Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/104
Sana19.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1709578
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   104
Bog'liq
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4

Qiziquvchan o‘g‘ri
Ikki o‘g‘ri Londondagi mashhur banklardan birini o‘marashibdi. Ishni
bitirgach, uyga kelib suhbatlasha boshlabdilar.
— Kel, bir sanaylik: qancha pulga ega bo‘ldik ekan?
— Namuncha qiziquvchan odamsan, ertangi gazetalarni o‘qi, qancha-
ligini kaaatta qilib yozishadi.
Uyga topshiriq: Mavzuni o‘qib, biror sayohatingiz to‘g‘risidagi
taassurotlaringizni yozib keling.
O‘ZBEKISTON TRANSPORTI VA YO‘LLARI
(Taqriz matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyati)
Reja:
1. Mavzuga oid matnni o‘qish, o‘rganish va tahlil qilish.
2. Taqriz matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyati haqida
ma’lumot berish.
3. O‘tilgan mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar ustida ishlash.
U z D A E W O O N I N G S H U H R A T I
1996-yil mayda Andijon viloyating Asaka shahrida mamlakatimizdagi
birinchi avtomobil zavodi 2 turdagi “Tiko” va “Neksiya” tamg‘ali yengil
avtomobillari hamda “Damas” tamg‘ali kichik avtobus ishlab chiqarish
bo‘yicha O‘zbekiston-Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi tantanali ravishda
ochildi. Yiliga 200 ming avtomashina shiqara oladigan bu zavod 2,5 yilda
qurib bitkazildi.
U murakkab avtomatlashtirilgan liniya bilan jihozlangan bo‘lib,
raqobatbardosh texnologiyaga egadir. Avtomobilga bo‘lgan ulkan talabni
qondirish uchun UzDAEWOO birinchi bo‘lib maqsadni ichki bozorni
ataladi. Gap uning qanday nom bilan atalishida emas. Eng muhimi, bu
yo‘lning xalqaro tinchlik, hamkorlik va davlatlar ravnaqiga xizmat qilishida.
ANNOTATSIYA MATNI, UNING TUZILISHI VA IFODA
MATERIALINING XUSUSIYATI
Kitob yoki maqolaning asosiy fikrlari annotatsiyada qisqacha bayon
qilib beriladi.
Kichkina maqola shaklidagi annotatsiyada asarga qisqacha baho beriladi.
Annotatsiya - xarakteristika kitobning mukammal mazmunini bayon qiladi
va muallif to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Annotatsiyaning o‘ziga xosligi shundan iboratki, u o‘qilgan matnning
mazmunini juda jiddiy o‘ylab yozishni talab etadi. Shuning uchun ham
annotatsiyani yodaki, o‘z so‘zingiz bilan lo‘nda qilib tuzish kerak.
Annotatsiya odatda yarim sahifa bo‘ladi, juda kamdan-kam holatda bir
sahifaga boradi. Uni yozganda ham, albatta, qog‘ozning bir tomonidan joy
qoldiring. Fransuz psixologi Ten bunday degan edi: «Mazmunini bir bet
qog‘ozda ifodalab bo‘lmaydigan kitob yo‘q, shuningdek, bir jumladan butun
bir betning mazmunini ham berish mumkin». Yozuvning eng qisqa
shakllaridan biri bo‘lgan annotatsiya yozish san’atini egallash uchun tinmay
muntazam ravishda mashq qilish kerak.
Misol tariqasida quyidagi «O‘zbek tili fe’llarining ma’no tuzilishi»
monografiyasiga berilgan annotatsiya bilan tanishtiramiz:
Monografiyada o‘zbek tilidagi holat fe’llarining ma’no tuzilishi— ma’no
tarkibi haqida fikr yuritiladi. Fe’l ma’nosi tahlil qilinishi natijasida uning
tarkibiy qismlari, mantiqiy bo‘laklari (semalari) aniqlanadi va shu asosda
fe’l ma’nosi izohlanadi. Ish tilshunoslar, oliy o‘quv yurtlarining talabalari—
bakalavr va magistrlari uchun mo‘ljallangan.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling