Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova
fan nomi yoziladi. Darsning mavzusi
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsda foydalaniladigan turli xil metodlar
fan nomi yoziladi.
Darsning mavzusi (taqvim-mavzu reja asosida). Dars maqsadi (darsga qo‘yilgan maqsad 45 daqiqa davomida baja- riladigan (erishiladigan), aniq, hayotiy (real) va dars yakunida baho- lanadigan (o‘lchamli) bo‘lishi maqsadga muvofiq): a) ta’limiy maqsad — dars jarayonida o‘quvchilarda shakllantiriladigan bilim, ko‘nikma va malakalar asosida belgilanadi; b) tarbiyaviy maqsad — dars jarayonida o‘quvchilarda qaysi axloqiy sifatlar shakllantirilishi asosida belgilanadi; d) rivojlantiruvchi maqsad — dars natijasida o‘quvchilarda qaysi bilimlar va axloqiy fazilatlar rivojlantirilishi asosida belgilanadi. Dars turi: (quyidagicha bo‘lishi mumkin: yangi tushuncha, bilimlarlarni shakllantiruvchi; o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivoj- lantiruvchi; umumlashtiruvchi; o‘quvchilar egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni tahlil, nazorat qiluvchi darslar). Darsda foydalaniladigan turli xil metodlar (an’anaviy, zamonaviy, interfaol kabilar)dan eng yaxshisi bu o‘tilayotgan mavzuning o‘quvchilar tomonidan samarali o‘zlashtirilishiga xizmat qiladigani. Darsda foydalaniladigan jihozlar (texnik vositalar, ko‘rgazmali va didaktik materiallar). Darsni tarkiban quyidagi qismlarga ajratish mumkin: tashkiliy qism; o‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash); yangi mavzuni tushuntirish; yangi mavzuni mustahkamlash; o‘quvchilarni baholash; uyga vazifa berish. Dars ishlanmasini tayyorlashda o‘qituvchi darsning har bir qismini e’tiborga olishi maqsadga muvofiq. 147 146 Talabalar tomonidan bitiruv ishlarini tayyorlashda ayrim rasmiy hujjat- larni rasmiylashtirishga to‘g‘ri keladi. Bitiruv malakaviy ishi mavzulari muayyan kafedra va fakultet ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Mav- zular ro‘yxatini tuzishda talabalarning muayyan bir masala ustida ishlash bo‘yicha istaklari inobatga olinadi. Bitiruv malakaviy ishi mavzulari doirasi haddan tashqari kengayib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bitiruv malakaviy ishi uchun mavzu tanlanganda talabalarning bilim doirasi, qobiliyati, imkoniyati e’tiborga olingani ma’qul. Talaba bitiruv ishini kafedra tomonidan belgilangan yuqori malakali professor-o‘qituvchi rahbarligida tayyorlaydi. Kafedrada talaba bitiruv ishiga ilmiy rahbar qilib uning mavzusiga qiziqqan, mazmunini mukammal biladigan, ma’lum darajada tadqiq etgan o‘qituvchi-professorni tayinlash maqsadga muvofiqdir. Ana shundagina talabaning izlanishlari yaxshi sa- mara beradi. Talaba bitiruv malakaviy ishini tayyorlash jarayonida ilmiy rahbaridan maslahatlar, ilmiy ko‘rsatmalar va ma’naviy yordam olib turadi. Ustoz va shogird birgalikda ishning yo‘nalishi, tadqiq etiladigan asosiy masalalarni muayyan ravishda belgilab oladilar. Bitiruv ishini bajarishda ham har qanday ilmiy ishdagidek, avval reja tuziladi. Bitiruv ishining kirish qismida uning maqsad va vazifalari bayon qilinadi. Asosiy qism ikki yoki uch (muammoning hajmi va ko‘lamiga qarab) bobdan iborat bo‘lishi mumkin. Mazkur boblarda talaba o‘rganilayotgan masala yoki ilmiy asarning mufassal va chuqur tahlilini beradi, o‘z fikr-mulohazalarini kuzatish va tajribalarini mantiqli va asosli yozma bayon qiladi, ifodalaydi. Ishning xulosa qismida oldingi boblardagi fikr va mulohazalarga yakun yasaladi, muhim va zarur umumlashmalar chiqariladi. Bitiruv ishini tayyorlash va uni yozish jarayonida talaba o‘z fikrlari bilan birga, farazlarini isbotlash, asoslash maqsadida ilmiy va badiiy asarlaridan ko‘chirmalar keltirishi mumkin. Bitiruv ishida uning mazmuni, xususiyati va sifati singari fazilatlariga, ifodalanish xarakteriga, shuningdek, texnik jihatdan ta’minlanishiga ham asosiy e’tibor qaratiladi. Bitiruv ishining to‘liq matni ilmiy rahbar tomo- nidan o‘qilgach, kompyuterda yozdiriladi va muqovilanadi. Uning hajmi 60-70 bet atrofida bo‘ladi. U kafedraga topshirilishi kerak. Ish kafedraga qabul qilinishi uchun ilmiy rahbar u haqda qisqacha taqriz yozadi. Taqrizda bitiruv ishining o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rsatiladi va ommaviy himoyaga qo‘yilishi mumkinligi ta’kidlanadi. tushuntirish jarayonida asosiy g‘oyani ajratib olishi, ilmiylik, ko‘rgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni nazorat etishi, dars mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi va pedagogik muomala madaniyatini egallaganlik darajasi kabi jihatlar inobatga olinadi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling