Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Rqd8TfcxKXb1gtoMjR30nMBxAHsRaQlctUDE99D4
Uyga topshiriq: Mavzuni o‘qib, o‘zbek san’ati ustalari haqida matn
yozib keling. Nazorat ishi. Diktant matni Q A D R I Y A T L A R Qadriyatlar bilan bog‘liq masalalar hayotning eng asosiy mavzulari bo‘lib hasoblanadi. Qadriyatlar mustaqillikni mustahkamlaydigan ma’naviy omildir. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng qadriyatlarga e’tibor kuchaydi, mamlakatimizda umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi e’tirof qilindi, milliy qadriyatlar hamda shaxs manfaatlarini umuminsoniy talab- larga moslashtirish va uyg‘unlashtirish asosiy vazifa bo‘lib qoldi. Qadriyatlar insoniyat tarixi davomida asta-sekin shakllanadi. Ularning miqdori va sifatining ortishi insoniyat taraqqioyti qanchalik ilgari- laganligining ko‘rsatkichidir. Qadriyatlar mahalliy, milliy, mintaqiviy va umuminsoniy bo‘ladi. Jami- yat taraqqiy etgani sari jahonning barcha xalqlariga tegishli, ya’ni umuminsoniy qadriyatlar ko‘payib boraveradi. Qadriyat deganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsalar tushuniladi (masalan, erkinlik, tinchlik, yaxshilik). Insoniyat tarixi unga xizmat qiladigan, o‘zi yaratgan, suyanadigan va qo‘llab-quvvatlaydigan qadriyatlar dunyosining kengayish, boyish va takomillashish tarixidir. Biz yaratayotgan ushbu moddiy va ma’naviy boyliklar olamining gultoji qadriyatlardir. Qadriyatlar va qadriyat mezonlari kishilarga, ularning xulq- atvorini tartibga solish va to‘g‘ri yo‘naltirishga xizmat qiladi. 141 140 Kurs ishlari nazorat ishlariga nisbatan hajmi jihatidan ancha katta bo‘ladi. Ta’kidlash kerakki, kurs ishlarida tadqiqotchilik element (unsur) lari ko‘proqdir. Shuning uchun ham kurs ishlari talabalarning mustaqil ravishda yaratgan dastlabki rasmiy ilmiy ishi sanaladi. Kurs ishlarining asosiy vazifasi ixtisoslik fanlari bo‘yicha bir muammo yuzasidan talabalarning mustaqil ravishda ilmiy ishini tashkil qilish va rejalashtirish qobiliyatini kamol toptirishdan iborat. Talaba kurs ishlarini yozish jarayonida izlanadi, maxsus va qo‘shimcha adabiyotlar bilan tanishadi, ilmiy fikrlash, tanlangan mavzu bo‘yicha xulosalar chiqaradi. Kurs ishining saviyasi uni tayyorlashga ko‘riladigan hozirlikka ko‘p jihatdan bog‘liq. Kurs ishini yozishdan oldin talaba tegishli manbalar, adabiyotlar bilan atroflicha tanishib chiqishi, ilmiy-nazariy va tanqidiy manbalarni sinchiklab o‘qib chiqishi, tahlil qilishi kerak. Kurs ishlari mavzularini tavsiya etishdan oldin muayyan kafedra kurs ishining asosiy maqsad va muammolarini belgilab beradi. Shundan kelib chiqib, kafedrada kurs ishlari mavzulari tuziladi. Mavzular kafedra tomonidan tasdiqlangach, talabalarga tavsiya etiladi. Kurs ishlarini referatga aylantirib yuborish yaramaydi. Ko‘zlangan maqsadi, mazmuni va hajmiga ko‘ra jiddiy farqlari bo‘lganligi sababli referatlarni kurs ishi sifatida qabul qilish mumkin emas. Yana shuni ham ta’kidlash kerakki, referatda tadqiqotchilik unsurlari, ilmiy xulosa va umumlashmalar kamroq bo‘ladi. Kurs ishlari mavzulari rang-barang bo‘lishi, mavzular yil sayin yangilanib borishi zarur. Kurs ishlari uchun sohada kam o‘rganilgan yoki ancha murakkab muammo va masalalar mavzu qilib olinishi mumkin. Kurs ishlarida ilgari surilgan barcha mulohazalar, bayon etilgan fikrlar, kuzatishlar, xulosalar talabalar bilimlari va qobiliyatilari darajasida chuqur, mantiqli, dalillangan bo‘lishi lozim. Kurs ishiga mana shu sifat va xususiyatlariga qarab baho beriladi. Kurs ishlarini baholashda ularning hajmiga ham e’tibor beriladi: u qo‘lyozmada 30-25 sahifa, kompyuterda 8-10 bet atrofida bo‘lishi talab etiladi. Kurs ishining kirish qismida muallif tanlangan mavzuning ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan muhimligi, dolzarbligi, o‘rganilganligi, o‘rganilishi zarur masalalar ko‘rsatiladi. Ishning asosiy qismida talaba o‘z oldiga qo‘ygan maqsadini keng ravishda batafsil yoritadi; bu ishning 75-80% ini tashkil qiladi. Talaba kurs ishining oxirida umumiy xulosalar chiqaradi, bunga 5-10 % ish hajmi ajratilishi mumkin. 1945-yil 26-mart kuni Gdank shahri uchun jang ketayotgan bir paytda o‘zbek xalqining mard o‘g‘loni qahramonlarcha halok bo‘ldi. Yurtining porloq kelajagi uchun jon fido qilgan o‘g‘lonini xalqimiz aslo unutmadi. Bugun uning nomi bilan poytaxt tumanlaridan biri, metro bekati, maktablar atalgan. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling