Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘qing, qiziq! Kulguga jiddiy munosabatda bo‘ling
- Uyga topshiriq
- B U X O R O - Q A DI M I Y S H A H A R
- U L K A N C H I N O R
Topshiriq. “Aql charxi”.
Achchiq ziravor —..., mol- — ..., Muhammadqodir Abdullayev —..., ijod parisi –..., yozuvchi –..., qaratqich kelishigi qo‘shimchasi –..., yumshoq –..., Shurik yori –..., Qarshi futbol jamoasi –..., Qorlar makoni –..., avto yuragi –... O‘qing, qiziq! Kulguga jiddiy munosabatda bo‘ling Oldingizga o‘ta jiddiy maqsadni qo‘ying — har kuni kulib yurish. Es- dan chiqarmangki, kulgi — muntazam qabul qilinib turilishi lozim bo‘l- gan vitamin, darmondori. Balki kulishga vaqtingiz yo‘qligi uchun doim badqovoq holda yurarsiz? Mana bizning sizga taklifimiz: kechqurun sevimli komediyalarni tomosha qilish; do‘stlar bilan yoqimli kechki ovqat; kinoga yoki istirohat bog‘iga borish; telefonda kulgili mavzularda valaqlashish; yan- gi hajviy kitoblar mutolaasi... Xullas, asosiysi— istak bo‘lsa bas, vaqt hamisha topiladi. “Adolat” gazetasi Uyga topshiriq: yashash joyiningiz (shahar, tuman, mahallangiz)ning tarixiga oid matn tayyorlang. XIZMAT SAFARI (Annotatsiya matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyati) Reja: 1. Mavzuga oid matnni o‘qish, o‘rganish va tahlil qilish. 2. Annotatsiya matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyati haqida ma’lumot berish. 3. Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar ustida ishlash. B U X O R O - Q A DI M I Y S H A H A R Buxoro jahonning eng ko‘hna shaharlaridan. Bu shahar bundan 25 asr muqaddam Zarafshon vodiysining quyi qismida qad ko‘targan. Dastavval u daryoning Zerirud nomli quyi tarmog‘ining ikki sohilida bir-biriga qarama- qarshi joylashgan 3 ta qo‘rgon shaklida paydo bo‘lgan. Qo‘rgonlarning biri U L K A N C H I N O R Mahalla — donishmandlik o‘chog‘i. Milliy qadriyatlarimizning bir bo‘lagi. Jamiyat taraqqiyotining hal qiluvchi kuchi hisoblanadi. Qadimdan madaniy merosimiz, an’ana va urf-odatlarimiz shakllanmaganida o‘zbek xalqi dunyo miqyosida tanilmagan, tan olinmagan bo‘lardi. Bugungi kunning qadriga yetish uchun farzandlarimiz o‘tmishni yaxshi bilishlari kerak. Ildizsiz daraxt bo‘lmaydi. Daraxt qancha chuqur tomir otsa, u shunchalik gullab yashnaydi, barq urib o‘sadi. Buyuk chinordan so‘rabdilar: — Nega buncha balandga qarab o‘sasan? — Nurga, yorug‘likka, ziyoga intilaman. — Nega buncha uzoq umr ko‘rasan? — Dovul-bo‘ronlarga issiq-sovuqqa qarshi kurashaman. — Nega buncha kuchlisan, mustahkamsan? — Ildizim tuproqdan ming gaz chuqurlikka kirgan — deb javob qaytargan ekan. Mahallani ham shu ulkan chinorga mengzash mumkin. Tariximiz mentalitetimiz, qadriyatlarimiz mahallada mujassam. Shuning uchun ham biz hozirgi yosh avlodni o‘z mahallasiga muhabbat ruhida tarbiyalamog‘imiz lozim. “Ma’rifat“ gazetasidan Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling