Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/104
Sana19.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1709578
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   104
Bog'liq
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4

Topshiriq. “Aql charxi”.
Achchiq ziravor —..., mol- — ..., Muhammadqodir Abdullayev —..., ijod
parisi –..., yozuvchi –..., qaratqich kelishigi qo‘shimchasi –..., yumshoq
–..., Shurik yori –..., Qarshi futbol jamoasi –..., Qorlar makoni –...,
avto yuragi –...
O‘qing, qiziq!
Kulguga jiddiy munosabatda bo‘ling
Oldingizga o‘ta jiddiy maqsadni qo‘ying — har kuni kulib yurish. Es-
dan chiqarmangki, kulgi — muntazam qabul qilinib turilishi lozim bo‘l-
gan vitamin, darmondori. Balki kulishga vaqtingiz yo‘qligi uchun doim
badqovoq holda yurarsiz? Mana bizning sizga taklifimiz: kechqurun sevimli
komediyalarni tomosha qilish; do‘stlar bilan yoqimli kechki ovqat; kinoga
yoki istirohat bog‘iga borish; telefonda kulgili mavzularda valaqlashish; yan-
gi hajviy kitoblar mutolaasi... Xullas, asosiysi— istak bo‘lsa bas, vaqt
hamisha topiladi.
“Adolat” gazetasi
Uyga topshiriq: yashash joyiningiz (shahar, tuman, mahallangiz)ning
tarixiga oid matn tayyorlang.
XIZMAT SAFARI
(Annotatsiya matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyati)
Reja:
1. Mavzuga oid matnni o‘qish, o‘rganish va tahlil qilish.
2. Annotatsiya matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyati
haqida ma’lumot berish.
3. Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar ustida ishlash.
B U X O R O - Q A DI M I Y S H A H A R
Buxoro jahonning eng ko‘hna shaharlaridan. Bu shahar bundan 25 asr
muqaddam Zarafshon vodiysining quyi qismida qad ko‘targan. Dastavval u
daryoning Zerirud nomli quyi tarmog‘ining ikki sohilida bir-biriga qarama-
qarshi joylashgan 3 ta qo‘rgon shaklida paydo bo‘lgan. Qo‘rgonlarning biri
U L K A N C H I N O R
Mahalla — donishmandlik o‘chog‘i. Milliy qadriyatlarimizning bir
bo‘lagi. Jamiyat taraqqiyotining hal qiluvchi kuchi hisoblanadi. Qadimdan
madaniy merosimiz, an’ana va urf-odatlarimiz shakllanmaganida o‘zbek
xalqi dunyo miqyosida tanilmagan, tan olinmagan bo‘lardi. Bugungi
kunning qadriga yetish uchun farzandlarimiz o‘tmishni yaxshi bilishlari
kerak. Ildizsiz daraxt bo‘lmaydi. Daraxt qancha chuqur tomir otsa, u
shunchalik gullab yashnaydi, barq urib o‘sadi.
Buyuk chinordan so‘rabdilar:
— Nega buncha balandga qarab o‘sasan?
— Nurga, yorug‘likka, ziyoga intilaman.
— Nega buncha uzoq umr ko‘rasan?
— Dovul-bo‘ronlarga issiq-sovuqqa qarshi kurashaman.
— Nega buncha kuchlisan, mustahkamsan?
— Ildizim tuproqdan ming gaz chuqurlikka kirgan — deb javob qaytargan
ekan.
Mahallani ham shu ulkan chinorga mengzash mumkin. Tariximiz
mentalitetimiz, qadriyatlarimiz mahallada mujassam. Shuning uchun ham
biz hozirgi yosh avlodni o‘z mahallasiga muhabbat ruhida tarbiyalamog‘imiz
lozim.
“Ma’rifat“ gazetasidan

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling