Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova
Topshiriq: “Ko‘rgan tarixiy joyingiz, muzeyingiz haqida og‘zaki ma’lumot bering. MA YS AZO RD AG I T EA TR
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4
Topshiriq: “Ko‘rgan tarixiy joyingiz, muzeyingiz haqida og‘zaki ma’lumot
bering. MA YS AZO RD AG I T EA TR Teatr uzoq taraqqiyot davrini boshdan kechirgan. Drama g‘oyasining o‘zi dinda ibtido topgan. Xitoyliklarda ilk tomoshalar ibodatxona raqslari ko‘rinishida bo‘lgan. Keyinchalik maxsus maydonchalardan foydalana boshlashgan. Bular pardalarsiz, chiroqlarsiz oddiy sahnalar bo‘lib, faqat tomi bor edi xolos. Yoponlarda ham qadimgi davrlarda teatr bo‘lgan. Tomoshalarning bu turi “no” deb atalgan. Ular ham ibodatxona ko‘rinishidagi teatrlarga borishgan. Qadimgi Hindistonda dramatik tomoshalar orqa fonida matosi bor maxsus qurilgan maydonchalarda qo‘yilgan. Qadimgi yunonlar teatr rivoji uchun ko‘p ishlar qilishgan. Tomosha- binlar tepalik yonbag‘irlarda o‘tirishgan, pyesa voqealari esa maysazorda yuz bergan. “Skane” deb atalgan maxsus imoratdan aktyorlarning chiqishi, kiyinish, dekoratsiyalar uchun foydalanishgan. Elizaveta I boshqaruvi davrida Angliyada teatr ancha rivojlandi. 1576- yilda aktyor Jeyms Berbij tomoshalar uchun birinchi maxsus binoni qurdi. U oddiygina “teatr” deb atalgan. Ko‘p o‘tmay boshqa teatrlar qurildi. Ular 117 116 ikki mingdan ziyod millat, xalq, qavmlar bo‘lib, ularning o‘ziga xos urf- odat, udumlari bor. O‘zbek xalqi ham dunyodagi eng qadimiy madaniy xalqlarning biri sifatida mana shunday xazinaga ega. An’analarni faqat eskilik sarqiti deb baholash noo‘rin, chunki o‘tmishdan xabardor bo‘lish kelajak yo‘lini oydinroq ko‘ra olishimizga yordam beradi. An’analar, urf-odatlar xalqning ma’naviy o‘ziga xosligini, madaniy rivojlanish darajasini ko‘rsatish orqali ularni boshqa xalqlardan ajratib turadi. Har birimiz qadimiy urf- odatni, qadriyatlarni bilishimiz, saqlashimiz va keyingi avlodga ham yetkazmog‘imiz lozim. Xalqimizda ota-bobolardan qolgan urf-odat, udumlar juda ko‘p. Masalan, o‘zbek udumlariga ko‘ra ota-bobolarimiz birinchi navbatda mulla chaqirib, tavallud topgan bolalar qulog‘iga azon aytganlar. Azon aytilganda bolalarning qulog‘i ochilgan, ismi ilk bor chaqaloqning o‘z qulog‘iga singdirilgan. Shuningdek, xatna, quloqtishlar, hashar, beshik to‘y, nikoh to‘yi kabi udum va marosimlar mavjud. Milliy o‘yinlar qatorida chillak, chavgon, ko‘pkari, kurash, uloq kabi o‘yinlarni atab o‘tish mumkin. Navro‘z bayrami Sharq xalqlari orasida bir necha ming yillardan buyon yashab kelmoqda. U tabiatning o‘zidan kelib chiqqan, kun-u tun tenglashishidan so‘ng endi kunlarning uzayishi arafasidagi bayramdir. Navro‘z so‘zining ma’nosi nav— yangi, ro‘z—kun, ya`ni yangi kun demakdir. Bu bayram, avvalo, tabiat jonlanishi, yangilanishi, yurtimizga bahor faslining kirib kelishi bilan boshlangan. Bayramda rang-barang milliy urf-odatlar, marosimlar o‘tkazilgan. Navro‘z bayramining eng ahamiyatli jihatlaridan biri keksalarga hurmat, ularning holidan xabar olish, ko‘mak berishdir. Sattor Husayn. «O‘zbek udumlari» kitobidan Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling