Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova


MONOLOGIK MATNDA MAZMUN IZCHILLIGI VA OHANG


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/104
Sana19.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1709578
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   104
Bog'liq
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4

MONOLOGIK MATNDA MAZMUN IZCHILLIGI VA OHANG
Tavsifiy (monologik) matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon
etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot
bayonidir. Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir tiri sanaladi.
Ma’lum voqea-hodisalarga narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza
bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar yoki dalillar bilan ta’riflash, izohlash,
isbotlash, asoslash tavsifiy matnga xos xususyatlardandir. Shuning uchun
bunday matnda belgi-xususyatni ifodalovchi so‘zlar, atamalar, modal so‘zlar,
fe’lning funksional shakllari, ravishdosh faol qo‘llanadi.
Tavsifiy matn yaratishda uyushiq bo‘laklar, ajratilgan gap bo‘laklari,
atov gaplar, qo‘shma gap ko‘rinishlaridan keng foydalaniladi.
Monologik matn ilmiy, publitsistik, rasmiy-idoraviy, shuningdek, badiiy
uslubga xosdir.
Mustahkamlash uchun topshiriqlar.
Berilgan matnlarni o‘qing va matnning qaysi turiga xosligini aniqlang.
Uyga topshiriq: “Navro‘z” bayrami haqida matn tuzing.
MAHALLAMIZ KELAJAGI
(Matn mazmunining qisqacha bayoni (rezume), uning tuzilishi va ifoda
materialining xususiyatlari)
Reja:
1. Mavzuga oid matnni o‘qish, o‘rganish va tahlil qilish.
2. Matn mazmunining qisqacha bayoni (rezume), uning tuzilishi va
ifoda materialing xususiyatlari haqida ma’lumot berish.
3. Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar ustida ishlash.
Bu bayram O‘rta Osiyoda Islom dini o‘rnatilmasidan oldin ham
nishonlangan. Navro‘z haqida ko‘plab afsona va rivoyatlar, shuningdek,
ilmiy asarlar ham mavjud.
Jumladan, Umar Hayyomning (1048-1132) “Navro‘znoma” asarida
quyidagilarni o‘qiymiz: “Navro‘zning joriy qilinishi sababini aytsak, u
shundan iboratki, oftobning ikki aylanishi mavjud, ulardan biri quyidagicha:
Oftob har yuz oltmish besh kun-u kecha-kunduzning to‘rtdan birida Hamal
burjining birinchi daqiqasiga chiqib ketgan paytining o‘zida yana qaytib
keladi va har yili bu davr kamaya boradi.
Jamshid bu kunni tushunganidan keyin Navro‘z deb atadi va bayram
qilishni odatga aylantirdi.
Aytishlaricha, birinchi Ajam podshosi Kayumars podshoh bo‘lgandan
keyin yilning kunlari va oylariga nom berishga hamda odamlar bilsin deb
yilnoma joriy qilishga qaror qilgan, u tongda oftob Hamal burjining avvalgi
daqiqasida kirgan kunni aniqlab, Ajam ma’budlarini yig‘di va yil hisobini
shu paytdan boshlashni buyurdi”.
Mana shunday qadimiy bayram sobiq sho‘rolar tuzumi davrida deyarli
unutildi. Uni ta’qiqlab ham qo‘yishdi. Shukurki, istiqlol bu ajoyib bayramni
xalqimizga qaytarib berdi. Endilikda u O‘zbekistonda bahor, mehr-muruvvat,
do‘stlik bayrami sifatida keng nishonlanmoqda.
Topshiriq.
1. Matnni o‘qib, Navro‘z bayrami haqida suhbatlashing.
2. Bahor, Nazro‘z bayrami, Mustaqillik kuni haqida she’r yoki maqol-
larni yoddan ayting.
Maqollar.
Kun g‘amini sahar ye, Yaxshi yil bahoridan,
Yil g‘amini bahor ye. Yaxshi kun saharidan.
Navro‘zdan so‘ng qish bo‘lmas, Qishning qori yozga
Mezondan so‘ng yoz bo‘lmas. (bahorga) dori.
Yaxshi odam ko‘zidan, Yaxshi kelsa hutni ko‘ring,
Yaxshi yil Navro‘zidan. Xurma-xurma sutni ko‘ring.
Suhbat
— A’zam, sen Navro‘z bayramini qanday nishonlamoqchisan?
— Men shu kuni qishloqqa, buvimnikiga boraman. U yerda bayram


125
124

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling