Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova
O‘qituvchining darsga puxta tayyorgarligi ta’limning muvaffaqiyatli
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘qituvchining taqvim-mavzu rejasining namunaviy shakli
1.1. O‘qituvchining darsga puxta tayyorgarligi ta’limning muvaffaqiyatli
va samarali bo‘lishining garovidir. Dars bu sinfda aniq maqsadlarni ko‘zlab, belgilangan vaqt oralig‘ida o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar uchun o‘quv-tarbiya jarayonining tashkil etilishidir. Shunday ekan, har bir o‘qituvchi darsga tayyorlanmasdan turib kirishga vijdoni yo‘l qo‘ymasligi, tayyorlanmasdan (dars ishlanmasisiz) kirgan darsiga esa ish haqi olmasligini bilishi lozim. O‘qituvchining darsga tayyorgarligi shartli ravishda ikkiga bo‘linadi: 1. O‘qituvchining o‘z fani yuzasidan umumiy tayyorgarligi; 2. O‘qituvchining har bir darsga kundalik tayyorgarligi. O‘qituvchining umumiy tayyorgarligi muntazam amalga oshadigan jarayon bo‘lib, o‘quv yili boshlanishi oldidan quyidagilarni qamrab oladi: — Davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturi, o‘quv reja hamda ularga berilgan tushuntirish xatlarini o‘rganib chiqish; — faniga oid yangi ilmiy va metodik adabiyotlarning mazmuni bilan tanishish; — tegishli ko‘rgazma materiallarni, o‘quv-jihozlarini o‘rganish, ularni qo‘llay bilish; —ilg‘or o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, tahlil qilish orqali bilimini kengaytirish kabilardir. Darsga tayyorgarlikning eng asosiysi bu o‘qituvchining har bir darsga kundalik tayyorgarligidir. Darsga tayyorgarlik ko‘rish quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim: 1-bosqich: Taqvim-mavzu rejadagi yangi mavzu va unga ajratilgan vaqt (soat) aniqlashtirib olinadi. O‘qituvchining taqvim-mavzu rejasining namunaviy shakli T.r 1 2 3 Mavzular Mavzuga ajratilgan dars soati Dars o‘tila- digan sana (Dars jadvali bo‘yicha sana yoziladi) Izoh Ishning ilova qismida sitata, ko‘chirma, ma’lumotlar olingan adabiyot- lar, manbalar ro‘yxati aniq va to‘liq ko‘rsatiladi. Kurs ishlarining himoyasini o‘tkazishga ham jiddiy ahamiyat berish kerak bo‘ladi. Kurs ishlari o‘qituvchi rahbarligida guruh talabalari bilan o‘tkaziladigan hisobot yig‘ilishida himoya qilinadi. Berilgan mavzuni himoya qilishda talaba tomonidan tayyorlangan tezis o‘qib beriladi va erkin fikr bildirish, munozara asosida himoya qilinadi, baholanadi. Kurs ishi muqovalangan holatda kafedraga topshiriladi, ilmiy rahbarning taqrizi bilan kafedrada saqlanadi. Kurs ishi yakunlariga bag‘ishlab konferensiyalar ham uyushtirilishi mumkin. Bunday tadbir eng yaxshi bajarilgan kurs ishlarini tanlab olishga imkon beradi. Natijada bunday eng yaxshi tayyorlangan kurs ishlari namunalaridan ko‘rgazmalar, tanlovlar tashkil qilinishi mumkin va bunday tadbirlar ta’lim-tarbiyada katta samaralar beradi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling