Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova
Xa ndal ar Qasam ichmayman
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Liftdagi yozuv
Xa ndal ar
Qasam ichmayman Said o‘rtog‘i Hasandan o‘qituvchisiga shikoyat qilibdi: — Hasan juda ko‘p qasam ichadi va yolg‘on gapiradi. Shundan so‘ng o‘qituvchi Hasandan so‘rabdi: — Hasan sen ko‘p qasam ichasanmi? — O‘lay agar men qasam ichmayman. Liftdagi yozuv Lift ishlamayapti. Eng yaqin ishlaydigan lift qo‘shni podyezdda. 131 130 kelajakka poydevor bo‘lib xizmat qiladi”. Mamlakatimiz Prezidentining ana shu so‘zlarida ta’kidlanganidek, bugungi kunda ushbu yo‘l bamisoli xalq xo‘jaligining eng muhim qon tomiri kabi yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qilmoqda. O‘zbekistonning boshqa hududlari qatori Qoraqalpog‘iston diyorida ham bozor munosabatlarini rivojlantirish, tashqi dunyo va kuchli xalqaro bozorlar infratuzilmalari bilan mustahkam aloqalar o‘rnatish uchun samarali transport va telekommunikatsiya tizimi yaratilgan. Hozirgi vaqtda Qoraqalpog‘istonda zamonaviy temir yo‘l tizimi, avtomobil va havo yo‘llari rivojlangan. Mustaqillik yillarida respublikada transport tizimini rivojlantirish bora- sida katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda Nukusda eng yirik xalqaro avialaynerlarni qabul qila oladigan zamonaviy aeroport faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu avialaynerlar Nukus aeroportidan mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahriga va Rossiya Federatsiyasining Moskva, Krasnodar, Samara va boshqa shaharlariga parvoz qilmoqda. Yuk va passajir tashish bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar temir yo‘l transporti hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Keyingi yillarda respublikada yangi ichki temir yo‘l tarmoqlarini barpo etishga e’tibor qaratildi. Navoiy – Uchquduq – Sulton Uvaystog‘ – Nukus (341 kilometr) temir yo‘l tarmog‘i shular jumlasidandir. Agar 1991-yilda respublikadagi asosiy temir yo‘l tarmog‘ining umumiy uzunligi 475,7 kilometrni tashkil qilgan bo‘lsa, mustaqillik yillarida Nukus – Chimboy, Nukus – Qorao‘zak temir yo‘llari, Qorao‘zak – Miskin, Miskin – Gazachak, Miskin – Buzoqbosh, Miskin – 343-razyezd yo‘l uchastkalari bunyod etilib, temir yo‘llar tarmog‘i 539,3 kilometrga uzaytirildi va respublikadagi temir yo‘lning umumiy uzunligi 1015 kilometrga yetdi. Respublikada yangi yo‘llarni qurish va mavjud yo‘llarni ta’mirlash ishlariga katta e’tibor berilmoqda. Qo‘ng‘irot soda zavodi ochilishi arafasida, zavod xodimlari bilan uchrashuvdan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Qo‘ng‘irot shahridan Elobod posyolkasigacha 40 kilometr uzunlikdagi yo‘l qurilishi boshlandi. Shuningdek, Qozog‘iston Respublikasining Beynov shahrigacha yetib boradigan xalqaro avtomobil yo‘lida qurilish ishlari jadal ravishda olib borilmoqda. 2010-yilda A-380 avtomagistral yo‘l qurilishi uchun 47 milliard so‘m sarflandi. 2011-yilda esa bu maqsad uchun 193 milliard so‘m sarflash ko‘zda tutilgan. Amudaryoning o‘ng va chap qirg‘oqlaridagi respublika tumanlarini bog‘lashga xizmat qiladigan ko‘priklar qurilishi kengayib boryapti. Bugungi kunda kattaligi bo‘yicha uchinchi o‘rin- ni egallaydigan yana bir ko‘prik qurilishi yakunlanish arafasida. Bu ko‘prik Respublikaning Beruniy shahrini Xorazm viloyatining ma’muriy markazi bo‘lgan Urganch shahri bilan bog‘laydi. to‘ldirishga qaratdi. Biroq chet el valutasiga ba’zi detallar, agregatlar olinishi sababli qisman chet davlatlarga ham mahsulotlar realizatsiya qilinyapti. O‘zbekiston ichki avtomobil bozoridagi 60-65 % yengil avtomobillarni UzDAEWOOning avtomobillari tashkil etadi. Ichki bozorda raqobat uncha katta emas, chunki boshqa yirik avtomobil zavodi yo‘q. Ma’lumki, avtomobil raqobatbardoshligi ularning sifati va narxlariga bog‘liq. “Tiko”, “Damas”,”Neksiya”,”Matiz” avtomobillarining sifat darajasi Rossiyadagi raqobatchi avtomobillar “Jiguli”, “Moskvich”,”Oka” avto- mobillariga nisbatan yuqori. O‘z avtomobillarining yuqori sifatiga qaramay kompaniya marketing va reklama faoliyatini olib bormoqda. UzDAEWOO qisqa vaqt ichida firmalar va kichik korxonalar tarmog‘ini yaratdi. Eng muhimi, 1999 - yildan boshlab ehtiyot qismlar ishlab chi- qariladigan zavod ishga tushirildi. “Turkiston” gazetasidan Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling