Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova


fan nomi yoziladi. Darsning mavzusi


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/104
Sana19.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1709578
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   104
Bog'liq
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4

fan nomi yoziladi.
Darsning mavzusi (taqvim-mavzu reja asosida).
Dars maqsadi (darsga qo‘yilgan maqsad 45 daqiqa davomida baja-
riladigan (erishiladigan), aniq, hayotiy (real) va dars yakunida baho-
lanadigan (o‘lchamli) bo‘lishi maqsadga muvofiq):
a) ta’limiy maqsad  dars jarayonida o‘quvchilarda shakllantiriladigan
bilim, ko‘nikma va malakalar asosida belgilanadi;
b) tarbiyaviy maqsad — dars jarayonida o‘quvchilarda qaysi axloqiy
sifatlar shakllantirilishi asosida belgilanadi;
d) rivojlantiruvchi maqsad  dars natijasida o‘quvchilarda qaysi bilimlar
va axloqiy fazilatlar rivojlantirilishi asosida belgilanadi.
Dars turi: (quyidagicha bo‘lishi mumkin: yangi tushuncha, bilimlarlarni
shakllantiruvchi; o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivoj-
lantiruvchi; umumlashtiruvchi; o‘quvchilar egallagan bilim, ko‘nikma va
malakalarni tahlil, nazorat qiluvchi darslar).
Darsda foydalaniladigan turli xil metodlar (an’anaviy, zamonaviy,
interfaol kabilar)dan eng yaxshisi bu o‘tilayotgan mavzuning o‘quvchilar
tomonidan samarali o‘zlashtirilishiga xizmat qiladigani.
Darsda foydalaniladigan jihozlar (texnik vositalar, ko‘rgazmali va
didaktik materiallar).
Darsni tarkiban quyidagi qismlarga ajratish mumkin:
tashkiliy qism;
o‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash);
yangi mavzuni tushuntirish;
yangi mavzuni mustahkamlash;
o‘quvchilarni baholash;
uyga vazifa berish.
Dars ishlanmasini tayyorlashda o‘qituvchi darsning har bir qismini
e’tiborga olishi maqsadga muvofiq.


147
146
Talabalar tomonidan bitiruv ishlarini tayyorlashda ayrim rasmiy hujjat-
larni rasmiylashtirishga to‘g‘ri keladi. Bitiruv malakaviy ishi mavzulari
muayyan kafedra va fakultet ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Mav-
zular ro‘yxatini tuzishda talabalarning muayyan bir masala ustida ishlash
bo‘yicha istaklari inobatga olinadi.
Bitiruv malakaviy ishi mavzulari doirasi haddan tashqari kengayib
ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bitiruv malakaviy ishi uchun mavzu
tanlanganda talabalarning bilim doirasi, qobiliyati, imkoniyati e’tiborga
olingani ma’qul.
Talaba bitiruv ishini kafedra tomonidan belgilangan yuqori malakali
professor-o‘qituvchi rahbarligida tayyorlaydi. Kafedrada talaba bitiruv ishiga
ilmiy rahbar qilib uning mavzusiga qiziqqan, mazmunini mukammal
biladigan, ma’lum darajada tadqiq etgan o‘qituvchi-professorni tayinlash
maqsadga muvofiqdir. Ana shundagina talabaning izlanishlari yaxshi sa-
mara beradi.
Talaba bitiruv malakaviy ishini tayyorlash jarayonida ilmiy rahbaridan
maslahatlar, ilmiy ko‘rsatmalar va ma’naviy yordam olib turadi. Ustoz va
shogird birgalikda ishning yo‘nalishi, tadqiq etiladigan asosiy masalalarni
muayyan ravishda belgilab oladilar. Bitiruv ishini bajarishda ham har qanday
ilmiy ishdagidek, avval reja tuziladi.
Bitiruv ishining kirish qismida uning maqsad va vazifalari bayon qilinadi.
Asosiy qism ikki yoki uch (muammoning hajmi va ko‘lamiga qarab) bobdan
iborat bo‘lishi mumkin.
Mazkur boblarda talaba o‘rganilayotgan masala yoki ilmiy asarning
mufassal va chuqur tahlilini beradi, o‘z fikr-mulohazalarini kuzatish va
tajribalarini mantiqli va asosli yozma bayon qiladi, ifodalaydi.
Ishning xulosa qismida oldingi boblardagi fikr va mulohazalarga yakun
yasaladi, muhim va zarur umumlashmalar chiqariladi.
Bitiruv ishini tayyorlash va uni yozish jarayonida talaba o‘z fikrlari
bilan birga, farazlarini isbotlash, asoslash maqsadida ilmiy va badiiy
asarlaridan ko‘chirmalar keltirishi mumkin.
Bitiruv ishida uning mazmuni, xususiyati va sifati singari fazilatlariga,
ifodalanish xarakteriga, shuningdek, texnik jihatdan ta’minlanishiga ham
asosiy e’tibor qaratiladi. Bitiruv ishining to‘liq matni ilmiy rahbar tomo-
nidan o‘qilgach, kompyuterda yozdiriladi va muqovilanadi. Uning hajmi
60-70 bet atrofida bo‘ladi. U kafedraga topshirilishi kerak. Ish kafedraga
qabul qilinishi uchun ilmiy rahbar u haqda qisqacha taqriz yozadi. Taqrizda
bitiruv ishining o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rsatiladi va ommaviy himoyaga
qo‘yilishi mumkinligi ta’kidlanadi.
tushuntirish jarayonida asosiy g‘oyani ajratib olishi, ilmiylik, ko‘rgazmalilik
tamoyillariga rioya qilishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, bilim va
ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni nazorat etishi, dars mobaynida vaqtdan unumli
foydalanishi va pedagogik muomala madaniyatini egallaganlik darajasi kabi
jihatlar inobatga olinadi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling