. U po‘latdan ham besh barobar pishiqroq bo‘lgan kevlar sintetik matosini yaratgan. Uning ixtirosi minglab politsiyachi, o‘t o‘chiruvchi va harbiylarning hayotini saqlab qolgan. Hozirda esa unga asoslanib, zamonaviy o‘qo‘tmas zirhnimchalar ishlab chiqariladi. Suvosti kemasi periskopini ham ayol kishi ixtiro qilgan. 1845-yilda Sara Meter o‘zi yaratgan asbob – kuzatiladigan obyektgacha bo‘lgan masofani o‘lchaydigan qurilmaga patent olgan. Aylana arra (sirkulyar arra) ning prototipini 1810-yilda Tabita Bebbit ismli ayol ixtiro qilgan. Uzoq vaqt ikki erkakning arra tortishini kuzatgan xonim: “Og‘irlik ikkoviga birday tushgani bilan arra faqat bir tomonga tortilganda yog‘ochni kesadi, ortiga qaytganda kesmaydi. Bu vaqtni yo‘qotadi”, degan fikrga keladi, xullas, uning ixtirosidan bugungi kunda yog‘och tilish sanoatida keng foydalaniladi. Ilk avtomobil oynatozalagichini esa 1903-yilda Meri Anderson ismli ayol ixtiro qilgan. Qattiq bo‘ronda mashinada ketayotgan ayol haydovchining dam-badam mashinani to‘xtatib, oynasini qordan tozalashini ko‘rib, unda oyna tozalaydigan moslamani yaratish fikri tug‘ilgan. “Oila davrasida” gazetasidan O‘tgan darsdagi topishmoqlarning javoblari: 1 — yer sun’iy yo‘ldoshi. 2-3 — raketa. 4-5 — elektr toki. 6-7 — elektr stolbasi, tok. 8-9-10 — lampochka. 11 — stol lampasi. 12 — dazmol. 13- 14 — xolodilnik. 15 — radio. 16-17 — televizor. 18 — magnitofon. 19 — traktor. 20 — paxta terish mashinasi. 21 — kombayn. 22-23-24-25 — samolyot. 26 — kosmik kema. 27 — paroxod. 28 — temir yo‘l, poezd. 29 — tramvay. 30 — avtomashina. 31 — velosiped. 32 — ekskavator. 33 — lift. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling