Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova


 O‘qituvchining darsga puxta tayyorgarligi ta’limning muvaffaqiyatli


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/104
Sana19.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1709578
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   104
Bog'liq
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4

1.1. O‘qituvchining darsga puxta tayyorgarligi ta’limning muvaffaqiyatli
va samarali bo‘lishining garovidir.
Dars bu sinfda aniq maqsadlarni ko‘zlab, belgilangan vaqt oralig‘ida
o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar uchun o‘quv-tarbiya jarayonining tashkil
etilishidir.
Shunday ekan, har bir o‘qituvchi darsga tayyorlanmasdan turib kirishga
vijdoni yo‘l qo‘ymasligi, tayyorlanmasdan (dars ishlanmasisiz) kirgan darsiga
esa ish haqi olmasligini bilishi lozim.
O‘qituvchining darsga tayyorgarligi shartli ravishda ikkiga bo‘linadi:
1. O‘qituvchining o‘z fani yuzasidan 
umumiy tayyorgarligi;
2. O‘qituvchining har bir 
darsga kundalik tayyorgarligi.
O‘qituvchining 
umumiy tayyorgarligi muntazam amalga oshadigan
jarayon bo‘lib, o‘quv yili boshlanishi oldidan quyidagilarni qamrab oladi:
— Davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturi, o‘quv reja hamda ularga berilgan
tushuntirish xatlarini o‘rganib chiqish;
— faniga oid yangi ilmiy va metodik adabiyotlarning mazmuni bilan
tanishish;
— tegishli ko‘rgazma materiallarni, o‘quv-jihozlarini o‘rganish, ularni
qo‘llay bilish;
—ilg‘or o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, tahlil qilish orqali
bilimini kengaytirish kabilardir.
Darsga tayyorgarlikning eng asosiysi bu o‘qituvchining
 har bir darsga
kundalik tayyorgarligidir.
Darsga tayyorgarlik ko‘rish quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi
lozim:
1-bosqich: Taqvim-mavzu rejadagi yangi mavzu va unga ajratilgan vaqt
(soat) aniqlashtirib olinadi.
O‘qituvchining taqvim-mavzu rejasining namunaviy shakli
T.r
1
2
3
Mavzular
Mavzuga
ajratilgan
dars soati
Dars o‘tila-
digan sana
(Dars jadvali
bo‘yicha sana
yoziladi)
Izoh
Ishning ilova qismida sitata, ko‘chirma, ma’lumotlar olingan adabiyot-
lar, manbalar ro‘yxati aniq va to‘liq ko‘rsatiladi.
Kurs ishlarining himoyasini o‘tkazishga ham jiddiy ahamiyat berish
kerak bo‘ladi. Kurs ishlari o‘qituvchi rahbarligida guruh talabalari bilan
o‘tkaziladigan hisobot yig‘ilishida himoya qilinadi. Berilgan mavzuni himoya
qilishda talaba tomonidan tayyorlangan tezis o‘qib beriladi va erkin fikr
bildirish, munozara asosida himoya qilinadi, baholanadi.
Kurs ishi muqovalangan holatda kafedraga topshiriladi, ilmiy rahbarning
taqrizi bilan kafedrada saqlanadi.
Kurs ishi yakunlariga bag‘ishlab konferensiyalar ham uyushtirilishi
mumkin. Bunday tadbir eng yaxshi bajarilgan kurs ishlarini tanlab olishga
imkon beradi. Natijada bunday eng yaxshi tayyorlangan kurs ishlari
namunalaridan ko‘rgazmalar, tanlovlar tashkil qilinishi mumkin va bunday
tadbirlar ta’lim-tarbiyada katta samaralar beradi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling