Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/104
Sana19.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1709578
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   104
Bog'liq
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4

Uyga topshiriq: Mavzuni o‘qib, o‘zbek san’ati ustalari haqida matn
yozib keling.
Nazorat ishi.
Diktant matni
Q A D R I Y A T L A R
Qadriyatlar bilan bog‘liq masalalar hayotning eng asosiy mavzulari bo‘lib
hasoblanadi. Qadriyatlar mustaqillikni mustahkamlaydigan ma’naviy omildir.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng qadriyatlarga e’tibor
kuchaydi, mamlakatimizda umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi e’tirof
qilindi, milliy qadriyatlar hamda shaxs manfaatlarini umuminsoniy talab-
larga moslashtirish va uyg‘unlashtirish asosiy vazifa bo‘lib qoldi.
Qadriyatlar insoniyat tarixi davomida asta-sekin shakllanadi. Ularning
miqdori va sifatining ortishi insoniyat taraqqioyti qanchalik ilgari-
laganligining ko‘rsatkichidir.
Qadriyatlar mahalliy, milliy, mintaqiviy va umuminsoniy bo‘ladi. Jami-
yat taraqqiy etgani sari jahonning barcha xalqlariga tegishli, ya’ni
umuminsoniy qadriyatlar ko‘payib boraveradi.
Qadriyat deganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha
narsalar tushuniladi (masalan, erkinlik, tinchlik, yaxshilik). Insoniyat tarixi
unga xizmat qiladigan, o‘zi yaratgan, suyanadigan va qo‘llab-quvvatlaydigan
qadriyatlar dunyosining kengayish, boyish va takomillashish tarixidir. Biz
yaratayotgan ushbu moddiy va ma’naviy boyliklar olamining gultoji
qadriyatlardir. Qadriyatlar va qadriyat mezonlari kishilarga, ularning xulq-
atvorini tartibga solish va to‘g‘ri yo‘naltirishga xizmat qiladi.


141
140
Kurs ishlari nazorat ishlariga nisbatan hajmi jihatidan ancha katta
bo‘ladi. Ta’kidlash kerakki, kurs ishlarida tadqiqotchilik element (unsur)
lari ko‘proqdir. Shuning uchun ham kurs ishlari talabalarning mustaqil
ravishda yaratgan dastlabki rasmiy ilmiy ishi sanaladi.
Kurs ishlarining asosiy vazifasi ixtisoslik fanlari bo‘yicha bir muammo
yuzasidan talabalarning mustaqil ravishda ilmiy ishini tashkil qilish va
rejalashtirish qobiliyatini kamol toptirishdan iborat.
Talaba kurs ishlarini yozish jarayonida izlanadi, maxsus va qo‘shimcha
adabiyotlar bilan tanishadi, ilmiy fikrlash, tanlangan mavzu bo‘yicha
xulosalar chiqaradi. Kurs ishining saviyasi uni tayyorlashga ko‘riladigan
hozirlikka ko‘p jihatdan bog‘liq. Kurs ishini yozishdan oldin talaba tegishli
manbalar, adabiyotlar bilan atroflicha tanishib chiqishi, ilmiy-nazariy va
tanqidiy manbalarni sinchiklab o‘qib chiqishi, tahlil qilishi kerak.
Kurs ishlari mavzularini tavsiya etishdan oldin muayyan kafedra kurs
ishining asosiy maqsad va muammolarini belgilab beradi. Shundan kelib
chiqib, kafedrada kurs ishlari mavzulari tuziladi. Mavzular kafedra tomonidan
tasdiqlangach, talabalarga tavsiya etiladi.
Kurs ishlarini referatga aylantirib yuborish yaramaydi. Ko‘zlangan
maqsadi, mazmuni va hajmiga ko‘ra jiddiy farqlari bo‘lganligi sababli
referatlarni kurs ishi sifatida qabul qilish mumkin emas. Yana shuni ham
ta’kidlash kerakki, referatda tadqiqotchilik unsurlari, ilmiy xulosa va
umumlashmalar kamroq bo‘ladi.
Kurs ishlari mavzulari rang-barang bo‘lishi, mavzular yil sayin yangilanib
borishi zarur. Kurs ishlari uchun sohada kam o‘rganilgan yoki ancha
murakkab muammo va masalalar mavzu qilib olinishi mumkin.
Kurs ishlarida ilgari surilgan barcha mulohazalar, bayon etilgan fikrlar,
kuzatishlar, xulosalar talabalar bilimlari va qobiliyatilari darajasida chuqur,
mantiqli, dalillangan bo‘lishi lozim. Kurs ishiga mana shu sifat va
xususiyatlariga qarab baho beriladi.
Kurs ishlarini baholashda ularning hajmiga ham e’tibor beriladi: u
qo‘lyozmada 30-25 sahifa, kompyuterda 8-10 bet atrofida bo‘lishi talab
etiladi.
Kurs ishining kirish qismida muallif tanlangan mavzuning ilmiy-nazariy
va amaliy jihatdan muhimligi, dolzarbligi, o‘rganilganligi, o‘rganilishi zarur
masalalar ko‘rsatiladi. Ishning asosiy qismida talaba o‘z oldiga qo‘ygan
maqsadini keng ravishda batafsil yoritadi; bu ishning 75-80% ini tashkil
qiladi.
Talaba kurs ishining oxirida umumiy xulosalar chiqaradi, bunga 5-10
% ish hajmi ajratilishi mumkin.
1945-yil 26-mart kuni Gdank shahri uchun jang ketayotgan bir paytda
o‘zbek xalqining mard o‘g‘loni qahramonlarcha halok bo‘ldi.
Yurtining porloq kelajagi uchun jon fido qilgan o‘g‘lonini xalqimiz
aslo unutmadi. Bugun uning nomi bilan poytaxt tumanlaridan biri, metro
bekati, maktablar atalgan.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling